• Tarbiyachi
  • 13- Mavzu: “Nonvoy mehnati bilan tanishtirish” 18 Faoliyatmaqsadi
  • Kerakli jixozlar
  • Mening jonajon O`zbekistonim




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/121
    Sana20.12.2023
    Hajmi0,97 Mb.
    #124460
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121
    Bog'liq
    Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasi

     
    Tarbiyachi: Bolajonlar sizlarga rivoyat yoqdimi? 
    1- bola: Ha yoqdi. 
    Tarbiyachi: Bolajonlar kimlarning ota-onasi nonvoy? 
    2- bola: Madinaxon mening dadam nonvoy 
    Didaktik o`yin: “Mehmon-mehmon o`yini” 
    Tarbiyachi: Bolalar kelinglar! Sizlar bilan hozir “Non olib keldim” she’rini o`qib beraman. 
    Yolg`on emas chin so`zim, 
    Magazinda bir o`zim. 
    Ko`cha chetida bir o`zim, 
    Ancha narsani ko`rib. 
    Qaytimni yo`qotmasdan, 
    Kuchukka tosh otmasdan. 
    Olib keldim issiq non, 
    Uyga kelganda mehmon.
    Tarbiyachi:  Bolalar she’r sizlarga yoqdimi 
    Bolalar javobi: Ha yoqdi 
    Tarbiyachi: Kunning ikkinchi yarmida albatta she’rni yod olamiz. Endi bolajonlar sizlar 
    bilan birgalikda topishmoqlarni topamiz.
    1. Bug`doyzorda yog`rilgan 
    Tandirda tug`ilganman (Non) 
    2. Eng totli ulug` ne’mat 
    Dasturxonga ko`rki ziynat (Non)
    3. Dengiz emas chayqaladi
    Undan bo`lur oshu non (Bug`doyzor) 
    4. U tuganmas boylik kon 
    Undan bo`lur oshu non (Bug`doy) 
    Tarbiyachi: Bolajonlar topishmoq, she’r, rivoyatlar sizlarga yoqdimi? 
    Bolalar javobi: Ha 
    Tarbiyachi: (Faoliyatyakunida bolalar rag`batlantiriladi) va tarbiyachi mashg`ulotni tez 
    aytish bilan yakunlaydi.
    Nonvoy, nonvoy, non yopar, 
    Nonni novvot deb sotar.
    13- Mavzu: “Nonvoy mehnati bilan tanishtirish” 
     


    18 
    Faoliyatmaqsadi: Bolalarni nonvoy mehnati bilan tanishtirish va nonvoylar nima ishlar 
    qilishi haqida suhbat olib boramiz.
    Kerakli jixozlar: nonlar va nonvoy rasmlari, tandir rasmi, non uchun hamir, o`yin markazi.
    Markazlar: Milliy burchak, bolalar kutubxonasi markazi 
    Faoliyatning borishi:
    Tarbiyachi: Bolajonlar kelinglar sizlar bilan bugun nonvoyxonaga sayohat qilamiz. 
    Nonvoyxonada nonvoylar nima ishlar qilishini birgalikda kuzatamiz
    Tarbiyachi: Bolajonlar hamirni nonvoylar undan qoradilarv un bug`doydan bo`ladi, 
    bug`doyni dehqonlar dalalarda yetishtiradilar. Ekilgan bug`doylar o`z vaqtida sug`oriladi, 
    began o`tlardan tozalanadi, so`ng unib chiqib yetilib, bug`doylar boshoq olib bug`doy bo`lib 
    yetiladi.

    Download 0,97 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   121




    Download 0,97 Mb.
    Pdf ko'rish