|
Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati
|
bet | 7/9 | Sana | 12.12.2023 | Hajmi | 74,06 Kb. | | #117399 |
Bog'liq Zakhro kurs ishiQurish-yasash. Bolani inshootning har bir qismini tahlil qilishga; vazifasini belgilashga; ishlarni mustaqil rejalashtirishga o‘rgatish kerak. Qurilma-konstruksiyalar haqida ma’lumot berish va ulardan amaliy jihatdan foydalanish; qurilmalarni yasash yo‘llarini tushuntirib boorish kerak.
Bolani chizma, rasm, surat bo‘yicha inshoot qurishga; zaruriy qurilish materiallarini mustaqil tanlashga; maqsad bo‘yicha jamoaviy binolarni jihozlashga, do‘stona, inoq ishlashga undash lozim.
Bolaga tayyor shakllardan (turli qutilardan v.b.) konstruksiyalar: mebel, transport vositalari yasashni; detallarni mahkam elimlashni o‘rgatishda davom etish kerak.
Bolani yangi detallar: turli shakl va hajmdagi yog‘och (uzun-qisqa, to ‘rtburchak, doira, uchburchak), silindrlar va ularning xususiyatlari bilan tanishtirib borish lozim.
Pazl, mozaika va lego kabi o‘yinchoqlar yordamida kamida 16 ta bo‘lakdan iborat shakl yig‘ishga o‘rgatish kerak.
Bolaning yog‘och konstruktorning har xil bo‘laklaridan foydalanishi va nomlashini; qurilish jarayonida inshootning ba’zi detallarini o‘zgartirib, asosiy qismini ajrata olishini; qurish-yasashda o‘yin faoliyatini maqsad, sharoit, loyiha bo‘yicha olib borishini rag‘batlantirish lozim.
Qurish-yasashni, rang, shakl va kattalik bo‘yicha mutanosiblikni idrok etish layoqatini takomillashtirib borish lozim.
Qo‘l mehnati. Bolada qog‘ozdan, qo‘shimcha materiallardan konstruksiya ishlarini bajarishga qiziqish uyg‘otish. O‘z qo‘llari bilan turli o‘yinchoqlar, bezaklar tayyorlash, o‘yinchoqlarni tuzatish, kitoblarni elimlash, o‘zidan kichiklar uchun o‘yinchoqlar, xatcho‘p, sanoq materiallari va mavzuga mos qo‘l ishlari yasash istagini shakllantirish kerak.
Mashg‘ulotlar va syujetli-rolli o‘yinlar uchun yasama o‘yinchoqlar (bayroqcha, sumkacha, kitob); ota-onalar, kattalar va kichkintoylar uchun sovg‘alar tayyorlash, qog‘ozdan turli oddiy konstruksiyalar (origami) yasashga o‘rgatish lozim.
Bolani materiallarni ehtiyotkorlik bilan maqsadga muvofiq, tejab, oqilona sarflashga, o‘z mehnati mahsulini ehtiyot qilishga odatlantirish kerak.
Bolada ijodiy qobiliyatni, tasavvurni rivojlantirish, badiiy didni o‘stirish, saranjom-sarishtalikni tarbiyalash; yasagan buyumlarini estetik jihatdan his etish va baholash ko‘nikmalarini shakllantirish joiz.
Rasmda buyumlarni, o‘simliklar, sabzavot va mevalarni bir-biri bilan o‘zaro qiyoslash, masalan, shakli va rangi bilan farqlanuvchi bir xil (katta-kichik, qizil- yashil) yoki shakli bir xil, ranglari har xil (lavlagi bilan turp); har xil daraxtlar (olma va yong‘oq daraxti, terak va tol); turli xil transport vositalari (yuk mashinasi va engil mashina, samolyot va raketa) solishtirish orqali o‘xshash va farqli tomonlarini topish va tasvirlashga o‘rgatish kerak.
