• 2.2 Kichik va o’rta guruhlarda tasviriy faoliyat mashg’lotlarini loyihalashtirish.
  • Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati




    Download 74,06 Kb.
    bet5/9
    Sana12.12.2023
    Hajmi74,06 Kb.
    #117399
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    Zakhro kurs ishi

    Plastilin — loy, mum, yog‘, bo‘yoq va boshqa qo‘shilmalardan
    tayyorlangan sun’iy plastik massa. U yumshoq va qayishqoq, u
    uzoq qotmaydi, ammo temperatura oshganda yumshaydi va eriydi.
    Narsalar yasashda plastilinni qo‘lda uzoq muddat ezish tavsiya
    qilinadi. Plastilin bilan ishlashdan oldin uni qutisi bilan issiqroq
    joyga yaq'in qo‘yib, biroz isitiladi. Katta guaihlar tarbiyalanuvchilarida
    plastilinning individual tayyor to ‘plamlari bo‘lishi kerak.
    Ular plastilinning holatini o ‘zlari nazorat qilib, qolgan plastilinni
    rangiga ko‘ra joylab qo‘yadilar 0 mm ochiladi (rangli qalamlarning yog‘ochi kamroq olinishi kerak, chunki ularning o‘zaklari yo‘g‘onroq, qattiqroq bosganda uvalanib ketadi.
    .

    2.2 Kichik va o’rta guruhlarda tasviriy faoliyat mashg’lotlarini loyihalashtirish.
    Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlari bu rasm chizish, loy, applikatsiya, qurish yasash mashg‘ulotlaridir. Bu mashg'ulotlar maktabgacha ta’lim tashkilotining barcha guruhlarida aniq bir vaqtda, rejim asosida uyushtiriladi.
    I kichik guruhda yilning boshida uncha katta bo‘lmagan guruhlar bilan, yilning ikkinchi yarmidan boshlab butun bir guruh bilan uyushtiriladi.
    I kichik guruhda mashg‘ulotlar yilning birinchi yarmida 5—7 daqiqadan asta-sekin 10—15 daqiqagacha cho‘zib boriladi.
    II kichik guruhda 15—20 daqiqagacha, o‘rta guruhda 20—25 daqiqagacha, katta tayyorlov guruhda 30—35 daqiqagacha bo‘ladi.
    Tasviriy faoliyat mashg‘ulotlarining muvaffaqiyatli uyushtirish, unga zarur bolgan materiallarni o‘z vaqtida tayyorlashga ham bog’liqdir. Bu tayyorgarlik ishlari quyidagilardan iboratdir:
    a) tarbiyachi rasm va applikatsiya mashg'uloti uchun kerakli kattalikdagi va rangdagi qog‘oz varaqlarini tayyorlaydi (tasvirlanadigan predmetning tuzilishiga ko‘ra). Qog‘oz varag‘iga oldin- dan orqa tomoniga bolalarning ismi, familiyasi, mashg‘ulot o‘tkaziladigan sana yozib qo‘yiladi.Tarbiyachi oldindan qalam uchlarini ochib qo‘yadi (albatta, 4—5 qalam ortiqcha qilib tayyorlab qo‘yiladi);
    b) katta tayyorlov guruhlarida bolalar qo‘proq akvarel bo‘yog‘ini ishlatadilar. Oldindan bo‘yoqlar hoilangan boiishi lozim. Mo‘yqalamlar yaxshilab yuviladi;
    d) mashg‘ulot uchun lattalar, bankachalarni tayyorlash zarur. Suv bankalarga mashg‘ulot boshlanish arafasida quyiladi;
    e) applikatsiya uchun rangli qog‘oz yig'masi tayyorlanadi (or­tiqcha miqdorda).
