Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida turli xil metodlardan foydalanish




Download 74,06 Kb.
bet8/9
Sana12.12.2023
Hajmi74,06 Kb.
#117399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zakhro kurs ishi

2.4 Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida turli xil metodlardan foydalanish.
Ko‘rgazmali metod va o‘rgatish usullariga naturadan, rasm reproduksiyalaridan, namunadan, boshqa ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish, alohida predmetlarni ko‘rib chiqish, tarbiyachi tamonidan tasvirlash usullarini ko‘rsatib berish, bolalarning bajargan ishlarini mashg‘ulot yakunida ko‘rsatish, ularni baholash kiradi.
Naturadan foydalanish. Tasviriy san’atda naturadan foydalanish deganda, kuzatish asosida predmet yoki ko‘rinishni tasvirlash tushuniladi. Naturadan foydalanib ishlanganda chizayotgan kishining ko‘ziga nisbatan naturaning qay holatda turganini hisobga olgan holda ma’lum bir nuqtai nazardan turib, predmet ko‘rinishi tasvirlanadi. Bu naturadan olib tasviriy xususiyati mashg‘ulot mobaynida o‘zgacha idrokning rivojlanishiga ko‘mak beradi. Bunda asosiy tomoshabinning idroki bo‘lib, tekislikda tasvirlangan predmet (rasm, applikatsiya) faqat bir tamondan idrok qilinadi; loydan buyum yasaganda va qurish-yasashda bolalarda naturani o‘girib qurish, hamda hajm-shaklni turli xil burilishda tahlil qilish imkoni bo‘lishi kerak.
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda naturadan foydalanishning ayrim xususiyatlarini ko‘rib chiqamiz. Natura xotiraning ishini yengillashtiradi, negaki tasviriy jarayon idrok bilan birlashadi, yana esa u predmetning shaklini, tuzilishini, rangini to‘g‘ri tushinib, yetkazib bera olishga yordam beradi. 4-5 yoshdagi maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarining qobiliyatlaridan qat’iy nazar, maktab o‘quvchisi yoki rassomning natura bilan ishlashiga nisbatan qaraganda, bolalarning tasvirlangan ob’ekti tahlil qilishlari, shu natura bilan ishlashlarining o‘ziga hos farqi bor.
Tasviriy san'atni o'qitishda qiziqarli va sermazmun mavzular tanlash o'quvchilarning tasviriy san'atga bo'lgan qiziqishlarini yanada orttiradi. Hozirda maktablarda o'quvchilar rasm daftari, bo'yoq, qalam oddiy qalam va o'chirg'ichdan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, zamonaviy, xorij texnologiyalaridan foydalanib, ishlab chiqarilgan bir qancha turdagi bo'yoqlar, rangli qalamlar, dekorativ bezak ishlarini yorqinlik darajasini oshiruvchi turli chizish vositalaridan foydalanilmoqlar. Bunday ashyolar bilan o'quvchilarda badiiy faoliyatini aktivlashtiradi. San'atga qiziqish uyg'otadi. Ma'lumki, ta'lim-tarbiya sohasida pedagogik texnologiyalarda tasviriy san'atni o'qitishda foydalanish va uning samaradorligiga erishish uchun xam o'ziga xos didaktik jarayonni o'rganib chiqishi zarur bo'ladi. Maktabda tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiya masalasi bilan hozirgacha biror-bir o'rinliroq ilmiy asar yoki metodik - didaktik qo'llanma chop etilani yo'q. Shuning uchun bu masalada mulozamat yuritishda masala kengroq o'rganilib, texnologiya, pedagogik texnologiya va so'ngra tasviriy san'atni o'qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish masalasi tahlil qilinishini lozim deb topdik.
Ma'lumki, tasviriy san'atni dars mashg'ulotlari besh turdagi mashg'ulot xarakterida yoki texnologiyada aslga oshiriladi.
