16
Hamma joyda tayyorman.
Ko`rinmasam shovlada,
Erinmasdan kovla-da
Tarbiyachi:Rahmat she’r
juda qiziqarli ekan , bolalar bilasizlarmi sabzavotlardan
foydalanibonajonlarimiz, bog`chamizda oshpaz opalarimiz sizlarga shirin va mazzali taomlar
tayyorlab beradilar. Sabzavotlarni mazzali bo`lib yetishtirishda
dehqonning mehnati katta,
sabzavot ekishda oldin, dehqon
yerga ishlov berish kerak, keyin tabiiy ozuqa solib,
yerni
yumshatadi, so`ng pushtalar tirtilib, urug`lar sepib chiqiladi. Ular ko`karib chiqishi bilan tez-
tez tagini yumshatib turiladi, sug`orib
turishi kerak, vaqti – vaqti bilan begona o`tlardan
tozalanib, chopiq qilinadi. Bobo quyosh bu ekinlarni serhosil va shirin – shahar bo`lib o`sishi
uchun nimalarni ayamay sochadi. So`ng mo`l hosil yig`ishtirib olinadi. Mevalarni
yetishtirishda bolalar bog`bonning xissasi katta.
Tarbiyachi: Endi sizlarga Abdulla Avloniy “Aqlli bog`bon” hikoyasini o`qib beraman.
Bir bog`bonning uch o`gli bor edi. Ular dangasa va ishyoqmas edilar. Bog`bon bir
kuni kasal bo`ldi. O`g`illarini ishga solmoq uchunyoniga chaqirib “O`g`illarim mening ajalim
yetganga o`xshaydi. Men sizlarga vasiyat qilib ketayin. Bog`ning ichiga bir ko`za
oltin
ko`mib qo`yganman. Mendan so`ng ozingiz kavlab, topib, bo`lishib olarsiz” , - dedi. Oradan
bir necha kun o`tmay, bog`bon dunyodan o`tdi. O`g`illari oltin axtarib, bog`ni chunon
qazidilarki, tuproqlari kul bo`lib ketti , lekin tokning
ildizidan boshqa hech narsa
topolmadilar. Ammo shu yil tok chunon uzum qildiki, aqchasi necha ko`za to`ladurg`on oltin
bo`ldi. So`ngra bu yalqovlar bildilarki, yerdan emas, ishlovdan ekan.