• Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati.
  • I.Kirish . Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirishnng ahamiyati
  • Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati




    Download 74,06 Kb.
    bet1/9
    Sana12.12.2023
    Hajmi74,06 Kb.
    #117399
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Zakhro kurs ishi


    Munarija.
    I.Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirishnng ahamiyati……………………………………………………3
    II. Asosiy qism.
    2.1. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida rivijlantiruvchi markalarining jixozlanishi…………………………………………………………………………9
    2.2. Kichik va o’rta guruhlarda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirsh…………………………………………………………………….13
    2.3. Katta va tayyorlov guruhlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish……………………………………………………………………18
    2.4. Zamonaviy texnologiylardan foydalanib tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida turli xil metodlardan foydalanish…………………………………………………24
    III. Xulosa………………………………………………………………………26
    IV. Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….28

    Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati.
    Reja:
    I.Kirish. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirishnng ahamiyat.
    II. Asosiy qism.
    2.1. Tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida rivojlantiruvchi markazlarining.
    jihozlanishi.
    2.2. Kichik va o’rta guruhlarda tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirsh.
    2.3. Katta va tayyorlov guruhlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirish.
    2.4. Zamonaviy texnologiylardan foydalanib tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida turli xil metodlardan foydalanishi.
    III. Xulosa.

