Windows versiyasini yangilash




Download 1.72 Mb.
bet4/15
Sana02.07.2022
Hajmi1.72 Mb.
#24694
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Windwsni o\'rnatish 300519234947
01, 9 SINF GEOGRAFIYA NAZORAT ISHI, Mustaqil ish to\'g\'ri kanfedra mavzuli, Smmt 84 guruh Karimov Baxtiyor (2), ariza
Windows versiyasini yangilash
Windowsning WindowsXP gacha bo'lgan versiyalarini yangilash uchun kompyuterda o'rnatilgan Windows seriyaidan WindowsXPni o'rnatish dasturini ishga tushiramiz. Ya'ni Windows 2000 ni (yoki boshqa biror versiyasini) yuklab, CD-ROMga WindowsXPni o'rnatish kompakt-diskini qo'yamioz va avto-yuklash mexanizmi (Autoplay) ishlay boshlaydi.
Agar Autoplay mexanizmi o'chirilgan bo'lsa yoki biron sabab bilan ishga tushmasa, yo'lboshlovchi(provodnik) oynasini ochib, o'rnatish kompakt diskining o'zak katalogidan setup.exe faylini ishga tushiramiz. Shundan so'ng, quyidagi to'rtta bo'lim taklif etiladi:
I. Install WindowsXP (Ustanovit Windows XP)
Bu buyruq bo'yicha Windowsni o'rnatish asosiy dasturi ishga tushadi(\i386\winnt32.exe). Ochilgan oynadan Upgrade (Recommended, Obnovleniye) yoki New Installation(Advanced, Novaya ustanovka) variantlaridan birini tanlaymiz. Windowsning joriy versiyasi o'rniga Windows XPni o'rnatmoqchi bo'lsak, birinchi variantni tanlaymiz. Bu holda WindowsXP joriy Windows o'rnini egallaydi.
Ikkinchi variantni tanlab, WindowsXPni boshqa disk bo'limiga yoki boshqa qattiq diskka o'rnatishimiz mumkin. Bu variant WindowsXPni qo'sh(ikkilik) yuklash rejimida ham o'rnatish imkoniyatini beradi.
II. Install Optional Windows Components
(Ustanovit dopolnitelnыye komponentы Windows)
Bu variant boshqaruv panelidagi "Ustanovka i udaleniye" bo'limidan "Ustanovka i udaleniye komponentov Windows " bandini tanalash buyruqlariga teng kuchli hisoblanadi.
III. Perform Additional Tasks
(Bыpolneniye dopolnitelnыx zadach)
Bu sahifada bir qancha foydali protseduralarga ssilkalar joylashgan. Tarmoq sistemasiga Remote Desktop rejimida ulanish dasturiy ta'minotini o'rnatish uchun "Ustanovka udalennoye soyedineniye (Setup Remote Connection)" (8-mavzuga qarang) tarmoqni o'rnatish ustasi (Network Setup Wizard)ni ishga tushirish uchun "Ustanovit domashnyuyu i maluyu set(Setup a home or small office network)" bo'limini tanlaymiz. Fayl va papkalarni ko'chirish ustasini chaqirish uchun "Perenesti faylы i parametrы" bandini belgilaymiz. Bu haqda ushbu mavzuning "Windows XPni boshqa diskka yoki kompyuterga ko'chirish" bandida to'laroq ma'lumot berilgan.
IV. Chk System Compatability
(Proverka sovmestimosti sistemы)
Bu buyruq yordamida "Microsoft Windows Update Advisor" dasturi ishga tushadi. Bu dastur sistemada muyammoli bo'lishi mumkin bo'lgan manbaalarni, masalan, dasturiy va apparat ta'minoti nomutanosibliklarini tekshiririb, yakunda natijalar hisobot ko'rinishida namoyon bo'ladi.
Kerakli bo'limdan birini tanlaymiz. Shundan so'ng Windowsning o'rnatish dasturi fayllarni ko'chirish va sistemani konfiguratsiyalash boshlanadi.

Download 1.72 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 1.72 Mb.