    f) kleyster (undan tayyorlanadi);
    g) loy haftada bir marotaba tayyorlanadi, polietilen plenkalarda saqlanadi. Tarbiyachi har bir bolaga loy parchasini qo‘yish uchun taxtachalar, katta tayyorlov guruhlari uchun ko‘rgazmalar, harakatlanuvchi taxtachalar tayyorlaydi, yoki nam lattalar berilishi kerak;
    h) plastilin ham rangi bo‘yicha tayyorlanib, rangdor mayda detallarni yasash jarayonida beriladi. Ko‘proq katta guruhlarda beriladi, oldindan issiqda yumshatib qo‘yitadi;
    i) maktabgacha ta’lim tahkilotida ko‘rgazmali materiallar ham boiishi lozim. Masalan, predmetlar, o‘yinchoqlar, illustratsiyalar, xalq amaliy dekorativ san’at namunalari;
    j) har bir guruhda bolalar ishining tahlili uchun ko‘rgazmalar bo’lishi kerak. Mashg‘ulot uchun zarur boigan materiallarning har biri aniq, bir joyda, faoliyat turlariga qarab saqlanishi kerak, navbatchilar bunda ularni mashg‘ulot uchun tayyorlay olishlari lozim;
    k) o‘rta guruhdan boshlab bolalar ham tarbiyachi bilan birgalikda mashg‘ulotga tayyorlanib, jarayonga, ya’ni navbatchilikka jalb qilinadi. Har bir guruhda, har bir bola yoki navbatchilar vazifalari tarbiyachi tomonidan rejalashtiriladi.
    Bolani rasm chizishga qiziqtirish, atrof-olam haqidagi tasavvur va taassurotlarini tasvirlashga o‘rgatish. Yil davomida bolaning ranglar (qizil, ko‘k, sariq, yashil, oq, qora) haqidagi tushunchalarini aniqlash va mustahkamlab borish lozim.
    Bolaga qalam va mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlashni o‘rgatishda davom etish. Qalamni bosh, o‘rta va ko‘rsatkich barmoq bilan uchi ochilgan joydan yuqoriroqdan, mo‘yqalamni temir bilan qoplangan qismidan yuqoriroq joyidan (yog‘och qismidan) to‘g‘ri ushlagan holda barmoqlarini siqmasdan, qog‘oz sathida erkin, bemalol harakatlantirib rasm solish, turli ko‘rinishdagi gorizontal, vertikal, to‘lqinsimon, egri chiziqlarni chizish, dog‘larni surkab yubormasligiga alohida e’tibor berish shart.
    Bolada rasmni (qalam va mo‘yqalam bilan) bo‘yash malakasini tarkib toptirish. Qalamni qattiq bosmay bir tekisda harakatlantirib yuqoridan-pastga, chapdan-o‘ngga yoki qiyalatib; mo‘yqalamda esa tuklarini faqat bir tarafga yo‘naltirib yuqoridan, chapdan o‘ngga uzib-uzib bo‘yash. Mo‘yqalamga etarli bo‘yoqni surkash, ortiqchasini suvli idish chetiga surib, siqib tashlash; boshqa rangdan foydalanish uchun mo‘yqalamni suvli idishga solib yaxshilab yuvish. Mo‘yqalamni qog‘oz salfetka yoki doka bo‘lakchasi yordamida quritishga odatlantirish lozim bo'ladi.
    Bolani rangli qalam va mo‘yqalamda ketma-ket takrorlanib keluvchi harakatlarni tasvirlayotganda so‘z va o‘yinga bog‘lab (“Tomchi tomar - chak- chak”, “Barg to‘kilar - shitir-shitir”, “Qor yog‘adi - gup-gup”) ifodalashga o‘rgatish kerak.
    Doira va kvadrat shakllarni tasvirlash bo‘yicha tushuncha berish. Qo‘l sezgisi va ko‘z bilan chamalash ko‘nikmasini tarkib toptirish: bolaga turli hajmdagi (katta-kichik) kvadart va doira shakllarni qo‘lida ushlab ko‘rish, kvadratning tomonlari bo‘ylab qo‘lni yurgizish, burchakda to‘xtab, yana davom etishni; doira (yoki koptok)ning silliq sathi bo‘ylab aylanali, ohista, sirg‘aluvchi harakat orqali shakl va mutanosiblikni his qilish, chamalash malakasini hosil qilish joiz bo'ladi.
    Doiradan - katta-kichik sovun ko‘piklari, rangli pufaklar, koptok, olma; kvadratdan - dastro‘mol chizishni o‘rgatish kerak.
    Bolani rasmda ranglardan to‘g‘ri foydalanishga, turli narsalar yoki tabiat hodisalari (quyosh - sariq, archa - yashil, qor - oq)ni tasvirlash uchun muvofiq rang tanlashga o‘rgatish. Rang tanlashga qiynalayotgan bolaga yordam berish maqsadga muvofiq bo'ladi.
