102
Kombinat O‗zbekistondagi eng yirik korxonalardan biridir. Qo‗rg‗oshin, rux,
asosan, Jizzax viloyatining Uchquloch va Surxondaryo viloyatining Xondiza
konlarida to‗plangan.
Rangli metallurgiya rangli metallar xomashyolarini
qazib chiqarish yoki
to‗plash, boyitish, gidro-, piro- va elektrometallurgik jarayonlar asosida qayta
ishlash, toza metall yoki qotishmalar ishlab chiqarishni hamda quymakorlik
jarayonlarini o‗zida birlashtiradi. Rangli metallurgiya mamlakatni elektrlashtirish,
uning mudofa qudratini mustahkamlash,
atom texnikasi, samolyotsozlik,
raketasozlikni rivojlantirish, mashinasozlik va kimyo sanoati uchun juda zarurdir.
Respublikamiz yalpi sanoat mahsuloti hajmida rangli metallurgiyaning salmog‗i 15
% ni tashkil etadi. Rangli metallurgiyaning asosiy mahsulotlaridan bo‗lmish –
volfram va molibden ishlab chiqarish mamlakatimizda tez rivojlanmoqda. Chirchiq
vodiysidagi ―O‗zbekiston qiyin eruvchi va o‗tga chidamli metallar ishlab chiqarish
kombinati‖ muhim korxonalardan biri hisoblanadi. Bu korxona mahsulotlaridan
elektrotexnika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarida keng foydalaniladi.
Respublikamiz chet davlatlarga tozalangan misni eksport qiladi. Rangli metallar
respublikamiz iqtisodiyotining turli sohalarida ishlatiladi.
Mis sof holda kabellar
ishlab chiqarishda, qalay bilan qo‗shilib (bronza shaklida), nikel bilan qo‗shilib
(melxior shaklida), alyuminiy bilan qo‗shilib (duralyuminiy), rux bilan qo‗shilib
(latun shaklida) elektrotexnika va mashinasozlikda keng foydalaniladi.
Qo‗rg‗oshin – akkumulyatorlar ishlab chiqarishda, elektr kabellar ishlab
chiqarishda, rux bilan qo‗shilib temir buyumlarning zanglamasligi uchun ularni
sirlashda, oq tunuka va podshipniklar ishlab chiqarishda foydalaniladi.
Shuningdek, rangli metallar elektr tokini yaxshi o‗tkazganligi
sababli elektr
energiyasini iste‘molchilarga yetkazishda, aloqa tizimida juda ko‗p foydalaniladi.
Rangli metallurgiya mahsulotlari respublika iqtisodiyoti rivoji uchun eng asosiy
yo‗nalish bo‗lgan avtomobilsozlik, radio, elektronika kabi sanoat tarmoqlarida
ishlatiladi.