45
4. Jismoniy daqiqa: “Qo`shiq asosida harakatli mashq
”
Qor yog`adi guppillatib
Qorbobo dukkillatib
Kirib keldi bog`chaga
Soqolin silkillatib
Olib keldi sovg`asin
Tangacha, to`pcha, o`rdak, g`oz
Bizga berdi barchasin.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hozir birgalikda qishgi ustki kiyimlarning rasimlarini
topamiz.
(tarbiyachi bolalarga birma-bir turli fasllarga mos kiyimlarni ko`rsatadi. Bolalar qishgi
kiyimlarni topishlari kerak bo`ladi).
Tarbiyachi: Bolalar yaqinda biz qaysi bayramni nishonladik?
Bola: Yangi yil bayrami. Archa bayrami
Tarbiyachi: To`g`ri, boshqa bayramlarga o`xshamaydigan archa bayramini nishonlaymiz.
Bu bayramni kutib olish uchun hamma o`z uyida, ko`chalarda, bog`chalarda ham archa
chiroyli o`yinchoqlar bilan bezatiladi. Archa atrofida she’rlar, qo`shiqlar kuylaymiz,
raqslarga tushamiz. Men sizlarga archa haqida she’r aytib beraman.