1. Naturaga qarab rasm ishlash.
2. Tematik kompozitsiya ustida ishlash.
3. Dekorativ-amaliy san'ati.
4. Haykaltaroshlik ishlari.
5. San'atshunoslik asoslaridan tashkil topgan mashg'ulotlar turlarida olib boriladi
.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar uchun sodda shaklli, aniq chizmali va aniq qismlarga ajratilgan predmet natura sifatida tanlanadi. Naturani shunday joylashtirish kerakki, hamma bolalar shu naturani ayni bir harakterli tomonidan qabul qilishlari kerak. Masalan: bolalar mashinani yon tomonidan, qo‘g‘irchoqni oldidan chizadilar va bunda hajmini yetkazib berolmaydilar. Agar guruhda bolalar soni ko‘p bo‘lsa, barchasiga teng ko‘rinishi uchun 2-3 ta bir xil predmet qo‘yiladi. Tarbiyachi naturani bolalar bilan birgalikda detallarga ajratib ko‘rib chiqadi, bunda u tahlil jarayonini osonlashtirib, o‘z so‘zlari, harakatlari bilan yo‘naltiradi. Bu jarayoni ma’lum bir idrok madaniyatini, rivojlangan analitik fikr yuritishni talab qiladi. Bunday ko‘nikmalar bolalarda 5-6 yoshda rivojlana boshlaydi. Bu yoshda bolalar tasvirlayotgan ishlarini naturaga nisbatan taqqoslashga o‘rinadilar. Masalan: katta guruhda naturadagi archa shoxlarini tasvirlayotganda, bolalar shoxni fazoda joylashtiradilar (vertikal yoki qiya holatda) va shoxdagi shoxchalarning sonini, o‘lchamlarini chap va o‘ng tamondan, to‘q yoki och rang bilan chizadilar. Natura sifatida tirik qushlar, hayvonlardan foydalanish mumkin emas. Ularning harakatlari, tovushlari bolalarni rasm chizishdan chalg‘itadi, bolalarning predmetni kerakli holatda idrok qilishlariga, diqqatlarini bir nuqtaga qaratishga xalaqit beradi.
Badiiy adabiyotning obrazlaridan foydalanish. Badiiy obrazni o‘ziga mujassamlashtirgan nutq o‘ziga yarasha ko‘rgazmalikka egadir. Masalan: she’r, hikoya, topishmoq va hokazo. Ifodali o‘qilgan badiiy asar ijodiy kayfiyatning oshishiga, tafakkurning, hayolning faol ishlashiga yordam beradi. Shu maqsad bilan badiiy so‘zdan faqatgina ifodali o‘qish mashg‘ulotlarida emas, balki predmetlarni idrok qilgandan so‘ng tasviriy jarayonlarida ham foydalaniladi.
Barcha yosh guruhlarda mashg‘ulotlarni maqsadga yo‘naltirilgan holda topishmoq aytishdan boshlash mumkin. Masalan: «Boshi taroq, dumi o‘roq». Bu topishmoq orqali xo‘rozning boshqa qushlardan chiroyli tojisi, dumini betakrorligi kabi detal shakllari ajratiladi. Ba’zida kichik she’rlarni yoki asarlardan parcha o‘qish ham mumkin. Agar kerak bo‘lsa, asarni o‘qish bilan birga og‘zaki obrazga qo‘shib natura yoki predmetning tasviri bolalarga ko‘rsatiladi.
Rasm chizish, loydan buyum yasash mashg‘ulotlarida badiiy asar o‘qish har doim ham qo‘l kelavermaydi, uni boshqa o‘rgatish usuli bilan almashtirgan ma’qul. Chunki bola og‘zaki so‘zni eshitgandan ko‘ra naturani ko‘rganida ko‘proq jonlanadi. Tarbiyachi badiiy obrazni tanlayotganida juda ham ehtiyotkorlik bilan tanlashi lozim. Negaki, to‘g‘ri tanlangan asar predmetni, qiyofalarni ko‘rish idrokini o‘z ichiga oladi (rangini, shaklini, holatini). Maslan: «Bo‘g‘irsoq» ertagi orqali bo‘g‘irsoqning obrazi, «Oltin baliq» ertagi orqali esa baliq obrazi yanada yorqinroq tasvirlanadi.
