|
Mening jonajon O`zbekistonimBog'liq Nutq o`stirish mashg`ulot ishlanmasiTarbiyachi: Bolalar yuqoridagi video lavhadan nimalar tasvirlangan ekan?
1-bola: Xalqimizning boy tarixi, tarixiy obidalari, turli xil buyumlar, idishlar, matolar
tasvirlangan ekan.
2-Bola: Bu jixozlarning barcha turlari milliy naqshlarimiz bilan bezatilgan ekan.
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar kelinglar men sizlarga xalqimizning amaliy san’ati va milliy
naqshlar haqida ko`proq tushunchalar beraman. Qarang mana bu milliy burchagimizga bugun
yana ham ko`proq yangi buyumlar qo`yganman. Ular bilan tanishamiz. Ularda xalqimizning
orzu umidlari, istak hohishlari, turmush tarsi aks ettirilgan. Bizning xalqimizning juda
qadimdan manaviyatli va marifatli bo`lishgan. Ular o`zlarining kundalik hayotlarida
kulolchilik, zardo`zlik, ganchkorlik, naqqoshlik kabi ko`plab hunar turlari bilan
shug`ullanishgan. Bu hunarlari bilan ular madrasalarni, shohlarning saroylarini,
karvonsaroylarini bezashgan. Ganchkor ustalar binolarni devorlariga, peshtoqlariga bezak
bergan bo`lsa, naqqoshlar esa ustunlarni, eshik va derazalarni naqshlar bilan bezagan. Chevar
momolar esa turlipalaklar va so`zanalar bilan xona ichini jixozlaganlar. Xalqimizning bu
meroslaridan ayrimlari xozirgi kungacha bizgacha ham yetib kelgan. Naqsh milliy san’at
turlaridan biri bo`lib, gazlamalarga, yog`ochlarga va chinni idish tovoqlarga bezak sifatida
ishlatiladi. Milliy naqshlardan yurtimizning tarixiy obidalarida juda ko`p foydalanilgan. Ular
go`zalligi, betakrorligi sababli turli davlatlardan kelgan sayyohlarni jalb qilgan. Naqshlarda
milliy hunarmandchilik, o`ymakorlikda ko`p foydalaniladi. Naqshlarda to`g`ri va
to`lqinsimon chiziqlardan ham foydalaniladi. Masalan mana bu sochiqlarni chetlari
to`lqinsimon, doira va to`g`ri shakllar bilan bezatilgan. Idishlarga esa paxta guli, atlas
nushada, mayda gullari bilan bezatish mumkun. Sizlarga ulardan namunalar ko`rsataman.
Tarbiyachi: Bolalar bilasizlarmi qadim zamonda bir usta to`quvchi bo`lgan ekan. Uning
yakkayu yolg`iz qizi bor ekan. To`quvchi qiziga hech kiymagan ajoyib bir mato to`qib
berishni orzu qilar ekan. To`quvchi ko`p izlanibdi. Bir kuni gulhan yonida o`ylanib o`tirib
qolibdi. Shunda to`quvchining diqqatini gulhanning suvdagi aksi tortibdi. Gulhan suvda
oyning shulasida juda ham betakror jilovlanar ekan. Shundan ilhomlangan to`quvchi darhol
uni matoga aks ettira boshlabdi. Shunday qilib bolajonlar milliy atlas matosi yaratilgan ekan.
|
| |