8.10-rasm. Daraxt kundasini arqon yordamida tortib, qo'pormchi
mashina:
l-kunda; 2-po‘lat arqon; 3-traktor.
Ayrim traktorning old yoki orqa qismiga o ‘rnatilgan chig‘irlar
yordamida
ham
kundalarni
qo‘porish
mumkin,
bunda traktor
qo‘zg‘almasdan, turgan joyda chig'ir yordamida kundani qo‘poradi.
Bunday usulda traktor dvigatelining quvvatidan samarali foydalaniladi.
Tomiri qattiq b o ig an kundalarni kovlashda maxsus ish jihoziga
ega b o ig an mashinalardan foydalaniladi. Kundani kovlab, qo‘poruvchi
ish jihozi traktorning old yoki orqa qismiga maxsus rama orqali
qo‘zg‘aluvchan qilib o ‘matiladi. Traktor 1 ning yurish uskunasi
ramasiga qo‘zg‘aluvchan qilib o ‘rnatilgan ish jihozining ramasi 2 ning
oxiriga maxsus qo‘poruvchi tish 5 lar ham qo‘zg‘aluvchan qilib
o ‘matiladi
(8.11-rasm). Ish jihozini ko‘tarib, tushirish va qo‘poruvchi
tishni burish mos ravishda 6 va 3 gidrotsilindrlar yordamida amaiga
oshiriladi. Traktorning harakati davomida ish jihozi tushirilib, kundaga
tekkuncha yaqinlashtiriladi, traktor harakatdan to‘xtatilib, kundaning
tomirlariga kirgan tish 5 gidrotsilindr 3 orqali buralib, qo‘poriladi.