    I.Kirish.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalashtirishnng ahamiyati.
    Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar MTTsida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim- tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo‘ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 dekabrdagi “2017 — 2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2707 qarorida” Maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtiish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini kengaytirish, malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlash, bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologitalarini tatbiq qlish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart- sharoitlar yaratish” belgilangan.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy san’at mashg‘ulotlarida bolalar ilmiy bilim asoslarini egallaydilar. Tevarak atrofdagi borliqni o‘zlashtiradilar. Bu esa ularni g‘oyaviy aqliy-ahloqiy estetik jihatdan tarbiyalashda samarali ta’sir ko'rsatadi. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarda estetik dunyoqarashni g‘oyaviy e’tiqodni shakllantirishda alohida ahamiyat kasb etadi. U fikrlash qobiliyatini ko‘rish xotirasini ijodiy tasavvurini, badiiy didni, estetik hissiyotni o‘stiradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘qitiladigan san’atni har bir turi narsaning o‘ziga qarab chizish dekorativ rasm chizish, mavzu asosida rasm chizish, san’ati haqida suhbati bolalar ijodiy qobiliyatini o‘sishi dunyoqarashining shakllanishiga yordam beradi, ya’ni shaxsni har tomonlama kamol toptiradi. Tasviriy san’atning asosiy vazifalaridan biri bolalarga estetik, xususan badiy tarbiya berishdir. Estetik tarbiya bu bolalarning hayotidagi, tabiatidagi, san’atdagi fan va jamiyatdagi go‘zalliklarini idrok etish qobiliyatini tarbiyalashdir.
    Go'zallik kishilarning aqliga, qalbiga idrokiga ta’sir etib ma’naviy dunyoqarashni boyitadi. Hozirgi vaqtda Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri bolalarga borliqni faqat ijodiy o'zlashtirishga bo'lgan ehtiyoj va qobiliyatni shakllantirishgagina emas, balki ularni go‘zallik qonunlari asosida borliqni qaytadan ko‘rish hissini tarbiyalash hamdir. Jamiyatimizning har bir kishisi qaysi sohada ish olib borayotganligidan qat’iy nazar go‘zallik va nafislikni ko‘ra bilish va tushuna bilish shart. Bolalarni estetik jihatdan tarbiyalash maqsadida tarbiyachi ularga tabiatdagi go‘zallikni shakllarni turli tumanligini ko‘rsatadi. Bolalarga quvonch , hayajon baxsh etgan tabiat go'zalliklar suz bilan tasvirlab bo'lmas, rang birikmalari uzoq vaqtlargacha ularning xayolida saqlanadi. Manzaraning daraxt shoxlarining, barglarining, gullarning o‘zlariga qarab rasm chizish ularni o‘ziga xos xususiyatlarni urganish orqali mashg‘ulotlar bolalarga dunyoni keng va atroflicha ko'ra olishga shuningdek ko‘rish orqali olgan ta’surotlari doirasini kengaytirishga narsalar haqida Aniq va to‘liq tushunchalar hosil qilishga yordam beradi. Rasm chizish jarayonida bolalar narsalarning shakli, proporsiyalari fazojagi xolatlari, rangli va och-to‘qli nisbatlari diqqat bilan o‘rganadilar. Tasviriy san’at mashg‘ulotlari bolalarning ko‘rish orqali milliy g‘oyalarni idrokini o‘stiradi. Ko‘z orqali milliy g‘oyalarni idrok etishni o‘stiradi. Ko‘z orqali idrok etishni rivojlantirish deganda, biz maqsadga muvofik kuzatish qobiliyatlarini tushunamiz, ya’ni narsa va hodisalarni solishtirish, ularning farki va umumiy tomonlarini Aniqlash, narsalarni shakli va tashki ko'rinishi klassifikatsiyalashni anglaymiz.
    So‘nggi paytlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqda, odamlarning tashqaridan olayotga har qanday ma’lumotlarning xayotida ko‘zning roli beqiyos katta ekanligini ko‘rsatib turibdi va u ko‘zning imkoniyatlar, qobiliyatlarini rivojlantirishda tasviriy san’ati predmeti ancha ustun turadi. SHu nukai nazardan qaraganda tasviriy san’atning kishilar hayotiga roli yanada oydinlashadi. SHunday qilib, maktabgacha ta’lim muassasalarida jumladan o‘rta, katta va tayyorlov guruhlarda tasviriy san’atni o'qitish orqali qator-ta’lim va tarbiyaviy vazifalar amalga oshiriladi.
    O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi PQ-4312-son qarorining ikkinchi paragrafida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish masalasiga alohida e'tibor qaratilgan.
    Ushbu konsepsiyasida Maktabgacha yoshdagi bolalarni intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan har tomonlama rivojlantirish uchun sharoitlarni yaratish maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilishning mavjud tartibini qayta ko'rib chiqishni hamda maktabgacha ta'lim xizmatlarini ko'rsatishning zamonaviy usullarini joriy etishni talab qiladi.
    Bunda bolalarda Vatanga muhabbat hissini, oilaga, o'z xalqining milliy, tarixiy, madaniy qadriyatlariga hurmat, atrof-muhitga nisbatan ehtiyotkorona munosabatni shakllantirishga alohida e'tibor qaratilishi lozim.
    Tasviriy faoliyat - bu bolalarni o'z oldiga qo'ygan maqsadlarini bajarishda tinmay mehnat qilishga undovchi faoliyatdir. Tasviriy faoliyat bolalarga estetik tarbiya berishning asosiy vositasi hisoblanadi. Har bir predmetning katta-kichikligini, rangini, shaklini, fazoda joylashishini ajratish bu estetik sezgining bo'laklari hisoblanadi. Bolalarda estetik sezgining rivojlanishi - rangi, ritmi, proporsiyani chuqurroq sezish bilan bog'liqdir Maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyat bo'yicha ishlarni rejalashtirishda asosiy tamoyili, bu tasviriy faoliyatni ta'lim-tarbiyaviy ishning eng muhim bo'limlaridan biri sifatida qarash hisoblanadi.
    So'ngi yillarida respublikamizda ta'lim tarbiya sohasida amalga oshirilgan islohotlar va bu borada yaratilayotgan imkoniyatlar nihoyatda kengayib bugungi kunda davlatimiz siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylanib bormoqda. Jumladan uzluksiz talimning dastlabki bo'g'ini hisoblangan maktabgacha ta'lim sohasining ayni paytdagi rivojlanishi buning yorqin isbotidir.
