|
Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura o‘zgarishlari
|
Sana | 16.01.2024 | Hajmi | 174,42 Kb. | | #138956 |
Bog'liq Metallarning payvandlanuvchanligi va payvandlashda struktura o‘z
METALLARNING PAYVANDLANUVCHANLIGI VA PAYVANDLASHDA STRUKTURA O‘ZGARISHLARI
1. Metallarning payvandlanuvchanligi
Metallarning turli usullarda texnik talablarga javob bera oladigan darajada payvandlanish xususiyatiga payvandlanuvchanligi deyiladi.
Metallarning payvandlanuvchanligi ularni kimyoviy tarkibiga, strukturasiga, payvandlash usuliga, rejimiga va boshqa ko‘rsatkichlarga bog‘liq. Odatda, metallarning payvandlanuvchanligini aniqlashda bostirilgan chok puxtaligi payvandlanadigan metall puxtaligiga taqqoslanadi. Agar chokda nuqsonlar (g‘ovaklik, darz, toblanish) hollar bo‘lmay payvandlanayotgan metallar puxtaligiga yaqin borsa, bunday metallar yaxshi payvandlanuvchan hisoblanadi. Ma’lumki, turli metall konstruksiyalar tayyorlashda asosiy material sifatida po‘latlardan foydalaniladi.
Aniqlanganki, tarkibida uglerodi 0,25% kam bo‘lgan uglerodli va kam legirlangan po‘latlar barcha payvandlash usullarda yaxshi payvandlanadi.
O‘rtacha uglerodli po‘latlarni payvandlashda chokka yondosh zonada toblangan struktura, chok metallda kristallizatsion darzlar berishi sababli cheklangan holda payvandlanuvchanlikka ega bo‘ladi. Ko‘p uglerodli po‘latlar esa yomon payvandlanadi. Agar bunday po‘latlami payvandlashga zaruriyat bo‘lsa, avvalo, payvandlanuvchi buyumlarni 300–450° С gacha qizdirib, payvandlab bo‘lingach termik ishlanmog‘i kerak. O‘rtacha va ko‘p legirlangan po‘latlarning issiqlik o‘tkazish va issiqlikdan kengayish koeffitsiyentini kam uglerodli po‘latlardan pastligi payvandlashda o‘ta qizib, havoda sovishida karbidlar hosil bo‘lib, qattiqligi ortadi va bu hol darz ketishiga ham olib kelishi mumkin. Po‘latlarda legirlash elementlarni ortishida payvandlanuvchanligi yomonlashadi. Shu sababli bu po‘latlarni payvandlashda, avval, ma’lum temperaturagacha qizdirib, payvandlab bo‘lingach termik ishlovlarga berilishi lozim.
Barcha cho‘yanlar esa yomon payvandlanadi. Ularda nuqsonlar (darzlar, kemtik joylari, katta g‘ovakliklar va boshqalar) uchraydi.
Payvandlashda havoda sovishida chokda va chokka yondashgan joyi toblangan bo‘lishi natijasida, darz ketishi asosiy qiyinchilikni tug‘diradi. Cho‘yanlar xilini ko‘pligi va xossalarini xilma-xilligi sababli payvandlash usulini to‘g‘ri tanlash muhimdir. Cho‘yan quymalardagi nuqsonlarni payvandlab tiklashda qator usullar bo‘lib, bularning ichida payvandlanuvchi quymani qizdirib payvandlash va qizdirmay payvandlash usullaridan foydalaniladi.
Payvandlanuvchi quymalarni qizdirib payvandlashda nuqsonli joy 90° li burchak bo‘ylab kesilib, uning atrofi qolip material bilan qoplangan, buyum 600–650oС gacha asta qizdiriladi. Keyin payvandlovchi material sifatida, masalan, cho‘yan chiviq, flyus sifatida olinib, gaz alangasida eritib payvandlanadi.
Quymani qizdirmay payvandlashda esa, avvalo, payvandlash joyiga po‘lat shpilkalar shaxmat tartibda rezbaga o‘rnatilib, ularni qoplamali kam uglerodli po‘lat elektrod bilan kichik tokda (150 A gacha) payvandlab, keyin qolgan joylari payvandlab to‘ldiriladi.
Rangli metallar va ularning qotishmalariga kelsak, ularning issiqlikni va elektrni yaxshi o‘tkazishi, oson oksidlanishi, gazlarni yutishi va boshqa xususiyatlari payvandlashda ma’lum qiyinchiliklar tug‘diradi. Rangli metallarni payvandlash haqida ma’lumot 32-bobda bayon etilgan.
2. Kam uglerodli po‘lat buyumlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o‘zgarishlari
Aniqlanganki, kam uglerodli po‘latlarni suyultirib, metall elektrodlar bilan payvandlashda kichik hajmli suyuq metall vanna va unga yondashgan joylari havoda soviyotganda struktura o‘zgarishi Fe-Fe3C holat diagrammasi bo‘yicha kechadi. Bunda chok metallidan to payvandlanuvchi metallgacha bo‘lgan zonalarni quyidagi uchastkalarga ajratish mumkin:
Chok metalli uchastka. Payvandlashda bu uchastkada metall elektrodning va payvandlanuvchi metallarning payvandlash joylarining eritishidagi hosil bo‘lgan kichik vannaning havoda sovib kristallanishida bu uchastka hosil bo‘ladi. Shu sababli bu uchastka strukturasi kam uglerodli quyma po‘lat strukturasiga yaqin bo‘lib, uzunchoq dendrit kristallardan iborat bo‘ladi.
Chokka yondoshgan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metallning ayrim joylarigina erib, qolgan joylari o‘ta qiziydi. Shu sababli bu uchastka metallni havoda sovishida hosil bo‘lgan strukturasi qisman yirik donali ferrit va perlitlardan iborat bo‘ladi.
77-rasm. Kam uglerodli po‘latlarning metall elektrodlar bilan elektr yoy yordamida payvandlashda struktura o‘zgarishlari sxemasi.
O‘ta qizigan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli o‘ta qizib, havoda sovishida struktura donalari ferrit va yirik perlit strukturadan iborat bo‘ladi, negaki o‘ta qizishida austenit donalari yiriklashadi.
Normallangan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli As3 kritik temperaturadan 30–50oС yuqoriroq temperaturada qizib, havoda sovishida ferrit va perlitni mayda donali strukturasidan iborat bo‘ladi.
Chala qayta kristallangan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli Asj va As3 kritik temperaturalar orasida qizib, havoda sovishida yirik donali ferrit va perlit donalari hosil bo‘ladi.
Rekristallangan uchastka. Payvandlashda bu uchastka metalli As, kritik temperaturadan pastroq haroratda qizib, havoda sovishida strukturada o‘zgarishlar bormaydi. (Agar po‘lat zagotovka payvandlashgacha sovuqlayin bosim bilan ishlangan bo‘lsa, fizik puxtalikdan holi bo‘ladi.) 500oC dan past temperaturagacha qizigan uchastkalarda po‘latning strukturasida hech qanday o‘zgarish sodir bo‘lmaydi.
|
| |