31
Maqsad: Bolalarga suv transportlari haqida tushuncha berish. Mavzuni mustahkamlash, nutq
madaniyatini oshirish, lug`at boyligini kengaytirish.
Kerakli jixozlar: Mavzuga oid rasimlar, tarqatma materiallar,
bolalar ijodidagi ishlardan
namunalar.
Markazlar: Bolalar kutubxonasi,
tasviriy faoliyat, qurish yasash, o`yin va o`yinchoqlar
markazi
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolalar bugun biz sizlar bilan atrof olam mashg`ulotida “Mening
chiroyli
kemacham” mavzusida suhbatlashamiz. Bolalar suv usti transportiga qaysilar kiradi. Ularning
nomlarini menga kim sanab beradi?
1-bola: kema, qayiq, paravoz
Tarbiyachi: Barakalla bolajonlar, bu transportlarni nima uchun
yer usti transportlari deb
ataymiz?
2-bola: chunki hammasi suvda yuradi.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar men hozir sizlarga “Hazrat Nuxning” kemasi va to`foni
hodisasi ibratli hikoyasini o`qib beraman. Bolalar endi ushbu hikoya asosida savol-javob
o`tkazamiz.
Tarbiyachi: Bolalar sizlarga bir topishmoq aytaman va javobini topasizlar, keyin bo`ginlarga
ajratamiz.
Qanoti bor ucholmaydi
Quruq yerni qucholmaydi
Bolalar javobi: Kema
Tarbiyachi: Endi kema so`zini bo`g`inlarga ajrataylik!
1-bola: Ke-ma ikki bo`g`indan iborat
Tarbiyachi: Barakalla endi bolajonlar hammamiz birgalikda kema rasmini chizamiz. Chizish
uchun bizlarga nimalar kerak bo`ladi?
Bolalar javobi: oq qog`oz va qalamlar
Tarbiyachi: Barakalla kim chizgan kema chiroyli chiqar ekan. Kemani chizishda biz qanday
shakldan foydalanamiz?
Bolalar javobi: Yarim doira shaklidan
Tarbiyachi: Raxmat.
Bolalar qayiq, kema, paravozlardan nimalar uchun foydalanamiz qani
kim menga aytadi?