O‘yinli o‘rgatish usullari. Tasviriy faoliyatda o‘yinlardan foydalanish ko‘rgazmali-amaliy o‘rgatish usuliga kiradi. Bola qancha kichik bo‘lsa o‘yin uning tarbiyasida shuncha katta o‘rin tutadi. O‘yin usullari qo‘yilgan masalaga nisbatan bolalarning ishini diqqatini yaxshi jalb qiladi va hayol bilan tafakkurning ishini yengillashtiradi. O‘yin usullari kichik guruh uchun birinchi marta Ye.A.Flerina tamonidan tashkil qilingan, keyinchalik A.A.Volkova, T.G.Kazakova tamonidan davom ettirilib, kichik bog‘cha bolalari uchun har bir mashg‘ulotni o‘yin obrazi bilan bolaga singdirish maqsadida katta bir tizim ishlab chiqildi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin mashqlaridan rasm chizishda keng foydalaniladi. Maqsad bolalarning oddiy chiziqli shakllarni chizishga o‘rgatish, hamda qo‘l harakatlarini rivojlantirishdir. Bolalar tarbiyachining ortidan qo‘llari bilan havoda, so‘ng qog‘ozda turli chiziqlarni chizadilar. Tarbiyachi: «Bolakay yo‘lda chopib ketyapti», «Buvijon» va hokazo, degan iboralar bilan tushuncha hosil qiladi. Obraz bilan harakatning birlashuvi bola tamonidan chiziqlarni va sodda shakllarni tasvirlash malakasiga ega bo‘lishni ancha tezlashtiradi.
Kichik guruhda predmetlarni tasvirlashda ham o‘yin usullaridan foydalaniladi. Masalan: mehmonga qo‘g‘irchoq keladi va bolalar unga nozu-ne’matlar yasaydilar, non, pirog, pechene va hokazo. Bunday ish mobaynida bolalar sharni yassilashga urinadilar.O‘rta guruhda bolalar ayiqni yumshoq o‘yinchog‘iga qarab chizishlari kerak. Shunda qiziqarli o‘yin o‘tkazish uchun, ayiqcha eshikni taqillatadi, so‘ng bolalar bilan salomlashib, bolalardan uning rasmini chizib berishlarini iltimos qiladi. Mashg‘ulot yakunida u rasmlarni baholashda qatnashadi va yaxshi rasmlarni o‘zi tanlaydi.6 yoshli bolalar bilan tasviriy faoliyat davomida kichik guruhga qaraganda o‘yinlar ancha kamayadi. Masalan: sayrda bolalar o‘zlarining fotoapparatlari bilan atrofni rasmga oladilar: daraxtlar, qushlar, hayvonlar va hokazo. Guruhga kelib, o‘zlari olgan «rasmlarni namoyon qiladilar va rasmlarni chiqaradilar», ya’ni ko‘rganlarini qog‘ozga tushuradilar. Tarbiyachi o‘yindan foydalanganida butun mashg‘ulotni o‘yinga aylantirib yubormasligi kerak. Chunki bu bolalarning diqqatini topshiriqni bajarishdan tortib, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish tizimini buzadi.
Amaliy metodlar. Tasviriy san’atga o‘rgatish mobaynida bolalar turli materiallardan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘ladilar. Rasm chizish, loydan buyum yasash, applikatsiya turli metodlardan, hamda o‘rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jumladan bolalarda ko‘nikma malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qiladi. Amaliy metodlardan asosiysi bo‘lmish, texnik va ba’zan tasvirlash malakalarini o‘rgatadigan mashqlardir.
Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun sezilarli emas, yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o‘rganib, bolalar koptokni, olmani, apelsinni va shu kabi predmetlarni yasaydilar. Yo‘llarni, yomg‘irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq qiladilar.
Katta guruhdagi bolalar oldida esa, to‘g‘ridan to‘g‘ri ma’lum bir topshiriq qo‘yiladi, chiroyli va to‘g‘ri shtrix bilan chizishga o‘rganish. Shtrixlab chizishni ko‘rsatib bergandan so‘ng, bolalarga murakkab bo‘lmagan predmet konturini (Masalan: uy, qo‘ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo‘yamaslik rasmni xunuk qilib qo‘yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasvirlash harakterga ega bo‘lgan topshiriqlarni tushinish uchun foydalaniladi. Masalan: tarbiyachi bir chiziq bilan inson boshining yonmacha qiyofasini chizishni ko‘rsatib berganidan so‘ng, bolalar bir necha marta odam boshining rasmini qayta-qayta chizadilar.
Og‘zaki metod va o‘rgatish usullari. Tasviriy faoliyatda mashg‘ulot doim tarbiyachining bolalar bilan suhbatidan boshlanadi. Suhbatning maqsadi bolalar xotirasidagi avvalgi idrok qilingan obrazlarni qayta esga olish va mashg‘ulotga bo‘lgan qiziqishini uyg‘otishdir. Bolalar o‘z tasavvvurlari asosida ijod qiladigan mashg‘ulotlarida suhbatning roli kattadir.
Suhbat qisqa, mazmunli va his-hayajonli bo‘lishi kerak. Tarbiyachi asosiy diqqatini mashg‘ulotda qilinadigan ishga qaratadi. Bolalarning mavzu bo‘yicha yoki yangi tasviriy usullari haqidagi tasavvurlarini aniqlab olishdan avval, suhbat mobaynida yoki suhbatdan keyin tarbiyachi kerakli predmet yoki rasmni ko‘rsatadi. Topshiriqni boshlashdan avval esa, ish usulini bolalarga ko‘rsatadi. Suhbat o‘rgatish metodi sifatida 4-7 yoshli bolalar bilan ishlashda asosiy rol o‘ynaydi. Kichik guruhlarda suhbat bolalar tasvirlashlari kerak bo‘lgan predmetni eslatish uchun yoki yangi ish usulini o‘rgatish uchun kerak bo‘ladi. Bunday hollarda suhbat tasvirlashning maqsadini va vazifalarini bolalarga yaxshiroq tushuntirish uchun xizmat qiladi. Bolalarning tasavvurlari va hissiyotlari tez jonlanib, ijodiy kayfiyatlari tez yo‘qolib qolmasligi uchun suhbat metod sifatida ham, usul sifatida ham qisqa va 3-5 minutdan oshmasligi kerak. Yaxshi uyushtirilgan suhbat mashg‘ulotda maqsadga yaxshi erishish uchun qulay sharoit yaratadi.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda shuni ta’kidlash joizki ilmiy izlanuvchan ijodkor, pedagogik mahoratga ega bo‘lgan tarbiyachilar qayerda, qanday o‘quv maskanida ta’lim, tarbiya jarayonini olib borishdan qat’iy nazar tarbiyachilik faoliyati ijodiy izlanishlar bilan boyitib borsa shundagina yosh avlodga shu kasbga bo‘lgan mehrni bolaligidanoq tarkib toptirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari bo‘lib, ularning asosiy vazifasi-tevarak atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda irodaning sifatlari- boshlagan ishini oxiriga etkazish, oldiga maqsad qo‘yib, o‘shani bajarishga tomon intilish, qiyinchiliklarni engish, o‘rtoqlariga yordamlashish kabi xususiyatlar tarbiyalanadi. Jamoa ishini yaratish jarayonida bolalarga bir-biriga yordam, kelishib ishlash kabi sifatlari tarbiyalanadi. Bolalar, ishni baholash jarayonida, bolalarni o‘rtoqlarining ishga nisbatan real munosabatda bo‘lish to‘g‘ri baholash, o‘z ishidan va o‘rtoqlarining ishidan xursand bulish kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarini ma’naviy sog‘lom, estetik jixatdan etuk bo‘lishini ta’minlashda ularning go‘zallikka bo‘lgan qiziqishini oshirishda tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining imkoniyatlari juda kengdir. Eng asosiy maqsad zamonaviy tasviriy san’at mashg‘ulotlari orqali bolalarda kompozitsion hislarlarni shakllantirish va yuzaga chiqarishdir.
