Menejer faoliyatini rejalashtirish va takomillashtirish




Download 27.9 Kb.
bet2/6
Sana14.12.2022
Hajmi27.9 Kb.
#34794
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MENEJER FAOLIYATINI REJALASHTIRISH VA TAKOMILLASHTIRISH
Psixologiya fanining zamonaviy metodlari-muhaz.org

3. Mehnat unumdorligi


Mehnat unumdorligiga — psixologik omil, xodimlar va rahbar, shuningdek, xodimlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar ham katta ta'sir ko'rsatadi. Ularning kayfiyati, mehnat faolligi, mehnat natijalari bu omilga bog'liq bo'ladi.
Boshqaruvning samaradorligi asosan rahbar o'z vazifasini qanchalik muvaffaqiyatli bajarishi bilan bog'liq bo'ladi. Hozirgi davr menejeri mehnat va boshqaruvni tashkil etishning yangi ilmiy va texnikaviy yechimlari, usullarini qo'llashi, ishlab chiqarish imkoniyatlarinj iqtisodiy ravishda kengaytirishi lozim. Menejer ham tashkilotchi, ham tarbiyachi, ham izlanuvchi, ma'muriyatchi siÎatlariga ega bo'lishi kerak.
Menejerlar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning murakkabligi va javobgarlikning ortishi, bajariladigan ishlar turli-tumanligi ulardan vaqtni unumli taqsimlanishni talab qiladi. O'z faoliyatini rejalashtirishni bilmaydigan, faqat joriy masalalar bilan shug'ullanuvchi menejerlar faqat boshqaruv jarayonida vujudga keluvchi u yoki bu vaziyat natijalarini tahlil qilishgagina ulgurib, kelajakda qilinishi lozim bo'lgan ishlarni hal etish uchun vaqt topolmay qoladilar.
Menejer faoliyati maqsadini belgilashda, avvalo, undan yuqoriroq menejment tizimi oldida turgan vazifalardan kelib chiqish lozim, aks holda, butun tizim faoliyatiga to'g'ri kelmaydigan (yoki qaramaqarshi) ish ko'rish mumkin.
Rahbar ishi sur'atining tezligi, uning mehnat faoliyati to'laqonli dam olish bilan, shuningdek, ish kuni davomida mehnat turlari almashinishini talab etadi, chunki faqat shunday qilinganda mehnat yuqori samarali bo'lishi, ish qobiliyati to'liq tiklanishi mumkin.
Menejer mehnatida maqbul ish surÛ'atini, u amalga oshiruvchi harakatlarning doimiy tartibini o'rnatish juda muhimdir.
Menejer ish vaqtining katta qismi hujjatlar bilan ishlashga sarflanadi. Olinuvchi axborot (xat, farmoyish, hujjat va h.k.lar) hajmi juda katta. Bunday holda axborotni «filtrdan» o'tkazish juda muhimdir. Rahbarga faqat u hal qilishi murnkin bo'lgan axborot berilishi lozim. Bu bosqichda rahbarga axborotni ijrochilar o'rtasida taqsimIcvchi kotib yoki yordamchi (referent) katta ko'mak beradi. U malakali xodim bo'lishi, menejmentning barcha bo'linmalari va tashkilotlari faoliyati xususiyatini bilishi lozim.
Rahbar va unga bo'ysunuvchi boshqaruv apparati o'rtasida majburiyatlarni maqbul taqsimlash rahbarga ish vaqtini samarali sarflashga imkon beradi. Ijrochilarga mavjud qonunchilik doirasida iloji boricha ko'proq hujjatga imzo chekishi uchun imkon berish kerak. Bu rahbar vaqtini tejash, ijrochilar tashabbuskorligi va javobgarligini oshirish imkonini beradi.
Menejerlar faoliyatida turli-tuman yig'ilish va majlislar muhim o'rin egallab, ularga ish vaqtining 77 foizi sarf bo'ladi. Shu sababli, majlislarni to'g'ri tashkil etish uchun quyidagilarga alohjda e'tibor berish lozim:

  • majlisda ko'riladigan masala faqat jamoa tomonidan hal etiladigan muammodan iborat bo'lishi kerak. Bu muammo bitta majlis davomida hal etilishi lozim;

  • majlis qatnashchilari muhokama etilayotgan muammo bo'yicha yetarli tajriba va bilimga ega bo'lishlari kerak;

  • majlisda ko'riladigan masalalar mavzusi qatnashchilarga ular tayyorgarlik ko'rish vaqtiga ega bo'lishlari uchun avvaldan e'lon qilinishi lozim;

  • yig'ilish o'tkaziladigan sana, vaqt va joy avvaldan ko'rsatilishi lozim, chunki uning qatnashchilari o'z ish vaqtlarini rejalashtirishlari kerak. Yig'ilish rahbari avvaldan yig'ilish maqsadi va o'tkazilish shaklini belgilashi lozim. Yig'ilish o'tkazilish tartibi, erkin, ishchan muhokama uchun sharoit yaratish harn muhimdir.

