Menejment va marketing




Download 2,21 Mb.
bet161/192
Sana19.01.2024
Hajmi2,21 Mb.
#140803
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   192
Bog'liq
Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninin

Tovar nomenklaturasi yoki tovar miksi firmaning barcha to-varlari yig‘indisi sifatida kenglik, uzunlik, chuqurlik va ke-lishilganlik bilan tavsiflanadi. Tovar nomenklaturasi kengligi kor-xonaning tovar liniyalari soni bilan, uzunligi — firma ishlab chiqarayotgan muayyan tovarlarning umumiy soni bilan, chu-qurligi - ma’lum bir tovar liniyasining har bir tovar variantlari soni bilan, kelishilganlik esa turli xil liniyalarning tovarlardan yakuniy foydalanish nuqtayi nazaridan yaqinlik darajasi bilan belgilanadi.
Tovar nomenklaturasi doimo nazorat ostida bo‘lishi lozim. Bunday nazoratni tovarning turli xil hayotiylik davrida bo‘lgan mahsulotlarni kiritish maqsadida bu davrning har bir bosqichida amalga oshirish zarur. Tovar nomenklaturasini bu tarzda muvo-zanatlashtirish sotuv hajmini barqarorlashtirishga va muntazam ravishda foyda olishni ta’minlashga imkon yaratadi.
Firmaning tovar siyosatini samarali tarzda amalga oshirishiga ikkita yirik muammo to‘sqinlik qiladi. Birinchidan, firma o‘z ishini mavjud tovar nomenklaturasi doirasida, tovarning hayotiylik davri bosqichlarini hisobga olgan holda ratsional tashkil etishi, ikkin-chidan, bozordan chiqarib tashlash va ishlab chiqarishdan olib tashlash lozim bo‘lgan tovarlar o‘rniga yangi tovarlarni ishlab chiqarish lozim.
Shu tariqa firma tovarlar assortimenti tuzilishining barqarorli-gi, sotuvning doimiyligi va olinuvchi foydaning barqaror bo‘-lishini ta’minlash uchun o‘z tovar strategiyasiga ega bo‘lishi va uni muntazam takomillashtirib borishi zarur.
Tovar strategiyasi oldindan ishlab chiqiladi. U firmaning mavjud tovar miksi jozibadorligini oshirish bo‘yicha uch xil stra-tegik yo‘nalishni o‘z ichiga olishi mumkin.
tovar innovatsiyasi;
is- tovar variatsiyasi;
tovar eliminatsiyasi.
Tovar innovatsiyasi strategiyasi yangi tovarlarni tayyorlash va joriy qilish dasturini aniqlab beradi. Biroq ,,yangi tovar" atamasi turlicha talqin qilinadi hamda mavjud tovarlarni takomillashtirish yoki yangilash uchun ham, iste’molchilarga birinchi bor taqdim etiluvchi mutlaqo yangi iste’mol mahsulotlarini tavsiflash uchun ham qo‘llanadi. Innovatsiyaning ahamiyati va vazifalarini to‘g‘ri baholash zarur, chunki bunga tovarni joriy qilishga doir tahlika-larni baholash bog‘liq bo‘ladi.
Nazariya va amaliyotda innovatsiya ,,yangilik kiritish" va ,,yangi-lik" tushunchalarining sinonimi hisoblanadi. U yangi mahsulot-lar va xizmatlar, ularni ishlab chiqarish va sotish usuli, tashkiliy, moliyaviy, ilmiy-tadqiqot, marketing va boshqa faoliyat sohala-ridagi yangiliklar yordamida ifodalanishi mumkin. Innovatsiya-larning firma uchun yangiligi; bozor va iste’molchi uchun yangi-Ugi (innovatsiyalaming jadalligi) darajasi; innovasiyalar paydo boiishi bilan bog‘liq g‘oyalar (texnologik yoki marketing) xa-rakteri bo‘yicha tasniflanadi. Masalan, firma uchun yangilik dara­jasi jahon miqyosidagi yangi tovarlar bo‘yicha va firma uchun yangi tovarlar bo‘yicha farqlanadi. Aniqlanishicha, kiritilgan yan-giliklarning kichik (10%) qismi jahon miqyosida yangi tovar hisoblansa, innovatsiyalaming katta (70%) qismi mavjud tovar­lar gammasini yangilash, kengaytirish va o‘zgartirish bilan bog‘­liq bo‘ladi:
%
Jahon miqyosida yangi tovarlar 10
Firma uchun yangi tovarlar 20
Mavjud tovarlar majmuasini kengaytirish 26
Yangilangan tovarlar 26
Tovarning joylashuvini o‘zgartirish 7
Xarajatlarni qisqartirish (ishlab chiqarish innovatsiyasi) ..11
J ami 100
Tovar innovatsiyasini mavjud mahsulotga oid yangi g‘oyalar olish, shuningdek, yangi mahsulot ishlab chiqish va bozorga olib chiqish jarayoni sifatida tushunish lozim.
Tovar innovatsiyasi korxonaning barqaror va mustahkam faoliyatining asosi hisoblanadi. Tovar assortimentini uzluksiz yangilab turish zarurati atrof-muhitning ichki va tashqi omillari bilan asoslanadi:
ichki omillar - ishonchli faoliyat yuritish, xarajatlarni ka-maytirish, xatarni taqsimlash, ishlab chiqarish quvvatlarini to‘-liq ishlatish, xodimlarni ish bilan ta’minlash zarurati;

Download 2,21 Mb.
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   192




Download 2,21 Mb.