60
bo`ldik. Qadimiy shaharlaringizni, chiroyli, aziz maskanlaringizni ziyorat qildik. Ular
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo`qon va poytaxtingiz go`zal Toshkent juda yoqdi.
Milliy taomlaringiz osh, norin, manti, chuchvara, xonim, kabob,
sumalak aytib
sanog`iga yetolmaymiz. Juda mazza qildik. Mexmonxonalaringiz juda shinam, insonlaringiz,
mehmondo`st, ko`ngli ochiq, transportlaringiz bizga ko`ngildagidek xizmat qildi. (shu paytda
yurtimiz yutuqlari, shu aytilgan manzaralar bo`yicha videolar ekranda namoyish etiladi). Endi
sizlarni biz mehmonga chorlaymiz, bolajonlarni olib bizning Davlatimizda ham mehmon
bo`lib sayoxatga kelsangiz, boshimiz ko`kga yetardi. Sizlarga qo`shni bo`lib yashovchi
Qirg`iziston,
Turkmaniston, Qozog`iston, Tojikiston hamda Avg`oniston davlatlari xalqlari.
(Xatni tugatib tarbiyachi bolalarga yuzlandi).
Qarang bolajonlar bizning Davlatimiz qanchalik insonlarga yoqibdi, ularning ham
mehrini qozonibdi. Xatni ichida taklifnomalar ham bor ekan. Bolajonlar kelinglar xaritadan
ushbu davlatlar Vatanimizning qaysi tomonida joylashganini ko`ramiz, va aniqlaymiz.
(Xaritadan O`zbekistonni chegaralab ko`rsatiladi so`ng qolgan davlatlar joylashishini
kuzatiladi.)
Bolajonlar keeling bo`lmasa hammamiz mamlakatga sayoxatga chiqamiz.
O`zbekistonnimizning AFROSIYOB
tezyurar poyezdida boramiz, ungacha biz o`zimizning
mashinalarimizga o`tirib poyezd turar joyiga yetib olamiz. O`zimizning yurtimizda ishlab
chiqilyotgan mashinalar juda shinam va tez yurar to`g`rimi?
Biz yo`lga nimalar olamiz. Albatta aziz nonimizni chunki u risq ro`zimiz.
Mezbonlarga
sovg`a
salomlar
mevalarimizdan
olamiz,
chunki
ular
serquyosh
O`zbekistonimizda asal qand bo`lib pishgan, milliy kiyimlarimizni kiyib, boshda do`ppi,
atlas, adras liboslarimiz bilan yo`lga otlandik.
Sayoxatga otlandik biz
Sevinib shodlandik biz
G`ildirakli shinada
Ajoyib mashinada
Qaranglar O`zbekistonimiz ko`chalari, yo`llari tekkis ravon. Mashinalar esa bir-biridan
chiroyli, binolar baland, ko`rkam.
Bog`lar bor gullar o`sar
Tog`larda suvlar oqar
Tangrim suyib bergan husning
Buncha go`zal, buncha go`zal
Shu vatanning erkasiman
Ochilganing g`unchasiman
(Poyezd turargohiga yetib borildi. So`ngra poyezdlarga joylashildi. Afrosiyob poyezdlari.
Tarbiyachi poyezd bilan tanishtiradi.) Bu O`zbekistonda ishlab chiqarilgan tez yurar poyezd.
Uinsonlarni bir zumda manzilga eltib qo`yadi. (So`ng poyezda sayoxat davom etadi). Mana
bolalar yurtimizdan uzoqlashib yurt sog`inchini xis qilyabmiz. To`g`rimi?
Buyuk allomalar bekorga aytishmagan. Vatan qadrini undan uzoqlashganda bilasan
deb,
ana bolajonlar, Qirg`iziston davlatiga yetib keldik. Qirg`iziston O`zbekiston bilan
chegaradosh. Xozirda ikki davlat axolisi bir-biri bilan axil-inoq.
Qig`iziston nomi yozilgan plakatlar, qirg`iz liboslari kiygan bolalar, ular o`z davlati
xaqida bolalarga ma’lumotlar beradi.
Qirg`iziston poytaxti – Bishkek Qirg`izistonda katta oloy tog`lari, issiq ko`llari bor.
Oltin, ko`mir, neft boyliklari mavjud. (Shu joyda videoroliklar qo`yiladi. Chanqovuz chalgan
momolar, milliy kiyimda). So`ng bolalar bir-birlari bilan qo`l berib do`stlashadi. Sizlar do`st
– o`rtoq bo`lishingiz kerak. Ular o`z she’rlarini aytib beradi bolalarga sovg`alar berilib so`ng
61
ular bilan hayrlashamiz endi qo`shni Qozog`istonga yo`l olamiz.
