29
juftlikda ishlashga o`rgatish. Faoliyatdavomida shoshilmaslikka, o`yin
jihozlaridan
extiyotkorona munosabatda bo`lishga odatlantirish.
Kerakli jixozlar: “101”, “102”, “103”, “104” kasb egalarining tanishtiruvchi ko`rgazmali
qurollar , suratlar, o`ynash uchun zarur bo`lgan buyumlar.
Markazlar: “Shifoxona”, “Oshxona”, va “O`yin va o`yinchoqlar” burchaklari.
Faoliyat markazi:
Tarbiyachi: Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan qiziqarli o`yin o`rganamiz.
Hozir biz
hamkorlikda ishlash uchun guruhlarga bo`linib olamiz. Buning uchun mana bu yerdagi shakl
bo`laklarini olamiz va ularning qismlarini birlashtiramiz. Hosil bo`lgan raqamlarni olib, shu
raqamlar qo`yilgan stullarga o`tiramiz. Hamma o`z joyini egalladimi.
Bolalar javobi: Ha
(bolalar tayyorlab qo`yilgan stullarga joylashadilar).
Tarbiyachi: Bolalar, guruhlarda ishlash uchun “Oltin qoidalar”ni eslab olamiz.
Bolalar javobi: 1-mashg`ulotda yaxshi o`tiramiz. 2-diqqat bilan quloq solamiz. 3-savollarga
to`g`ri javob beramiz. 4-do`stlarimizga ko`maklashamiz. 5- mashg`ulotda
faol ishtirok
etamiz.
Tarbiyachi: Barakalla bolalar, qaranglar, stolmizda nimalar turibdi? “101”
raqami nimani
anglatadi? – Yong`in xavfsizlik xizmatini. “102” raqami nimani anglatadi? – Militsiya
xizmatini. “103” raqami nimani anglatadi?- Tez yordam xizmatini. “104” raqami nimani
anglatadi?- Gaz xizmatini.