Muhammad al-xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti farg’ona filiali “telekomunikatsiya texnologiyalari” fakulteti sirtqi bo’lim 732-23 guruh talabasi
Meliqoziyeva Shoxsanamning “akademik yozuv” fanidan
Ozbekistondagi OAVlar haqida sharh
1. Gazeta
Xalq so’zi gazetasi
Xalq soʻzi (ruscha: Народное слово) — ommaviy ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi. Bosh muharriri Oʻtkir Rahmatovich Rahmatov. Adadi 34000 (2004). 1991-yil 1-yanvardan chiqa boshlagan. Haftada 5 marta, oʻzbek va rus tillarida chop etiladi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, uning organlari, Vazirlar Mahkamasi hamda mahalliy vakillik va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini, mamlakatimizda va xorijda roʻy berayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-axloqiy jarayonlarni xolis va begʻaraz yoritish tahririyatning asosiy vazifasi hisoblanadi. Mustaqillikni avaylab-asrash, mustahkamlashning asosiy sharti — fuqarolarning siyosiy ongini oshirish, bir butun millat, xalq sifatida shakllantirish, Vatanga muhabbat, ajdodlarimizning qahramonona anʼanalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, hurfikrlilik, milliy iftixor, vatanparvarlik, erkinlik va ozodlikni eng ulugʻ neʼmat deb bilish gaz.ning muhim yoʻnalishidir. Gazeta vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, kompaniyalar, qoʻshma korxonalar, chet el vakolatxonalari va boshqa muassasalar bilan kelishuv va shartnomalarga muvofiq faoliyatning turli sohalariga oid axborotlarni, davlat, tijorat tizimlari va xususiy shaxslarning reklama hamda eʼlonlarini bosib chiqaradi.
O’zbekiston ovozi
Oʻzbekiston ovozi — ijtimoiy-siyosiy gazeta. Muassisi Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi. Haftada 3-marta, rus tilidagi nashri — "Golos Uzbekistana" esa 1-marta chiqadi. Dastlabki soni 1918-yil 21-iyunda — "Ishtirokiyun" ("Kommunist") nomi bilan chiqqan. Keyinchalik "Qizil bayroq" (1920), "Turkiston" (1922), "Qizil Oʻzbekiston" (1924), "Sovet Oʻzbekistoni" (1964) nomlarida nashr etilgan. 1991-yildan hozirgi nomda. Gazetaga turli yillarda U. Eshonxoʻjayev, Qamchinbek, K. Aliyev, Q.Sorokin, M. Shermuhamedov, M. Romiz, M. Hasanov, V. Rahimiy, A. Xudoybaxtov, M. Usmonov, R. Majidiy, A. Oʻrazayev, R. Abdurahmonov, S. Azimov, O. Abdurahmonov, S. Rajabov, H. Gʻulomov, Sh. Rashidov, M. Qoriyev, L. Qayumov, Oʻ. Usmonov, R. Rahmonov, Sh. Ubaydullayev, A. Suyun va boshqalar muharrirlik qilgan. Oʻzbek adabiyoti va jurnalistikasining ulkan namoyandalari — Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy (Julqunboy), Hamid Olimjon, Gʻafur Gʻulom, Oybek, Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Mirtemir, Sobir Abdulla, Zulfiya va boshqalar oʻzlarining ilk ijodlarini shu gazeta sahifasida eʼlon qilganlar. Hayotning barcha sohalarida boshlangan islohotlar mohiyatini ochib berish, istiqlol siyosatini xalq qalbiga olib kirish, yangicha ong, yangicha tafakkurni shakllantirish, mustaqillik mafkurasini yaratish — gazetaning asosiy vazifasidir. Siyosat, maʼnaviyat va maʼrifat, parlament va huquq, ijtimoiy hayot va iqtisodiyot, ekologiya va sihatsalomatlik, sport va harbiy vatanparvarlik, xatlar va ommaviy ishlar hamda tijorat boʻlimlari bor. Mamlakatning barcha viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpogʻiston Respublikasida ham oʻz muxbirlariga ega. Adadi 10000 (2005). Bosh muharriri Safar Ostonov (2002-yildan
Jamiyat
Jamiyat — ijtimoiy-siyosiy gazeta.Tabiat resurslari vazirligi, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi, Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsatsiyasi va Savdo-sanoat palatasi muassisligida chop etiladi. Tarixi azeta 2006-yil 31-avgustdan chiqarila boshlagan. 2018-yilda Maqsud Jonixonov gazeta bosh muharriri etib tayinlangan
Ishonch