    Tabiat go‘zalligi (ko‘m-ko‘k osmonda oppoq bulutlar, charaqlab turgan quyosh); fasllarning o‘zgarishi: kuzda rang-barang yaproqlar; qish faslida qor bola, qor parchasi; bahor faslida gullar, kamalak; yozda o‘rik, olcha, olmalarni tasvirlashga o‘rgatish hamda murakkab bo‘lmagan voqeaband rasmlar chizish (“O‘tloqda sariq va qizil koptok”) ga o'rgatish lozim.
    Xohishiga ko‘ra o‘yinchoq va turli tabiat manzaralarini chizish, jamoa bilan ishlashga o‘rgatish (“Ko‘m-ko‘k maysalar va gullar”) hamda tabiiy bo‘yoqlar (lavlagi, o‘sma, sabzi, turp suvi)dan foydalangan holda noan’anaviy usullarda (barmoqlar, ka^lar, tayyor shakllar asosida) rasm solishga qiziqtirishni davom ettirish kerak.
    Tasviriy faoliyatda foydalaniladigan ish qurollariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishga odatlantirish.
    Rasm chizishda qomatni to‘g‘ri tutishni shakllantirishga (erkin o‘tirish, qog‘oz varag‘i ustida boshni juda past egiltirmaslik), barmoq va qo‘l harakatlarini rivojlantirishga doimo e’tibor berish. Qalam, mo‘yqalam va bo‘yoqlardan foydalangach, qo‘llarini tozalab yuvish va suvdan to‘g‘ri foydalanishga odatlantirish lozim.
    Loy, plastilin (tuzli hamir va rangli shamcha)lar bilan ishlash. Bolada loy, plastilin (tuzli hamir, rangli shamcha)lardan narsalar yasashga qiziqish uyg‘otish. Plastik material (loy, plastilin, tuzli hamir, rangli shamcha)larning xususiyatlari haqida tushuncha berish, bola narsani qo‘llari bilan ushlab, his qilishiga erishish; ikkala qo‘lidan foydalangan holda narsa yasash usullarini o‘rgatishda davom etish. Qo‘l kaftlari orasidagi loy bo‘lagini ishqalash harakati bilan - qo‘g‘irchoq uchun konfet, sabzi, tayoqchalar hosil qilish; aylanali harakatlar bilan ritmik tarzda dumaloqlash va bo‘g‘irsoq, olma yasash, yumaloqlangan loyni ikkala qo‘l kafti bilan ezib yapaloqlab - kulcha non, holva; barmoqlar bilan yassilangan guvala o‘rtasida chuqurcha qilib - kichkina va katta likopcha, piyola yasash va ular bilan turli o‘yinlar o‘ynash samarali natija beradi.
    Applikatsiya. Bolani applikatsiya bilan tanishtirish, applikatsiyali tasvir tayyorlashga qiziqish uyg‘otish. Shakl (doira, kvadrat, uchburchak)lar va ranglar bo‘yicha tushunchalarini aniqlash va mustahkamlash. Bolani tarbiyachi tomonidan kesib tayyorlangan bitta shaklni (olma) qog‘oz sathiga to‘g‘ri qo‘yish va elimlashni o‘rgatish. Tayyor shakllar (hajmi bir xil, ranglari har xil bo‘lgan qizil, sariq, yashil koptoklar)ni qog‘oz sathiga oraliq masofani hisobga olib, rangiga ko‘ra navbatma-navbat joylashtirish va elim surtilgan shaklni bosma qog‘oz yordamida qattiq bosib, yaxshilab elimlashga o‘rgatish lozim.
    Bolada turli shakllardan naqsh yasash, shakl va ritmning o‘zaro mosligini his qilish ko‘nikmasini tarkib toptirish. Shakli bo‘yicha doira va kvadratni qog‘ozda tartib bilan qo‘yish va elimlash orqali muayyan tasvir hosil qilishga erishish. Rangiga ko‘ra geometrik shakllarni (doira,uchburchak va kvadratlar) va o‘simliklarni (gullar va yaproqlar) navbatma-navbat qo‘yish yo‘li bilan 2-3 qismli naqsh hosil qilish. Yaxlit tasvir tuzish va qog‘oz sathiga elimlash kerak.