    O'zbekiston Respublikasi Ta'lim to'grisidagi qonunining 8-moddasida "Maktabgacha ta'lim va tarbiya bolalarni o'qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, ma'naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy o'rta ta'limga tayyorlashga qaratilgan ta'lim turidir" deb belgilab qo'yilgan.
    Ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligini, shuningdek, ularning ijtimoiy, shaxsiy, hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi lozim.
    Maktabgacha ta'limning vazifasi bolalarni xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va ma'naviy axloqiy jihatdan tarbiyalash: bolalarda milliy vatanparvarlik hislarini shakllantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o'qishga intilish moyilliklarini shakllantirib, ularni muntazam ravishda ta'lim jarayoniga tayyorlash, bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o'zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish, bolalarning jismoniy va ruhiy sog'ligini ta'minlashdan iborat. Asosiy maqsadlardan yana biri zamonaviy tasviriy san'at orqali bolalardagi qobiliyat xamda imkoniyatlarni aniqlab, ularni to'g'ri shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
    "Maktabgacha ta'lim sohasida ana shunday ulkan islohotlarni hayotga joriy etish biz uchun ham qarz, ham farzdir. Qanchalik qiyin bo'lmasin, bu tarixiy vazifani amalga oshirishimiz shart va uni barchamiz birgalikda albatta bajaramiz”
    Maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarini rejalashtirish va hisobga olish zarur. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni ma'lum bir vaqtga rejalashtirishda, shu davrda faoliyatning boshqa turlari bo'yicha amalga oshiriladigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ham nazarda tutmoq lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirishda, albatta tasviriy faoliyat mashg'ulotlari o'rtasida o'zaro bog'liqlikni ham hisobga olmoq zarurdir. Tasviriy faoliyatning har bir turi o'ziga xos vazifalarni hal etadi, ammo qanday bo'lsa-da, ularni bir yo'nalish, maqsad bo'yicha (tevarak-atrof, hayotning xilma-xil, o'ziga xos ko'rinishlardagi tasviri) birlashadilar. Tasviriy faoliyat bo'yicha ishni rejalashtirishda tarbiyachi, albatta har bir turdagi mashg'ulotlar soniga qat'iy rioya qilishi lozim. Tasviriy faoliyat bo'yicha mashg'ulotlarni rejalashtirish, yuqoridagilardan tashqari, mashg'ulot qanday materiallar bilan o'tkazilsa, maqsadga muvofiq bo'lishini ham tarbiyachi nazarda tutmog'i lozim. Tasviriy faoliyat mashg'ulotlari - bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish-yasash mashg'ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktabgacha ta'lim tashkilotining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, kun tartibi asosida uyushtiriladi. Hamma faoliyatlar uch qismga bo'linadi: - mashg'ulotning boshlanishi-topshiriqni tushuntirish; - mashg'ulotning borishi-topshiriqni bolalar tomonidan bajarilishi; -mashg'ulotning yakuni-bolalar bilan bajarilgan topshiriqni tahlil qilish. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rasm faoliyatini san'at markazlarida rejalashtiriladi.
    Tasviriy san'atning o'ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini maktabgacha yoshdagi bolalarga ulashish mahoratiga ega bo'la oladigan tarbiyachilarni etishtirib chiqarish vazifasi turibdi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat vositasida bolalarning estetik qobiliyatlarini shakllantirishda tarbiyachining o'rni beqiyos. U chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishi, buning uchun muntazzam ravishda o'z ustida ishlashi, o'zining ilmiy nazariy saviyasini tinimsiz ko'tarishi, ilg'or tajribalarga tayanishi kerak. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida rasm chizishga o'rgatish 3 yoshdan boshlanadi. Bu davrda bolalarni tasviriy faoliyatga tayyorlash davri hisoblanadi. Bu davrda bolalar qalamni ushlash va qog'oz ustida yuritishga o'rganadi. Lekin bu prosessda rivojlanmaydi, bola qalamni to'g'ri ushlashni bilmaydi, tarbiyachi asta sekin to'g'ri ushlashga odatlantiradi, bolani bajarayotganligini emas balki, qalamning harakatini uning uchi bilan qog'oz betiga taqillatishi qiziqtiradi. Qalam bilan to'g'ri turli xil shtrixlar, nuqtalar chizadi, qog'oz betida turli harakatlar qiladi, keyin sodda chiziqlar asta sekin murakkablashadi.
    Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarda bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlarini bilan rasmga qarab hikoya qilish, maktabda esa tasviriy san'atning turlari rang tasvir, grafik, xaykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari xilma-xildir: rasm chizish, loy, applikatsiya, qurishyasash mashg'ulotlari xisoblanadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida keltirilgan faoliyatlarning hammasiga katta ahamiyat beriladi. Boshlang'ich sinflarda ta'lim- tarbiya masalalarining muvaffaqiyatli xal etilishi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasvirlash faoliyatlari bilan uzviy ravishda olib boriladi
    Bolalar guruhdagi olib boriladigan tasviriy faoliyatlarda, qalam hamda mo'yqalamdan erkin foydalanishga o'z xarakterini va qo'l kuchini idora etishga o'rganadilar. Bu esa, malakani egallash, bolalarda qo'lini engil, erkin bir tekisdagi xarakat qilish xususiyatlarini rivojlantiradi. Bolalar turli shakl, kattalik, proportsiyadagi predmetlarni chizish jarayonida predmetning ish xususiyatiga karab yo'nalishni saqlash zarurligiga, predmetning kattaligiga mos ravishda xarakatlanishga o'rganadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida materialdan tartibli foydalanishga, ularni toza saqlashga, faqat zarur materiallardan hamda ularni ishlatish yo'llarini rejalashtirishga o'rganadilar. Bu faoliyatlar bolalarda diqqatni va ko'rish xotirasini rivojlantiradi. Shunday qilib, tasviriy faoliyatlarda bolalardagi badiiy did va ijodiy qobiliyatlar o'sadi va bu orqali maktabda o'qishga tayyorlanib boriladi. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bog'lanadilar, ularning o'ziga xos sifatlari, shakli, rangi, kattakichikligi bilan tanishadilar, ularni farqini, o'xshashligini aniqlaydilar, bu esa, bolalarni sensor tarbiyalashga, ko'rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi.

    Tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalarni maktabga tayyorlash.


    Tasviriy faoliyat bo'yicha maktabgacha ta'lim tashkiloti dasturi va maktabda tasviriy san'at dasturi bolalarda tevarak-atrofga nisbatan estetik munosabatni tarbiyalash, ijodiy qobiliyat va badiiy tasvirlarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti mashg'ulotlarida, maktabda muvaffaqiyatli o'qib ketishlari uchun zarur bo'lgan vazifalar hal etiladi. Rasm, applikatsiya, loy ishlari jarayonida bolalarda fikr yuritishning tahlil, sintez, takrorlash, aniqlashtirish kabi jihatlari shakllanadi. Shuningdek, bu jarayonlarda bolalar jamoada ishlashga, o'z harakatini o'rtoqlarining harakatiga bo'ysindirishga o'rganadilar. Bolalar bog'chasida tasviriy faoliyat mashg'ulotlari bolalarda, o'quv faoliyatida zarur bo'lgan malaka va ko'nikmalarni shakllantiradi.
    Bunday malaka va ko'nikmalarga: topshiriqni tinglash va yodda tutish, ma'lum vaqt orasida bajarish, o'z ishini rejalashtirish va baholash, boshlangan ishni oxiriga etkazish, xato va kamchiliklarini topish va uni tuzatish, material, ish qurollari va ish joyini tartibli saqlash va boshqalar kiradi.
    Pedagoglarning olib borgan tekshirishlari shuni ko'rsatadiki, bolalar bog'chasida ta'lim-tarbiyaning bunday tuzimi bolalarni maktabga tayyorlashga katta ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, psixologlardan E.A.Labunskiy va boshqalar tomonidan maktab o'quvchilarining tasviriy faoliyatini o'rganish jarayonlari shuni ko'rsatib o'tadiki, maktabda tasviriy san'at darslarining tuzilishi, bolalar bog'chasida olgan bilim, malaka va ko'nikmalari asosida, ularni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
    Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg'ulotlarida bolalar asosan amaliy ish bajaradilar, san'at asarlari bilan rasmga qarab hikoya qilish, kitobdagi illustratsiyalarni ko'rib chiqish jarayonida tanishadilar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tasviriy faoliyal mashg'ulotlari xilma-xildir. Maktabda tasviriy san'atning turlari - rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va dekorativ san'at asarlari bilan yanada chuqurroq tanishadilar. Masalan, rasm, mazmunli dekorativ va loy applikatsiya mashg'ulotlari. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida barcha mashg'ulotlarga katta ahamiyat beriladi. Maktabda esa tasviriy san'at darslarida rasm (naturaga qarab) mavzu asosida va dekorativ turlari o'tkaziladi. Bunda predmetli rasm bo'yicha naturaga qarab rasm chizish o'quv predmeti alohida ahamiyatga ega bo'ladi. Loy applikatsiya, qurish-yasash bo'yicha amaliy ishlar maktabda qo'l mexnatiga kiritiladi. Boshlang'ich sinf tasviriy san'at dasturining tahlili shuni ko'rsatadiki, predmetli, rasm bo'yicha o'quv vazifalari ancha murakkab tarzda kiritilishidan tashqari, bolalar bog'cha dasturi bo'yicha ayrim takrorlash ishlari kiritildi. 1-sinfda bolalar doira, kvadrat, to'rtburchak, oval kabi tuzilishga ega bo'lgan predmetlarni aniqlashga o'rganadilar, bog'chada bolalar oldiga qo'yilgan vazifa rasm chizish texnikasini egallashdir. Bunga sabab, hamma bolalar bog'chadan maktabga kelmaydilar va shu bois bolalar bilan ishni maktabga kelguncha, tayyorlov guruhda olgan bilimlardan boshlash lozim. Mavzu asosida rasm chizish maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkaziladigan mazmunli rasmning davomi sifatida o'tkaziladi. Bolalar tevarak-atrofdagi hodisa va predmetlarni kuzatib, ko'rib chiqadilar, so'ng xotiralariga asoslanib, ularni chizadilar. O'quvchilar ob'ektlar o'rtasidagi mazmunli bog'lanishlarda uzoqdagi predmetlarni kichiklashtirib tasvirlaydilar. Dekorativ rasm bo'yicha maktabda texnik tartibga doir vazifalar qo'yiladi, ya'ni naqsh tuzilishi ketma-ketligida tasviri bilan birgalikda, yordamchi chiziqlardan foydalanish va o'z ixtiyorlari bilan xalq amaliy-dekorativ san'at elementlaridan foydalanish va san'at haqida o'tkaziladigan dars-suhbat jarayonida o'rganadilar. Bolalarni tasviriy san'atga o'rgatish metodlari bolalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda olib boriladi. Katta maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar va kichik o'quvchilarning ish xususiyatlari o'rtasida ancha yaqinlik bor.


    Download 74,06 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 74,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati

    Download 74,06 Kb.