• Kremniyning ta’siri.
  • Marganetsning ta’siri.
  • Fosforning ta’siri.
  • Oltingugurt ta’siri.
  • Adabiyotlar
  • Metallarga ishlov beradigan yonilg’i pechlarning ishlash printsiplari Reja




    Download 67.5 Kb.
    bet4/4
    Sana19.04.2023
    Hajmi67.5 Kb.
    #52592
    1   2   3   4
    Bog'liq
    6-ref
    Ne\'matov Muslimbek 2023, O, 1, Shaxtali pechlar, 12, ANGREN UNIVERSITETI, Gaparova Nozanin Jasur qizi
    Bog’lanuvchi chuyanlar asosan, oq chuyanlarni termik ishlov berish orqali hosil qilinadi va mashinasozlikning turli soxalarida juda keng ishlatiladi.
    Bunday chuyanlar ham 8-jadvalda ifodalangandek, markalanadi va o’qiladi.
    Bog’lanuvchi chuyanlarda, asosan, turli armatura va trubkalarni ulash qismlari, richaglar, kulachoklar, shkiflar, rukoyatkalar, plastinkali zanzirlar, mufga kalonkalari, kontrgaykalar kabi detal va qismlar ishlab chiqariladi.
    Kremniyning ta’siri. Kremniy chuyanda grafit hosil bo’lish (grafitlanish) protsessini kuchaytiradi, shuning uchun chuyanning tuzilishiga, ayniqsa, katta ta’sir etadi. Kremniy chuyanning suyuq xolatda oquvchanligini oshiradi va demak, kul rang chuyan hosil bo’lishiga yordam beradi. Binobarin, tarkibidagi kremniy miqdorini o’zgartirib, tuzilishi va mexaniq xossalari turlicha bo’lgan chuyanlar hosil qilishi mumkin.
    Marganetsning ta’siri. Marganets chuyanga kremniyning aksincha ta’sir etadi, ya’ni u grafitlanish protsessiga tusqinlik qiladi- oq chuyan hosil bo’lishiga olib keladi, chunki marganets uglerod bilan birikib, Mn³C tarkibli karbid hosil qiladi va uglerodning erkin xolatda ajralib chiqishiga to’sqinlik qiladi.
    Fosforning ta’siri. Fosfor grafitlanish protsessiga uncha ta’sir etmaydi, chuyanning suyuq xolatida oquvchanligi oshiradi. Bu jixatdan olganda fosfor foydali element xisoblanadi. Ammo u chuyanning puxtalagini pasaytirib, murtligini oshiradi, chunki u nisbatan oson (950°C da) suyuqlanadigan uchlama evtektika hosil qiladi, bu evtiktika esa chuyanning qotishi paytida ko’p fosforli austenit tsementit va temir fosfid (Fe 3 P) dan iborat bo’ladi. Ko’p fosforli chuyanning suyuq xolatda yaxshi oquvchan bo’lishiga sabab ham oson suyuqlanadigan ana shu uchlama evtektikadir.
    Oltingugurt ta’siri. Oltingugurt chuyanning suyuq xolatida oquvchanligini pasaytiradi va qo’ymaning kirishuvchanligi oshiradi. Oltingugurt ham, xuddi marganets kabi, grafitlanish protsessiga to’sqinlik qiladi, ya’ni oq chuyan hosil bo’lishga olib keladi. Demak chuyanda oltingugurt bo’lishi ma’qul emas, ya’ni u zararli elementdir.
    Shlak. Shlak domna pechidan olinadigan qo’shimcha mahsulot bo’lib, uning miqdori olinadigan chuyan og’irligining taxminan 60 protsentini tashqil etadi. Shlak asosiy yoki kislotali bo’ladi. Kislotali shlak tarkibida ko’p miqdorda qumtuproq va ozroq oxak, asosiy shlak tarkibida esa, aksincha ko’p miqdorda oxak va oz miqdorda qumtuproq bo’ladi. Domna shlagi juda arzon va yuqori sifatli qurilish materiali tarzida ishlatiladi. Masalan, asosiy shlakdan tsement, beton va g’isht tayyorlanadi, kislotali shlakdan odatda, issiqlik izoltsiyasi materiali sifatida foydalaniladi, bu materialga esa shlak paxtasi deb ataladi va suyuq xolatdagi kislotali shlakdan bosim ostida bug’ yoki havo o’tkazish yo’li bilan olinadi.


    Adabiyotlar :
    1.Шаисмалов А. Ш. Топливо и основы горения. Ташк.- типография ТашГТУ, 1998-150с.
    2. Алимбоев А.У. Саноат ва иситиш qозонхоналари. Ташкент.
    Типография ТашГТУ, 1998-130с.
    3. .Р. Qаландаров “Конструкцион материаллар технологияси”.
    Тошкент “O’qитувчи” 1989й.
    Download 67.5 Kb.
    1   2   3   4




    Download 67.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Metallarga ishlov beradigan yonilg’i pechlarning ishlash printsiplari Reja

    Download 67.5 Kb.