|
Mening jonajon O`zbekistonimBog'liq Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasiTarbiyachi: Ularda qanday kasb egalari ishlaydilar? Ular qanday vazifalarni bajarishadi?
(tarbiyachi kichkintoylar fikrini umumlashtiradi va hamkorlikda ishlashning
ahamiyatini tushuntiradi).
Tarbiyachi: Bolajonlar, bugun guruhimizga biz tanishayotgan kasb egalari mehmon bo`lib
kelishgan. Hozr ular bilan suhbat o`tkazamiz. (navbat bilan kasb egalari o`z kasblari
haqida gapirib beradilar).
Tarbiyachi: bolajonlar, bugun sizlar meni juda ham hursand qildingiz. Buning uchun sizlarni
shirinlik bilan siylayman. (Bolalarga konfetlar tarqatiladi. Kichkintoylar konfet
qog`ozlariga qarab juftlikka bo`linib olishadi. Har bir juftlik hayotimiz uchun xavfli
bo`lgan buyumlarni tasvirlab beradi. Tarbiyachi bolalar tomonidan tayyorlagan
rasmlar ko`rgazmalarini tashkil etadi va bolalarga hayotga xavf-xatar tug`diradigan
ashyolarning juda ko`pligini va ulardan hayotda to`g`ri foydalanish qoidalarini
tushuntiradi).
Tarbiyachi: (bolalarni yarim doira shaklida o`tkazib oladi). Bolajonlar, endi sizlar bilan
“Men uchun juda qiziq” o`yinini o`ynaymiz. (tarbiyachi bolalarga koptokni otib, “Sizga
nima eng qiziq bo`lib tuyuldi?”-deb navbat bilan so`raydi. Bolalar javobini
umumlashtiriladi.
Kichkintoylar
tarbiyachi
tomonidan
rag`batlantirilib,
Faoliyatyakunlanadi).
22-Mavzu: “Yong`in xavfsizligi” mavzusida suhbat
Maqsad: Bolalarni yong`in xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va insonlarni xavf-
xatarlardan muxofaza qilayotgan tashkilotlari haqida tushuncha berish. Kishilarning
hayotlari, mol-mulklari xavf ostida qolishiga nimalar sabab bo`lishi haqidagi tushunchalarga
ega bo`lish. O`t o`chirishda zamonaviy asbob-uskunalar, ularning bevosita vazifalari bilan
tanishtirish. Hayot xavfsizligi haqidagi tushunchalarni takomillashtirish.
|
| |