Bolalar yana poyezdlarga
joylashadi.
Poyezdlarga joylashdik
Siz bilan hayrlashdik
Mana yuramiz asta
Yetib bordik bir pasta
Bir zumda Qozog`iston Respublikasiga keldik. Bolalar man Qozog`iston Respublikasi. U
joyda ham bolalar non tuzi bilan kutib oladi. Ular Qozog`iston milliy kiyimida. Qozog`iston
ham Qirg`iziston ham, O`zbekistonga o`xshab mustaqil davlat. (Davlat bayrog`i ko`rsatiladi.)
Qozoq bolalari o`z yurti haqida so`zlab beradi. Qozog`izton poytaxti Astana. Ular
qozoq tilida so`zlashadi. Qozog`iztonda ko`b jun, paxta, kartoshka g`alla yetishtiriladi. U
joyda baland tog`lar,cho`llar juda ko`p, ular ham o`z milliy madaniyatiga ega. (Bolalar ular
bilan ham sovg`a salomlar ulashib so`ngra hayrlashamiz).
Bolalar endi samalyotga joylashamiz. (bolalar kamarlarni qadaydi, so`ngra osmon uzra
parvoz qilamiz. Yuqoridan tabiatni tomosha qiladilar).
Keyin o`yladik bir oz
Qilsak bo`lardi parvoz
Samalyotga joylandik
Va parvozga shaylandik
Bolalar qochinglar, samalyot kelyabdi guv-guv-guv …..
(Bolalar bilan samalyotdan tushamiz. So`ngra Turkmanistonga yetib kelganimizni aytaman).
(uzun liboslar kiygan, sochlari uzun qizlar non, tuz bilan mehmonlarni siylashadi. Ular qo`lga
to`qilgan gilamlar bo`lgani bois gilamlar to`shab qo`yilgan).
Turkman bolalari salomlashadi, biz ham ular bilan salomlashamiz. Ular o`zlarining kuy-
qo`shiqlarini namoyish qiladilar.
Yurtni madx etuvchi video ro`liklar orqali Turkmaniston Nilan tanishamiz.
Turkmaniston azaldan O`zbekiston bilan qardosh, inoq bo`lib yashaydi. Turkmaniston
poytaxti Ashxabod. Turkmanistonda neft, gaz, qalay, rangli noyob metal ishlab chiqariladi.
Turkmaniston ham mustaqil davlat. Ma’lumotlardan so`ng
bolalar ular bilan hayrlashib,
Tojikiston tomonga yo`l oladilar. Tojikistonga yetib borilgach, ular bilan salomlashamiz.
Tojikiston ham juda ko`rkam chiroyli joy. Yaylov tog` o`simliklari archa yong`, olcha, jiyda
o`sadi. Tojikcha qo`shiqlarni eshitganmiz-a bolajonlar. Ular juda yoqimli ham inson
ko`nglini ko`taradi. Tojikiston poytaxti Dushanbe ular Tojik tilida suhbatlashadi. Ularga ham
sovg`a salomlar berib, Avg`oniston tomon yo`l olamiz. Avg`onistonlik bolalar o`z liboslarida
turadi.
Ular bilan salomlashib so`ng ular videorolik orqali vatani haqida ma’lumotlar olamiz.
Avg`oniston poytaxti Qobul. Avg`onistonda ko`p tog`lar ularning milliy bayramlari
mustaqillik hamda xotira kunlari bor. Ularning boyligi pahta, gilamlar, gaz kabilardir. Bolalar
ma’lumotlar olgach qiziqib tomosha qiladi. So`ngra ular bilan ham do`stona hayrlashib o`z
ona yurtimiz tomon yo`l olamiz. Samalyot qo`ngach, ona yurtimiz hushbo`y tabiati,
manzarasi bizni hursand etadi. Bolalar bilan yurtimiz xaritasini chegaralab ko`rsatamiz,
so`ngra hammamiz birga O`zbekistonim qo`shig`ini xo`r bo`lib aytamiz. Bolalar o`z
taassurotlari bilan o`rtoqlashadilar. Birgalikda ushbu she’rni yod olamiz.
Turkman, Tojik, Avg`on, Qirg`iz
Yaqin o`rtoq do`st, o`g`il qiz
Shu do`stlikning bog`ida
O`ynab kulib shod o`samiz