95
4. DIFFUZION HARAKATLANISH
4.1. QATTIQ JISMLARDAGI DIFFUZION HARAKATLANISH.
GAZLARDA DIFFUZION HARAKATLANISHI.
ERITMALARDA DIFFUZIYA HOLATI
Diffuziya hodisasi. Diffuziya lotincha so‗z bo‗lib diffuziya –
tarqalish,
sochilish degan ma‘noni anglatadi. Diffuziya – deb
bir modda molekulalarining
ikkinchi moddaga, ikkinchi modda molekulalarining birinchi moddaga o‗zaro
o‗tishiga aytiladi.
Gazlarda diffuzion harakatlanish. Diffuziya
hodisasiga misol tariqasida
xonada to‗kilgan atir hidining tarqalishi, suyuqlikka solingan shakar yoki tuzning
erishini keltirish mumkin.
Xonada atirning to‗kilgan vaqtini belgilab, undan bir necha metr masofada
o‗tiraylik.
Uning hidini darhol emas, balki ma‘lum vaqtdan so‗nggina sezamiz.
Nima sababdan shunday bo‗ladi? Chunki atir bug‗langanda molekulalarga ajralib,
havo molekulalari orasiga kirishadi. Molekulaning tezligi katta bo‗lsa-da, u o‗z
yo‗lida juda ko‗p marta havo molekulalari bilan to‗qnashib, o‗z yo‗nalishini
o‗zgartiradi.