    Bolaga tabiiy materiallardan bezakli kompozitsiyalar (qizil va sariq gullar, yashil barglar) tuzishni; uchburchak, kvadrat va yumaloq shakldagi (archa,bo‘g‘irsoq) narsalarni tasvirlashni, qog‘ozni yirtish yo‘li bilan turli applikatsiyalar hosil qilishni o‘rgatish lozim.
    Jamoa bo‘lib sodda kompozitsiyalar tuzish, masalan, “Yaproqlar o‘yin tushar” mavzusi bo‘yicha tarbiyachi katta (vatman) qog‘ozga daraxt shaklini elimlaydi. Bolalarga ko‘p miqdorda qirqib tayyorlangan har xil rangdagi (qizil, sariq, yashil) barglar siluetini daraxtga va uning atrofiga elimlashni taklif qilish orqali kuzgi go‘zal manzarani aks ettirishga yoki noan’anaviy usuldan foydalanib, qizil, sariq, yashil rangli qog‘ozlarni yirtish yo‘li bilan barg yasash va elimlashni o‘rgatish mumkin bo'ladi.
    Kichik guruhlarda applikatsiya qilishga o‘rgatish. Applikatsiya so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, «joylashtirish» degan ma’noni anglatadi. Applikatsiya tasviriy faoliyatning bir turidir. Applikatsiyada ishlatiladigan ashyo o‘ziga xosligi bilan ajraladi. Qog‘oz, somon, quritilgan o‘simlik o‘ramga joylashtirilib, turli xil elim bilan elimlanadi. Mato, charm, jun, paxmoq -ularga esa tikiladi. Applikatsiya bir xil rangli yoki rangli bo‘ladi. Bir xil applikatsiya grafik tus bersa, ko‘p ranglisi esa go‘zallik. Uni ham buni ham badiiylik bo‘ladi. Applikatsiyaing chamalash asosiy belgisi bo‘lib hisoblanadi.
    Applikatsiya o‘ziga xosligi katta doirachalardan iborat. Rang applikatsiyaning ifodalash darajasini oshiruvchi vositadir. Shuning uchun applikatsiya ishida ranglarning uyg‘unlashuviga mos tushishi xayoliy va dekorativ kompozitsiyaning ifodaliligi garmoniyasini izlab topishdir.
    Applikatsiya qog‘ozda kompozitsion uquvni bilishga sharoit yaratadi.
    Tarbiyalanuvchi tayyorlagan applikatsiya ishi estetik talabga javob berishi kerak. Applikatsiya predmetning umumiy, tipik va individualdan belgisini ko‘ra olishiga o‘rgatadi, ularni o‘zaro bog‘liqligi, butun, qismlar, simmetrik chamalash rivojlanadi, predmetning shaklini, rangini bosqichma-bosqich ko‘rsatish malakasini ko‘rsata oladi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotida applikatsiya mashg‘ulo tlari birinchi kichik guruhdan boshlab olib boriladi.
    Bu guruhda barcha mashg‘ulotlarda bolalar kattalar tomonidan qilib berilgan tayyor shakllarni qog‘ozga to‘g‘ri, turli xil joylashishda terib chiqib va yopishtirshga qaratilgandir. Bu guruhda asosiy vazifa - bolalarni elimlash usullarini o‘rgatishdir. Kattalar uchun oddiy hisoblangan, bu malaka qator harakatlarni ketma-ket bajarishdan iborat bo‘ladi, ya’ni mo‘yqalamni to‘g‘ri ushlab, unda ozgina yelim olish, shaklni teskarisi bilan qo‘yib, yelimni butun shaklga tekis qilib surib chiqish, surayotgan chap qo‘lining barmog‘i bilan shaklni tutib turish, so‘ng mo‘yqalamga ehtiyotkorlik bilan qo‘yib, shaklni sekin rang tomoni bilan o‘girib, qog‘oz varog‘ining kerak joyiga qo‘yish va salfetka yordamida sekin bosish, chetlaridan chiqib ketgan ortiqcha yelimni sekingina artib olish.Bu yoshdagi bolalarga ana shu harakatlarni egallab olish, albatta oson emas.Eng sodda shakl - kvadrat va doira uning uchun shu shakllardan ishni boshlash lozim.
    Yil davomida bolalar shu shakllarni nomini to‘g‘ri aytishni egallab olishlari lozim. Lekin butun yil davomida o‘tkazila digan applikatsiya mashg‘ulotlarida faqat shu shakllar bilan kifoyalanib qolish bo‘lmaydi. Bu guruhda bolalarda dastlab bir; keyin 2-3 qismdan tuzilgan predmetlarni (qo‘ziqorin, bayroqcha, qorbobo, uy) yopishtirishga o‘rganadilar.