1. Tasviriy san’atning o‘ziga xos murakkabliklarini tushunib, uning nozik qirralarini bolalarga ulashish mahoratiga ega bo‘la oladigan tarbiyachilarni tayyorlash.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarini innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish lozim.
3. Maktabgacha ta’lim tashkilotining guruxlarida tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida ishning jamoa shaklidan keng foydalanish samarali natija beradi. Masalan, bolalar qurish, yopishtirish va boshqa ishlarni bajarayotganlarida farmoyish berishga, kelishib olishga, ishlarni bo‘lishib olishga, javobgar yoki boshliqni tanlashga, bir-birlarining talablarini hisobga olib, birgalikda harakat qilishga o‘rganadilar.
4. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotiga nisbatan bola qiziqishini oshirib borish uchun ularni o‘rab turgan olam, tabiat, odamlar, jamiyat xayotidagi xodisalar xaqidagi ko‘pgina ma’lumotlarni berib borish kerak. Bola bilan suxbat qilish, sayr va ekskursiya uyushtirish, tabiat xodisalari, xayvon va qushlarni kuzatish, rasmli ko‘rgazmalar va qiziqari kitoblar o‘qish bola tasavvurini boyitadi. Bolalarni go‘zallikka oshno qilish, ularda xayotiy voqealarni to‘g‘ri tushunish, oliyjanob xis-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga yordam beradi.
5. Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarida bolalarda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmasini shakllantirish bilan birga bolani chizish, yasash malakasini oshirib maktabga tayyorlaydi.
Tasviriy faoliyat va musiqaning uzviy bog’liqligini ham bolalarning estetik, ijodiy taraqqiyotiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bog'cha yoshdagi bolalarga musiqali asarni tasvirlab berish taklif etilsa, bu taklif ularda jonli qiziqishni uyg'otadi. Bu bolalarda ijodiy izlanish, mustaqillik kompozitsiyasini tuzish qobiliyatlarini o'stiradi. Bolalarning tasviriy faoliyatlarini tasviriy san'at asarlari bilan uyg'unlashtirib olib borish muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalar tasviriy san'at namunalarini kuzatib borar ekanlar, ular rassomlarning ijodi bilan kengroq tanishib qolmay, surat chizishda mazmun, rang, shakl tanlashda muhim ko'nikmalarni egallab oladilar, san'at go'zalligini, boyligini ko'ra bilishga o'rganadilar. Shunday qilib, maktabgacha ta'lim tashkilotida tasviriy faoliyatni boshqa faoliyat turlari bilan qo'shib olib borish bolalar hayotini boyitadi va tarbiyaviy ish samaradorligini yanada oshiradi. Yana bir muhim tomoni Shundaki, o'yinlarda, zal va guruh xonalarini bezashda bolalarning ishlari kerak, ya'ni bolalarning ishlari ularning hayotida kattagina o'rin egallashi kerak.


Download 74,06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zamonaviy texnologiyalardan foydalanib tasviriy faoliyat mashg’ulotlarida turli xil metodlardan foydalanish

Download 74,06 Kb.