• Bloknot
  • Paint
  • Kalkulyator
  • Windows operatsion tizimining standart amaliy dasturlari




    Download 1.72 Mb.
    bet15/15
    Sana02.07.2022
    Hajmi1.72 Mb.
    #24694
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Windwsni o\'rnatish 300519234947
    01, 9 SINF GEOGRAFIYA NAZORAT ISHI, Mustaqil ish to\'g\'ri kanfedra mavzuli, Smmt 84 guruh Karimov Baxtiyor (2), ariza
    3.3. Windows operatsion tizimining standart amaliy dasturlari
    Operatsion tizim aniq amaliy masalalarni bajarish uchun mo`ljallangan vosita mavjud bo`lishini talab qilmaydi, buning uchun amaliy dasturiy ta’minotlar mavjud. Shunday bo`lganda ham, Windows operatsion tizimida chekli amaliy dasturlar kiritilgan, yanada kuchliroq dasturiy vositalarni kompyuterga o`rnatgunga qadar ular yordamida ayrim kundalik oddiy masalalarni yechish mumkin. Windows tarkibiga kiruvchi bunday dasturlar, standart amaliy dasturlar deyiladi. Ularni oddiyligi tufayli o`rganish uchun qulay dastur sifatida ham ko`rish mumkin. Standart ilovalar bilan ishlash murakkabroq dasturiy ta’minotlarni o`rganishga yordam beradi.
    Windows operatsion tizimi oddiy va o`rnatilgan talay dasturlarga ega, shaxsiy kompyuterdan foydalanishni boshlayotganlar uchun bu dasturlar yaxshi platforma va o`qituvchi bo`la oladi. Standart dasturlar yordamida chizish, matnli xujjatlar terish, elektron pochtaga murojaat qilish, filmlar ko`rish, musiqa eshitish mumkin. Bularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
    1) Bloknot dasturi. Bu- oddiy matnli redaktor bo`lib, uni mantli fayllarni ko`rish vositasi sifatida juda qulaydir. Matnli xujjatlarni yaratishda undan kam foydalaniladi (faqat kichik matnlar uchun), ammo bu dasturni klaviatura bilan ishlash maxoratini oshirish uchun foydalanishga qulay. Dasturni ishga tushirish Pusk-Dasturlar-Standart-Bloknot orqali amalga oshiriladi.

    Bloknot


    2) Paint dasturi grafikli ma’lumotlarni yaratish va redaktorlashga mo`ljallangan. Paint-oddiy grafik redaktor. Ўz imkoniyatlari bilan bugungi kun talablariga javob bermaydi, ammo oddiyligi va o`rganish osonligi tufayli operatsion tizim tarkibida muxim komponenti sifatida qolmoqda. Bu dasturning boshqaruv tamoyillarini tartibga solgach, qolganlari grafika bilan ishlaydigan yanada ko`p funksiyali ta’minotlarni o`zlashtirish osonroqdir. Dasturni ishga tushirish Pusk-Dasturlar-Standart-Paint orqali amalga oshiriladi.

    Paint


    3) WordPat matnli protsessori. Matnli protsessor, matnli redaktor kabi, matnli xujjatlarni yaratish, redaktorlash va ko`rib chiqish uchun mo`ljallangan. Biroq ular yana bitta muhim funksiyani bajaradi-xujjatni tuzish. WordPat dasturi – bu zamonaviy, nisbatan yengil matnli protsessor. Matnli protsessor WordPat Bloknot retaktoriga nisbatan ko`proq imnoniyatlarga ega.



    WordPad

    4) Kalkulyator. Kalkulyator dasturini ikki xil ko`rinishda foydalanish mumkin: asosiy arifmetik amallarni bajaruvchi standart kalkulyator ko`rinishida va qo`shimcha funksiyalarni bajaruvchi muxandislik kalkulyatori ko`rinishida. Kalkulyatorni sichqoncha va klaviaturaning yuqori qatoridagi sonlari yoki sonlar blokidagi klaviatura orqali ishlatish mumkin, buning uchun (NumLock tugmasini bosish orqali bajariladi, sonlarni klaviatura orqali kiritish ko`p hisoblash ishlari bajarilganda qulay hisoblanadi).



    Kalkulyator


    5) Ma’lumotlarni siqish. Ma’lumotlarni siqish dasturi qattiq diskga yozishda ma’lumot hajmini o`zgartirish uchun mo`ljallangan. Uning asosida ortiqcha malumotni yo`qotish prinsipi yotadi. Deyarli barcha boshqa vositalar orqali hajmi oshirilmagan fayl ma’lumotlari ortiqcha hajmga ega.


    6) Multimedianing standart vositalari.
    Multimedia- komplekslilik tushunchasiga ega. Bir tomondan, o`ziga xos tip xujjatini, boshqa tomondan – o`ziga xos sinf dasturiy va apparat ta’minoti nazarda tutmoqda.
    Multimediya xujjatlarning oddiy xujjatlardan farqi shundaki, an’anaviy matnli va grafikli ma’lumotlardan tashqari ovozli ob’ektlar, animatsiyali grafiklar (multiplikatsiya), video lavxalardan tashkil topgan bo`lishi mumkin.
    Multimediali dasturiy ta’minot – bu dasturiy vosita multimediali xujjatlar va ob’ektlarni yaratish va eshittirish uchun mo`ljallangan.



    Download 1.72 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 1.72 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Windows operatsion tizimining standart amaliy dasturlari

    Download 1.72 Mb.