34-Mavzu: Buyumlar, anjomlar va asbob Maqsad: Bolalarni atrof-olam to`g`risidagi bilimlarini boyitib boorish, jonsiz tabiat
to`g`risidagi tasavvurlarini shakllantirish, tuproq va suvdan mustaqil loy tayyorlashga
o`rgatish. Ularda go`zallik tushunchalarini shakllantirish, qog`oz pape mashe usulida idish
yasashga qiziqishini oshirish, o`zi yasagan narsadan zavqlanish hissini uyg`otish.
Kerakli jixoz va materiallar: Idishlar jamlanmasi, ko`rgazmali qurollar, tarqatma
materiallar, tajriba o`tkazish uchun tuproq, suv, qog`oz, yelim.
Qo`shimcha qism: Pape mashe usulida yasashni taklif qilish.
E’tiborga molik jixat:bolalar jamoa bo`lib idishlar jamlanmasini tayyorlashga o`rganadilar.
Faoliyatning borishi: Tarbiyachi:Bolajonlar qarang xonamiz to`risida ajoyib sirli sandiqcha turibdi.
Sandiqchamizda bir qancha buyumlar yashiringan. Sirli sandiqni ustida esa topishmoqlar
yozilgan. Agar shu topishmoqlarni to`pa olsakgina sandiqchamiz ochiladi.
Bu topishmoqlarni sizlarga aytaman.
1- topishmoq
Ro`parada turibdi
Bir qulog`i bor bir burni
Boshiga kiygan do`ppi
Bolalarning javoblari (choynak)
2-topishmoq
Ona bola yemas-ichmas
Dasturxondan nari ketmas
Bolalarning javobi (choynak piyola)
Tarbiyachi: To`g`ri bolajonlar “Sirli sandiqcha”miz ham ochildi. Qarang uning ichida,
choynak, payola, tovoqlar, likopchalar bor ekan. Hozir ular haqida sizlarga aytib beraman.
Shu payt eshikdan Bilmasvoy kirib keladi. Bolalar salomlashadi.
Tarbiyachi: Bolalar guruhimizga mehmon tashrif buyurdi. Uyimizga mehmon kelsa nima
qilamiz.
Bolalar: Dasturxon bezatamiz, mehmon qilamiz.
49
Tarbiyachi: Kelinglar biz ham mehmonlarni dasturxonga taklif etamiz.
Buning uchun nima qilish kerak?