Metallurgiya




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/158
Sana11.12.2023
Hajmi3,39 Mb.
#115552
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158
Bog'liq
pdf (2)

Nazorat savollari: 
1. Issiqlik sig‗imi deganda nimani tushunasiz?
2. Moddalarning issiqlik sig‗imi qanday aniqlanadi?
3. Sistemaning qanday parametrlari mavjud?
3.2. MОDDА IОNLАRINI GАZLАRDА, SUYUQLIKLАRDА VА 
QАTTIQ JISMLАRDА O„TKАZUVCHАNLIGI. IDЕАL GАZLАRDАGI 
O„TUVCHАNLIK. 
Issiqlik o„tkazuvchanlik. Issiqlik o‗tkazuvchanlik – bu haroratlar farqi 
borligi tufayli tutash muhitda issiqlikning molekulyar uzatilishidir. 
Issiqlik almashinuvining bunday usuli, asosan qattiq jismning ichida ham
shuningdek bir-biriga tegib turgan ikkita qattiq jism orasida ham sodir bo‗ladi. 
Issiqlik o‗tkazuvchanlik suyuqlik yoki gaz qatlami orqali ham amalga oshishi 
mumkin, lekin umuman olganda suyuqlik va gazlar (suyuqlangan metallar bundan 
mustasno) issiqlikni juda yomon o‗tkazuvchan hisoblanadi. 
Bir jinsli izotrop jismning isishini ko‗raylik. Barcha yo‗nalishlar bo‗yicha 
bir xil fizik xossalarga ega bo‗lgan jismlarga izotrop jismlar deb aytiladi. Bunday 
jismni isitish vaqtida uning turli nuqtalaridagi harorat vaqt bo‗yicha o‗zgaradi va 
issiqlik yuqori harorat sohasidan past harorat sohasiga tarqaydi.
Vaqtning ayni paytida ko‗rib chiqilayotgan fazoning barcha nuqtalaridagi 
harorat qiymatlarining yig‗indisi harorat maydoni deyiladi. Harorat maydoni 
quyidagi tenglama bilan ifodalanadi: 
t=f(x,y,z,

)
bu yerda x,y,z – nuqta koordinatalari

- vaqt. 
Agar jismning harorati koordinata va vaqtning funksiyasi bo‗lsa, u holda 
harorat maydoni nostatsionar bo‗ladi: 
t=f(x,y,z,

); 

t/


Agar jismning harorati faqat koordinataning funksiyasi bo‗lib, vaqt 
davomida o‗zgarmasa, u holda harorat maydoni statsionar bo‗ladi. 


87 
t=f(x,y,z); 

t/

=0 
Harorat maydoni uchta, ikkita va bitta koordinataning funksiyasi bo‗lishi 
mumkin va mos ravishda, u uch, ikki va bir o‗lchamli deyiladi. Hamma nuqtalarida 
harorat bir xil bo‗ladigan sirt izotermik sirt deyiladi. 
Fazoning ayni nuqtasining o‗zida bir vaqtda ikki xil harorat bo‗lishi mumkin 
emasligi uchun, turli izotermik sirtlar hech vaqt bir-biri bilan kesishmaydi. 
Ularning barchasi jism sirtida tugaydi yoki butunlay uning ichida joylashadi. 
Jismning harorati izotermik sirtlarni kesib o‗tadigan yo‗nalishlardagina o‗zgaradi 
(11-rasm). 

Download 3,39 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   158




Download 3,39 Mb.
Pdf ko'rish