Ishonch — Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi davriy nashri. Gazeta 1991-yil 21-mart kuni ilk bor nashr etilgan. 2018-yildan buyon barcha sahifalari rangli chop etib kelinmoqda. Birinchi muharriri — Toʻlqin Qozoqboyev. Ishonch 2019-yil 3-may „Oltin qalam“ milliy mukofoti matbuot yoʻnalishi gʻolibi. 2023-yil hisobida gazetaning 31576 nafar pullik obunachilari mavjud. Gazeta mamlakatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy va maʼrifiy hayotini yoritib boradi[3]. Ishonch 2018-yilda Oʻzbekiston Milliy Kutubxonasi matbuot xizmati maʼlumotiga ko‘ra Oʻzbekistonda eng koʻp oʻqiladigan gazetalar 5taligidan joy olgan.Shuningdek, shu kunga qadar gazetada chop etilgan tanqidiy maqolalar sababli koʻplab muommolarga yechim topilgan
Darakchi
Darakchi — oʻzbek va rus tillarida chiqadigan haftalik axborot gazeta. Ilk soni 1999-yil mart oyida Samarqandda chop etilgan. Darakchi qisqa muddatda ommalashib, Oʻzbekistondagi eng koʻp nusxali gazetasiga aylandi. Unda yoshlar mavzusi, ularning dunyoqarashi, oʻy-fikrlarini, xalqaro miqyosdagi voqealarni, sport xabarlariniyoritishga katta oʻrin beriladi, jiddiy mavzudagi muammoli maqolalar ham keng yoritiladi. Gazeta tahririyatining xatlar, axborot va sport, tanlov boʻlimlari bor. Internet orqali jahon axborot tarmogʻiga ulangan. Adadi 200 mingdan ziyod
Radio
O’zbekiston FM
1957-yil Oʻzbekiston radioeshtirish va televideniye qoʻmitasi sifatida tuzilgan. 1992-yil 7-yanvarda Oʻzbekiston Davlat Teleradioeshtirish kompaniyasiga, Oʻzbekiston Prezidentining 1996-yil 7-mayidagi Farmoni bilan esa Oʻzbekiston Teleradiokompaniyasi (Oʻzteleradio)ga aylantirilgan. Oʻzbekistonda televizion koʻrsatuvlar 1956-yil 5-noyabrda Toshkentda boshlangan. Oʻzteleradiokompaniya teledasturlari sutkasiga oʻrtacha 51,5 soat davomida asosan oʻzbek, rus, shuningdek, qozoq, qirgʻiz, tojik, uygʻur, turk, koreys, nemis tillarida efirga uzatiladi. Oʻzbekiston radiosi 1926-yildan buyon eshittirish berib keladi. Oʻzteleradio 4 ta respublika kanallari orqali radioeshittirishlarni efirga uzatadi.
Yoshlar FM
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martdagi qarori asosida O'zteleradiokompaniya tarkibida "Yoshlar" telekanali tashkil etilgan
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil tele-, radiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoniga asosan «Yoshlar» telekanali va «Yoshlar» radiokanali negizida «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi.
2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.
Radio Ruxsor
Ruxsor TV” telekanali 2009 yil 7 mayda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat.
Efir mundarijasini asosan Fargʻona viloyatining madaniyati, sanʼati, adabiyoti oʻtmishi, buguni, oddiy insonlarning turmush tarzi, ularning orzu-maqsadlari va ertangi kundan umidlari aks etgan maʼnaviy-maʼrifiy, reklama-axborot, musiqiy dasturlar, intellektual, koʻngilochar koʻrsatuvlar, milliy va jahon kinosi durdonalari, multfilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi.
Fargʻona viloyatining ijtimoiy-siyosiy hayoti haqida xabar beruvchi “Yangiliklar vaqti” informatsion dasturi har kuni 3 marotaba tomoshabinlar eʼtiboriga havola etiladi.
“Gold UZ TV” 2014 yil 29 sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon (qisman), Namangan (qisman) viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 18 soat.
Efir mundarijasini asosan Fargʻona vodiysining betakror tabiati, madaniyati, qadriyatlari, urf-odatlari, mashhur ziyoratgohlari, turistik salohiyati aks etgan maʼnaviy -maʼrifiy dasturlar, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-amaliy, iqtisodiy-axborot, reklama-axborot, intellektual, koʻngilochar, musiqiy koʻrsatuvlar, tok-shoular, milliy va jahon kinosi durdonalari, multfilmlar, seriallar, hujjatli filmlar tashkil etadi.
“Ruxsor FM” radiokanali 2007 yil 17 sentabrda tashkil etilgan boʻlib, Fargʻona, Andijon, Namangan viloyatlari boʻylab efirga tarqatiladi. Efir davomiyligi bir sutkada 24 soat.
