- mashina 3 -4 m masofani o ‘tgandan so‘ng to ‘xtatiladi;
- drenaj qutisiga drenaj quvuri hamda sizdirgich materiallari
joyiashtiriladi;
- mashinaga yana ishchi tezlik berilib, drenaj qurilish ishlari davom
ettiriladi;
- m a’lum masofadan (15-20 m) so‘ng mashina to‘xtatilib, drenaj
qutisi sizdirgich materiallari bilan to‘ldiriladi.
Sizdirgich materiallari maxsus mashinalarda tashib keitiriladi va
bu mashinalardagi sizdirgich materiallari drenaj qutisini to ‘ldirish uchun
unga ag‘dariladi (to‘kiladi). Mashinani drenaj quvurlari bilan ta’minlash,
mashina to‘xtatilmasdan uning harakati davomida amaiga oshiriladi.
Chunki maxsus yoMakning qirg‘og‘i bo‘ylab tarqatib joylashtirilgan
drenaj quvurlarini drenaj qutisiga uzatish qo‘l
kuchi yordamida amaiga
oshiriladi. Zamonaviy drenaj mashinalarida asosan plastmassa quvurlari
ishlatiladi.
Drenaj
mashinasiga o ‘rnatilgan
maxsus
qurilmaning
g ‘altagiga o ‘ralgan plastmassa quvurlari drenaj qutisiga g ‘altakning
aylanma harakati orqali uzatiladi.
0 ‘rtacha qattiqlikdagi gruntlarda mashinani ishlatish uchun unga
qo‘shimcha bir yoki ikkita ДЭТ-250 rusumli traktor ketma-ket ulanadi.
Bu usulda drenaj quruvchi mashinalar o ‘zlarining
afzalliklari bilan
bir qatorda, ayrim kamchiliklari ham mavjud. Bu kamchiliklar
quyidagilardan iborat:
- energiya sarfining yuqoriligi;
- transheyasiz usul deb atalsada, ish jihozida joylashtirilgan
grunt
qirquvchi pichoqlar konussimon bo‘lib, ularning eni 0,2dan 0,3m ni
tashkil qiladi. Bu esa shu yuzadagi atrof gruntlarini siqish va ish jihozi
qirqilgan joydan o ‘tgandan so‘ng, silliq gurunt qatlami hosil bo‘lishi va
gruntning deformatsiyasi natijasida qisman qayta o ‘z holatiga kelishi,
devorlarni yaxshi birlashishiga imkoniyat bermaydi natijada sug‘orma
suvlarning ta ’sirida shu joylardan suv o‘tib,
qurilgan drenajni ishdan
chiqaradi;
- og‘ir texnikalardan foydalanish natijasida tuproq qatlamlarini
zichlashga olib keladi;
- yotqizilgan drenaj quvuri hamda sizdirgich materiallarini nazorat
qilish imkoniyati y o ‘q;
- asosan diametri 100 trim gacha bo‘lgan
plastmassa quvurlarini
yotqizishga moMjallangan.
Drenaj mashinalarini qo‘llashda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari
natijalari 6.4-jadvalda keltirilgan.
102