• Qabul qildi: Mamatqulov A Toshkent - 2024 Mavzu: Korxona moliyaviy holatining tahlili Reja: Kirish
  • 3.Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash usullari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
  • Menejment va marketing




    Download 1,21 Mb.
    bet1/5
    Sana18.02.2024
    Hajmi1,21 Mb.
    #158495
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Korxona moliyaviy holatining tahlili




    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
    MENEJMENT VA MARKETING” KAFEDRASI
    BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT YO`NALISHI


    9621-GURUH TALABASI
    XAMRAYEV JAVOHIR
    MENEJMENT FANIDAN TAYYORLAGAN


    MAVZU: KORXONA MOLIYAVIY HOLATINING TAHLILI.
    Bajardi: Xamrayev Javohir
    Qabul qildi: Mamatqulov A
    Toshkent - 2024
    Mavzu: Korxona moliyaviy holatining tahlili


    Reja:


    Kirish
    1.Korxona moliyaviy tahlili
    2.Korxonalar moliyaviy holati tahlili tushunchasi va asosiy talablari.
    3.Korxonalar moliyaviy holatini reyting baholashda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar tizimi va ularni aniqlash usullari
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar

    Kirish
    Korxonalarning xo’jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi. Xo’jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqdashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab, korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi. Xalq xo’jaligini bozor munosabatlariga o’tkazish bilan korxonalar xo’jalik faoliyatini tahlil qilishning ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi. Bozor munosabatlari shakllanishi, rivojlanishi, ko’p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari, foyda va rentabellik, korxonalar faoliyatining asosiy ko’rsatkichlariga aylanishiga olib keladi. Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo’nalishlaridan biri — boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo’jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta ro’l o’ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti xisoblanadi. Korporativ boshqaruvni tubdan o’zgartirish lozim. Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi, korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy xisobot shakllari qabul qilindi, ularni o’rganish va ulardan keng foydalanish uslublarini barpo etish katta ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani yechish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir kator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali yechilmagan muammolar xam kam emas.



    Download 1,21 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1,21 Mb.