Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati




Download 74,06 Kb.
bet4/9
Sana12.12.2023
Hajmi74,06 Kb.
#117399
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Zakhro kurs ishi

Qalamlar. Rasm solish uchun bolalarga rangli qalamlar to ‘plami
kerak: kichik guruhda beshta qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq
va qora); o‘rta guruhda-oltita qalamdan (qizil, ko‘k, yashil, sariq,
qora va jigarrang) foydalaniladi; katta guruhlarda yuqorida aytilganlardan
tashqari, qizg‘ish, binafsha rang, to‘q qizil, pusliti
zangori, och yashil ranglar qo‘shiladi. Kichik guruhlarda qalam
lar dumaloq bo‘lishi kerak. Katta guruhlarning bolalariga yutushoq
grafitli qalamlar («Shkolnoe», «Iskusstvo» № 1,2) tavsiya qilinadi
Qalamni ishlatishga tayyorlashda yog‘och qatlami 25—30 mm olinib,
grafiti 8—1, sinib ketadi.
Rasmpredmetli, mazmunli, dekorativ, o‘ylangan fikr bo‘-
yicha solish mashg‘alotlari uchun lenolium qoplangan doskalar
(devorga va polga qo‘yiladigan); bolalar chizgan rasmlarni namoyish
qilish uchun uchta reykali doskalar; natura uchun taglik; stolga
qo‘yiladigan doskalar — yig‘ma molbertlar (katta guruhlar uchun)
va boshqalar kerak bo‘ladi.
Guash bo‘yoqlar bilan rasm solishda to‘yingan va yumshoq
tondagi rangli qog‘ozlardan foydalaniladi. Katta guruh bolalari
kerakli rangdagi qog‘ozlarini mustaqil tayyorlay oladilar (qog‘ozga
tus berishda guash va akvarel bo‘yoqlardan hamda yo‘g‘on, yumshoq
mo‘yqalamlardan foydalanadilar: o‘lchami unchalik katta
bo‘lmagan yassi bo‘yoq mo‘yqalamlari — fleytslar qulaydir. Bo‘yoq
oldin gorizontaliga, so‘ngra uning ustidan vertikaliga beriladi).
Bo‘yoqlar. Rasm solishda suvli bo‘yoqning ikki turi — guash va
akvareldan foydalaniladi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar
uchun pastasimon, shaffof bo‘lmagan bo‘yoqlar — guash qulaydir.
Bo‘yoqni mo‘yqalamda turadigan, undan tomib tushmaydigan,
suyuqroq qaymoq quyuqligidek qilib aralashtirilishi kerak. Bo‘-
yoqlarni bolalar rangni ko‘rib turishlari uchun qirralari past shaffof
bankachalarga quygan ma’qul.
Plastilindan narsalar yasash uchun maxsus uskunalar:
aylanadigan doirali dastgoh (katta guruhlar uchun), suv solinadigan
idishlar, latta; bolalar yasagan narsalarni bo‘yash uchun
— gruntovka; bundan tashqari, bo‘yashda ishlatiladigan maxsus
bo‘yoqlar — angoblar kerak bo‘ladi. Bolalar ishlagan haykaltaroshlik
mahsulotlarini pishirish. uchun mufel pechkaning bo'lishi
maqsadga muvofiqdir. Bunday pechkani o ‘quv kollektorlaridau
topish mumkin.
Natura yoki namunani namoyish qilish uchun natura uchun
mo‘ljallangan tagliklardan foydalansa bo‘ladi. Karkaslar — turli
uzunlik va kenglikdagi oddiy taxtalar ham uskunalarga kiritiladi.
Karkaslardan foydalanish bolalarga jonivorlar oyoqlarining mukammalroq
tasvirida va ularning figuralarini barqaror hamda dinarnikroq
qilishga imkon beradi.
Narsalar yasash mashg‘ulotlari uchun plastik materiallar — loy,
plastilin kerak boiadi, bunda asosiy yasash uchun eng maqbul
material, bu loydir. Kichik guruhlarda faqat loydan foydalaniladi,
chunki bu yoshdagi bolalar plastilindan narsa yasashda qiynaladilar.
O ‘rta guruhda ham bolalar asosan loydan narsalar yasaydilar.
Rangli plastilindan katta guruhlarda mazmunli narsalar yasashda
foydalaniladi.

Download 74,06 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 74,06 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tasviriy faoliyat mashg’ulotlarini loyihalshtirishning ahamiyati

Download 74,06 Kb.