|
Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
|
bet | 2/4 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 42,19 Kb. | | #232969 |
Bog'liq d Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 26-martdagi qarori asosida O'zteleradiokompaniya tarkibida "Yoshlar" telekanali tashkil etilgan[1]
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mustaqil tele-, radiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida» 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoniga asosan «Yoshlar» telekanali va «Yoshlar» radiokanali negizida «Yoshlar» teleradiokanali» yopiq aksiyadorlik jamiyati tashkil qilindi.
2021-yil 18-noyabrdan boshlab, "Yoshlar" telekanali ixtisoslashtirilgan reklama xususiyatiga ega bo'lgan telekanal sifatida faoliyat ko'rsatmoqda.[2]
Maqsad va vazifalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
«Yoshlar» teleradiokanali faoliyatining asosiy yo`nalishlari va vazifalari quyidagilardan iborat:
- Yoshlarga oid davlat siyosatini keng targ'ib etish;
- O'zbekiston Respublikasi hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlarni hamda mazkur jarayonda Yoshlarning ishtirokini keng yoritish;
- Yosh avlodni Vatanparvarlik, Vatanga muhabbat va umumbashariy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash
Sport TV
Sport TV — Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidagi telekanallardan biri. Ushbu kanal O'zbekiston boʻylab efir uzatib kelayotgan eng birinchi tashkil topgan kanallardandir. Yoʻnalishi sport turlari boʻyicha ko'rsatuvlar, transliyatsiyalar tashkil etish.
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oʻzbekiston Respublikasining brinchi prezidenti Islom Karimovning „Oʻzbekiston Respublikasi bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Oʻquvchi va talaba yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish toʻgʻrisida“gi qarori, yaʼni „Umid nihollari“, „Barkamol avlod“, „Universiada“sport oʻyinlari respublikada sportning yanada rivoj topishi uchun puxta zamin hozirladi. Oʻz navbatida bu jarayonlar alohida, sport yoʻnalishiga ixtisoslashgan telekanal tashkil etish zaruratini kun tartibiga qoʻyadi. Natijada, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining „Ommaviy sport targʻibotini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2003-yil 4-noyabrdagi 484-son Qaroriga asosan 2004-yil 1-yanvardan Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi 4-Xalqaro telekanali negizida "Sport" telekanali tashkil etildi. Respublika birinchi prezidentinig 2005-yil 8-noyabrdagi „Mustaqil teleradiokanallarni isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoni va 2005-yil 27-dekabrdagi „Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi faoliyatini tashkil etish boʻyicha tadbirlar haqida“ qarori asosida telekanal „Sport“ teleradiokanali davlat muassasasiga aylantirildi.
Zo’r tv
Zoʻr TV — Oʻzbekistondagi nodavlat koʻngilochar-musiqiy telekanal. 2017-yilning 1-fevral kunidan Oʻzbekiston hududida sinov tarzida efirga uzatilishni boshladi[1]. Shu yilning 1-mart oyidan koʻngilochar dasturlari bilan toʻliq ishga tushdi
Navoiy MTRK
Navoiy (toʻliq nomi: Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi) – Oʻzbekistonning universal mazmundagi davlat hududiy telekanali. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi tarkibida tashkil etilgan. Efiri Navoiy viloyati hamda qisman Samarqand va Buxoro viloyatlarini qamraydi.
|
| |