Efir mundarijasini asosan maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy, musiqiy dasturlar, reklama- axborot, intellektual, koʻngilochar eshittirishlar tashkil etadi.
Mahalla
Mahalla“ teleradiokanalining asosiy vazifa va faoliyat yo'nalishlari quyidagilardan iborat: — mamlakat aholisini oʻzbek xalqining koʻp asrlik tarixi davomida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi sifatida shakllangan noyob milliy tuzilma — mahalla institutining jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishidagi aholi uchun muhim ijtimoiy masalalarni hal etish, — kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyatiga oʻtish borasidagi maqsadli vazifani amalga oshirishdagi oʻrni va ahamiyati haqida keng xabardor etish, shuningdek, mahallaning har tomonlama rivojlanishi va samarali faoliyatini taʼminlovchi tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tajribasini yoritish; — mahalla institutining jamiyatda yuksak maʼnaviy qadriyatlarni qaror toptirish, milliy urf-odat va anʼanalarga hurmat bilan munosabatda boʻlish, mamlakatda tinchlik va barqarorlikni asrash va mustahkamlash, millatlararo va konfessiyalararo totuvlikni mustahkamlash, — joylarda jamoat xavfsizligi va huquq- tartibotni taʼminlashdagi oʻrni va ahamiyatini ochib beruvchi dasturlarni tayyorlash.
O’zbekiston 24
Yangi «O‘zbekiston 24» kanalining efiri xodimlar bilan salomlashish, xalqqa xizmat qilish, tezkor va ochiq faoliyat olib borishga va’da berishdan boshlandi.
«O‘zbekiston 24» kanali 24 iyul kuni 60 yoshni «>qarshi olgan Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri keldi. Jurnalistlar murojaatida bir necha bor davlat rahbarlari tashabbuslari to‘g‘risida so‘z ketdi.
Kanalda 251 nafar mutaxassis faoliyat ko‘rsatadi. Ularning aksariyati Milliy teleradiokompaniyaning boshqa kanallarida ishlab, auditoriyaga tanilib ulgurgan. Kanal xorijda o‘z muxbirlik punktlarini ochishni rejalashtirmoqda.
Bunga qadar MTRKning 9 ta kanalida 56 ta yangiliklar dasturi efirga uzatilgan. Yangi kanalda bir vaqtning o‘zida «O‘zbekiston 24» va «O‘zbekiston» kanallarida namoyish etiluvchi «Axborot» va «Tahlilnoma» axborot-tahliliy dasturlar tayyorlanadi.
Telekanallar
Dunyo Bo’ylab
Dunyo boʻylab — Oʻzbekiston Milliy Teleradikompaniyasi tarkibidagi telekanallar Dunyo Boʻylab telekanali Oʻzbekiston Respublikasi hududida 100% toʻliq eshittirishlarni amalga oshiruvchi davlat telekanali hisoblanadi.
Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
2012-yil 1-yanvardan Dunyo Boʻylab telekanali Madaniyat va Maʼrifat telekanali bilan birgalikda oʻz eshittirishlarini O'zbekiston hududi boʻylab taqdim eta boshlagan.
Dunyo boʻylab telekanali haqida[tahrir | manbasini tahrirlash]
Dunyo boʻylab telekanali Oʻzbekiston aholisi uchun tarix, geografiya, iqtisodiy geografiya, milliy iqtisodiyot, turizm, arxeologiya va ekologiyaga doir koʻrsatuvlar tayyorlab tamoshabinlarga taqdim etib kelmoqda. Dunyo boʻylab telekanali jahonning yetakchi telekanallarining geografiya, ekskursiya, jahon mamlakatlarining zamonaviy rivojlanish istiqbollari, jahon xalqlarining oʻziga xos va mos milliy urf odatlari maʼdaniyatlari va sayyohlik salohiyatiga doir bir qancha hujjatli filmlarini litsenziya asosida taqdim etib kelmoqda. Shuningdek Dunyo boʻylab telekanali Oʻzbekistonning tabiiy geografiyasi, sayyohlik salohiyati, turizm istiqbollari, mamlakat boʻylab ekskursiyalarga doir bir qancha hujjatli filmlarni efirga uzatmoqda. Hozirgi kunda telekanal dunyoning 40 dan ortiq mamlakatida suniy yoʻldosh orqali oʻz eshittirishlarini uzatib kelmoqda.
Yoshlar
O'zbekisto milliy teleradiokompaniyasi "Yoshlar" teleradiokanali aksiyadorlik jamiyati. 1998-yilning 1-sentyabridan o'z ish faoliyatini boshlagan. 2022-yil 30-iyun kuni telekanal faoliyatida rebrending o'tkazilgan. Rasmiy veb sahifasi: www.yoshlartv.uz
|