Rahbarning ko'plab majburiyatlari ichida tashrif qiluvchilarni qabul qilish va suhbat o'tkazishni alohida ajratib ko'rsatish lozim. Qo'l ostida ishlovchilar tashabbusi bilan qabul qilish uchun alohida vaqt ajratish muhimdir, chunki «ochiq eshiklar siyosati» tashqaridan demokratik xususiyatga ega bo'lsa-da, ish vaqtini noto'g'ri sarflashga Olib keladi. Suhbat davomida rahbar savollar berish yo'li bilan xodimlardan ularning niyatini aniq bilib olishi, o'z iltimos yoki takliflarini asoslab berishiga intilishi kerak. Agar suhbat rahbar tashabbusi bilan amalga oshadigan bo'lsa, xodim suhbat vaqti va maqsadi haqida ma'lumotga ega bo'lishi kerak. Bu xodimga masala mazmuni bo'yicha tayyorgarlik ko'rish, psixologik tanglikka duch kelmaslik uchun imkon yaratadi. Suhbat davomida o'zaro ishonch muhitini yaratish uning muvaffaqiyatli bo'lishiga imkoniyat beradi. Bunda rahbar suhbat maqsadi va xodimning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olishi kerak. Suhbat oxirida rahbar, albatta, muhokama etilgan masala bo'yicha erishilgan natija va uni keyinroq hal etish yo'llarini qayd qilib qo'yishi kerak.
Rahbar mehnati samaradorligining muhim omillaridan biri — qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilishni tashkil etishdir. Nazorat rahbarning doimiy vazifasi bo'lib, uning ish rejasida hisobga olinishi lozim hamda materiallar bilan tanishuv, shaxsan ma'lumot berish uchun qabul qilish, inspeksiya qilish yo'li bilan amalga oshiriladi. Nazorat qilishning qulay shakli — topshiriqlarni maxsus muddatli kartochkalar va perfokartalar vositasida hisobga olishdir.
Rahbar butun jamoa va boshqaruv apparati osoyishta ishlashi uchun sharoit yaratishi lozim, chunki butun menejment tizimi va natijada butun ishlab chiqarish samaradorligi shu narsaga bog'liqdir.
Menejer mehnati tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Menejer mehnati predmeti sifatida ishlab chiqarish jarayoni elementlari, boshqaruv munosabatlari, axborot, turli hujjatlar, boshqaruv qarorlari olinadi.
Zamonaviy menejerga yuksak iqtisodiy tafakkur, kasb mahorati, uzoqni ko'ra bilish, sotsiologiya va ruxshunoslikka oid bilim lozim.
Menejer kasb mahorati, ma'naviyatini oshirishda korxona doimo g'amxo'rlik qilishi darkor.
Boshqarish fanida markazlashtirilgan holda yechiladigan, tashkilotning barcha a’zolari va tarkibiy qismlari uchun umumiy hisoblangan masalalar boshqarishning zaruriyligini keltirib chiqaradi. Shuning uchun ham hozirga kelib “menejer” nomli mutaxassislik shakllanganki, yuqoridagi vazifalar bilan faqat (yoki asosan) rahbarlar (menejerlar) shug’ullanadilar.
Menejer – tashkilotning azosi bo’lib, boshqaruv faoliyatini
amalga oshiradigan va boshqaruv vazifalarini hal etishga masul bo’lgan xodimlar. Yuqori masuliyat bilan aytish mumkinki menejerlar tashkilot uchun eng zaruriy insonlardir. Albatta, har bir menejer oldiga qo’yilgan vazifa, mas’uliyat bo’yicha tashkilot uchun xar xil muhimlikda urin egallaydilar, chunki ular tomonidan bajarilayotgan vazifalar mazmuni, mas’uliyati va hajmi bo’yicha har xil hamda tashkilotning boshqaruv iyerarxiyasi bo’yicha taqsimlanadi.
Menejerlar deb, boshqaruv san’ati va mahoratiga ega bo’lgan malakali va yollanib ishlaydigan mutaxassislarga aytiladi. Har bir menejer ma’lum kapital to’plab o’z ishini ochishi mumkin va tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishi mumkin. Ammo hamma tadbirkor menejer bo’la olmasligini uzoq muddatli tajriba ko’rsatmokda. Chunki menejer bo’lish uchun faqat yoki bilim yoki mutaxassislik haqida diplom bo’lishi yetarli emas. Bunda ollohdan atalgan qobiliyat – tashkilotchilik, yetakchilik, o’z so’zini o’tkaza biladigan, muloqotni bilish san’atiga ega va shunga o’xshagan xislatlarga ega bo’lishi kerak.



Download 27.9 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 27.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Menejer faoliyatini rejalashtirish va takomillashtirish

Download 27.9 Kb.