Tabiatda yil fasllari, ob-havoning o‘zgarishi bilan bog‘liq ravishda ranglarning o‘zgarishini (quyoshli kunda osmon zangori rangda, bulutli kunda kul rang; bahorda barglar - yashil, kuzda - sariq, qizil v.b.) payqashga, tabiat manzarasi tasvirida zarur ranglarni tanlay olish, ranglarning qarama-qarshi va tekis tovlanishini tasvirda etkazib berishga erishish shart.
Bolaga shaklni, chiziq va mayda dog‘lar joylashuv tartibini jozibali tarzda etkazib berishda, tasvir go‘zalligini xayolan gavdalantirish malakasini shakllantirish.
Noan’anaviy usullarda (iplar, sham, sovun, barmoqlar, dog‘lar yordamida) rasm solishga o‘rgatish lozim.
Tasviriy san’at asarlari - peyzaj va natyurmortlarni mustaqil kuzatish, ularga hissiy-estetik jihatdan baho berishga o‘rgatish zarur.
Bolaning bezakli rasmlarni solish bo‘yicha ijodkorligini rivojlantirish, o‘zbek xalq hunarmandchiligi yo‘nalishida naqshlar chizishga o‘rgatish kerak.
Qadimiy va keng tarqalgan milliy bosh kiyimlardan - o‘zbek do‘ppilari bilan tanishtirishda davom etish. Bolaga do‘ppilarga kashtado‘zlik usullarida naqsh elementlari chizishni va o‘ziga xos tartibda joylashtirishni o‘rgatish. Bola diqqatini milliy anjomlarga (gilamcha, so‘zana v.b.) tikilgan nafis naqsh elementlariga, ranglar uyg‘unligiga qaratish. Atlas va adrasdagi naqsh elementlarini chizishga qiziqtirishni davom ettirish lozim.
Rangli, qora va oq fonda naqshlarni kompozitsiyalash ustida mustaqil ishlashga o‘rgatish. Turli hajmdagi siluet qog‘ozlarga, jumladan, milliy buyumlar (choynak-piyola, kosa, lagan) siluetiga naqshlar (ilmoq, gajak, chiziqchalar, tayoqchalar) chizish; liboslarni ifodalovchi siluetlarga mayda va yirik elementlardan foydalanib naqsh chizish. O‘zbek va boshqa xalqlar amaliy san’ati an’analari asosida, turli fonda va har xil hajmda bezakli naqshlar chizish. Bezakli rasm elementlari nomlarini bilish - gajak, bodom, zigzak, yarimoy shakllari.
Engil harakatlar bilan rasmlarni bo‘yashga o‘rgatish, tasvir shaklidan kelib chiqqan holda bo‘yashni to‘g‘ri rejalashtirish. Fikran milliy naqsh elementlaridan foydalanib, bezakli kompozitsiyalar tuzish, turli naqshlar ishlash, jamoa mehnatida ishtirok etish. Kompozitsiyalarni yakka o‘zi shuningdek, 3-4 kishilik kichik jamoa bilan birgalikda ishlash yaxshi natija beradi.
Ota-onalar bilan birgalikda ko‘rgazmalar, muzeylarga borishni tashkillashtirish lozim.
Bolani o‘z ishidagi kamchiliklarni sezishga va ularni tuzatishga undash. O‘zining va tengdoshlarining ishini tahlil qilish, erkin fikr bildirish malakasini takomillashtirish, chizgan rasmlaridan zavqlanish, erishgan natijalaridan quvonish kabi his-tuyg‘ularni shakllantirishni davom ettirish shart.
O‘z ish joyini tayyorlash, saranjom-sarishta, tartib bilan ishlash, toza tutish, yig‘ishtirishga, ishdan so‘ng qo‘llarini sovun bilan tozalab yuvishga odatlantirish kerak.
Loy, plastilin (tuzli hamir, rangli sham)lar bilan ishlash.
Yasashning turli usullaridan erkin foydalanishga o‘rgatish; asosiy qism va boshqa qismlar shaklini, ularning bo‘laklari, tasvirlangan buyumlarning o‘ziga xos xususiyatlarini etkazib berishga; barmoq va yog‘och qalam bilan shakllar yuzasiga ishlov berishga o‘rgatishni davom ettirish lozim.
|
| |