|
Menejment va marketing
|
bet | 162/192 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 2,21 Mb. | | #140803 |
Bog'liq Toshkent – 2023 Mavzu 1«Menejment va marketing asoslari» faninintashqi omillar - texnika va texnologiyalarning taraqqiyoti, ishlab chiqarish kuchlari va sotuv bozorining rivojlanishi, iste’-molchilarning tovarga bo‘lgan munosabatining o‘zgarishi, raqobat va raqobatchilik munosabatlarining doimiy o‘zgarib turishi.
Tovar innovatsiyasi yangi tovar ishlab chiqish va joriy qilishni nazarda tutadi hamda amalga oshirish shakli bo‘yicha tovar differensiatsiyasi va diversifikatsiyasiga bo‘linadi.
Tovar differensiatsiyasi tovarni raqobatchilarning tovarlaridan ajratib turuvchi bir qator modifikatsiyalarni ishlab chiqish ja-rayonini anglatadi.
Mahalliy va xorijlik mualliflarning tarjima qilingan asarlarida bu tushunchani ifodalash uchun ikkita atamadan “differensiatsiya” va “differensiyalash” atamalaridan foydalaniladi. O‘z rnazmuniga ko‘ra ular sinonim sifatida ko‘rib chiqilishi mumkin, chunki in-gliz tilidan tarjima qilganda differentiation" so‘zi differensiatsiya, differensiyalash, farqlash degan ma’nolarni anglatadi. Bizning nuqtayi nazarimizda jarayon va hodisalarni ularning funksional, sifat jihatlari bo‘yicha tavsiflashda (mahsulotlarga ham taalluqli) ,,differensiatsiya" atamasini, jarayon va hodisalarni zamon va ma-konda ko‘rib chiqishda esa „differensiyalash" (masalan, ish vaqti-ni differensiyalash va hokazo) atamasini qo‘llash to‘g‘ri bo‘lar edi.
Differensiatsiya tovarning jozibadorligini uning turli-tumanligi hisobiga yaxshilashga asoslangan. Konseptual differensiatsiya tovar taklifini ikki xil darajada: bir turdagi tovar bo‘yicha raqobatchilar o‘rtasida va bitta ishlab chiqaruvchining bozorning turli segment-lariga yo‘naltirilgan tovarlari o‘rtasida tovar taklifining turli vari-antlarini ishlab chiqishdir (J.J.Lamben, 1996).
Tovar differensiatsiyasining maqsadi uning raqobatbardoshli-gini kuchaytirish, tovarning jozibadorligini alohida bozorlar yoki bozor segmentlarining xususiyatlari, iste’molchilarning afzal ko‘rishlari hisobiga oshirishdan iborat.
Marketingda tovar differensiatsiyasi deganda tovarni ishlab chiqish va sotuvga tayyorlash, bozorga mavjud tovarlarga qo‘-shimcha ravishda yangi tovar turlarini olib chiqish tushuniladi. Differensiatsiya ikki xil yo‘nalishda amalga oshirilishi mumkin:
e’tiborni o‘z tovari imkoniyatlariga (o‘rov materiallari va narx-ning o‘zgarishi, ikkilamchi bozorga chiqish) qaratish va raqo-batchilar taklif etuvchi tovar xarakterini (narxi, sotuv kanali, imiji va hokazo) hisobga olish.
F.Kotler tovar differensiatsiyasi bilan bir qatorda, xodimlar, taqsimlash kanallari, imij va xizraatlar differensiatsiyasini ham ajratib ko‘rsatadi.
Tovar differensiatsiyasi quyidagi omillar bo‘yicha amalga oshi-riladi: tovarning qo‘shimcha imkoniyatlari, tovardan foydalanish samaradorligi, qulaylik, ishonchlilik, tovar dizayni va stili.
Qo‘shimcha imkoniyatlar tovar iste’molchilari ehtiyojlari va taklifga yo‘naltirilgan korxona tomonidan taqdim etilishi yoki tovarning asosiy funksiyasini kengaytiruvchi qo‘shimcha tavsifnoma va takomillashtirish ko‘rinishidagi mustaqil standartlashtirilgan yangiliklar kompleksi sifatida bozorga chiqarilishi mumkin. Qo‘shimcha imkoniyatlarni o‘rganishning asosiy usullaridan biri xaridorlar talabi hisoblanadi.
Tovardan foydalanish samaradorligi taklif qilinayotgan tovar tavsifnomasini maqsadli bozor ehtiyojlarini hisobga olgan va raqobatdosh firmalar tovarlari bilan taqqoslagan holda uzluksiz baholash va tadqiq etish tamoyillariga asoslanadi. Tovardan foydalanish samaradorligini baholash ko‘rsatkichi uning ishlash sifati, ya’ni tovarning undan foydalanish jarayonida asosiy funksiyasini bajarish sifati hisoblanadi. Tovardan foydalanish samaradorligining istiqbollarini baholashda sifat darajasi uzoq muddatli vaqtda tekshiriladi. Tovar asosiy funksiyasini bajarishning sifatini bunday bashorat qilish sifatni muntazam yaxshilab borish, sifatni belgilangan darajada saqlab qolish yoki vaqt o‘tishi bilan sifat darajasini pasaytirish hisobiga bozor ulushini kengaytirish va olinadigan foydani o‘stirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi mumkin. Tovardan foydalanish samaradorligini qo‘llab-quvvatlashning u yoki bu vari-antini tanlash atrof-muhitning ichki va tashqi omillariga bog‘liq bo‘ladi. Biroq istalgan variantda ham birinchi navbatda tovar ish-lab chiqaruvchilarning maqsadlari emas, balki xaridorlarning ehtiyojlari inobatga olinishi lozim.
|
| |