    Shuningdek, yil oxiriga borib bolalar olti- yetti xil rangni qizil, ko‘k, sariq, yashil, jigarrangni to‘g‘ri aytib berishlari lozim.
    Bu guruh bolalariga qaychi berilmaydi, chunki bolalarning qo‘l harakati yetarli taraqqiy etmagan va hali qurish nazorati etarli bo‘lmaganligi sababli bolalar qo‘lidagi qaychi xavf tug‘dirishi mumkin. Kichik guruhda bolalarni applikatsiya qilishga o‘rgatishida ish uchun beriladigan materiallar va mashg‘ulotni tashkil etish ahamiyatiga egadir. materialning rangi bolalarni dikkatini tortib ularni chalg‘itadi. SHuning uchun dastlabki mashg‘ulotlarda material alohida paketlarda, tushuntirilib bo‘lgandan so‘ng tarqatiladi. Tarbiyachi mavzuni tushuntirib bo‘lganidan so‘ng material tarqatilib, bolalar materialni topshiriqqa mos ravishda kesmaga terib chiqadilar.
    Tarbiyachi dastlab elementlarni qo‘yib chiqilganini tekshiradi, shundan keyingina bolalarga elim ishlatish uchun beriladi. Bu guruhda tarbiyachi bolalar bilan naturani kuzatish namuna bilan birgalikda
    olib borish kerak. namunani ko‘rsatish jarayonida tarbiyachi shaklning rangini aniq atash va barmog‘i bilan uni ko‘rsatib, shu shaklning xususiyatlarini bolaga aniq ko‘rsatib beradi. Tarbiyachi tomonidan ishni bajarilishini ko‘rsatib berilishi, bolalarni turli malaka va o‘quvini vujudga kelishida muhimdir. SHuningdek, tarbiyachi ish tartibini ham boshidan ko‘rsatib boradi.
    c. Bu guruh bolalari 2­3 qismli emas, balki 4-5 qismdan iborat predmetlarni tuzishga o‘rganadilar. Dastlab, bu guruhga qaychi bilan ishlash kiritiladi. Bolalar qaychini to‘g‘ri ushlashga, uni richagini yopishga va ochish to‘g‘ri qirqim olishga o‘rganadilar. Buning uchun oldin eskiz, keyin esa enli yoki keng qog‘oz lentalar qirqishga o‘rganadilar. Bu guruhda bolalar elimlash malakasini egallashi davom ettiradilar.
    Bola hayotining 5 yilida doira, kvadratdan tashqari uchburchak, oval, o‘zun to‘g‘ri to‘rtburchakni biladilar. Trapetsiya shaklini esa kichik guruhda bo‘lgani kabi obrazli tasvirida davom etadi. Masalan: tom, qayiqcha, kichik guruhga yana qo‘shimcha havo rang, pushti, kulrangni sezishga va to‘g‘ri aytishga o‘rganadilar. Ular qog‘oz varog‘ida tez va osonlik bilan mo‘ljal olishga o‘rganadilar. Ular orqada, ketma-ket, teng masofada va boshqa fazoviy tushunchalarni egallaydilar. Bolalar to‘g‘ri kesmalar qirqishdan tashqari aylanaviy shakllar qirqishga o‘rganadilar. Ular kvadrat va to‘g‘ri to‘rtburchakning burchaklarini dumaloqlashga o‘rganadilar. Ana shu qirqib olingan aylanaviy shakllardan qo‘ziqorin, minorcha, qorbobo kabi predmetlarni hosil qilishga o‘rganadilar.Yopishtiriladigan qismlar soni ham ko‘payadi, masalan: uychani tasvirida faqat devori emas, balki eshik va derazalarni ham tasvirlaydilar. Shakl va rang bilan ishlash ham rivojlanadi: to‘rtburcha, kvadrat, doira, uchburchak, pushti rang, kulrang, havo rang va boshqalar. Bu guruhda qog‘oz varag‘ida to‘g‘ri mo‘ljallashga o‘rganadilar va quyidagi tushunchalar bilan tanishib boradilar.


    Download 74,06 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 74,06 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati

    Download 74,06 Kb.