• Suvning uchlanma nuqtasi, ya’ni qattiq, suyuq va gazsimon fazalarining muvozanatli holatini aniqlovchi nuqta
  • Makroskopik sistema parametrlari




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet52/158
    Sana11.12.2023
    Hajmi3,39 Mb.
    #115552
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158
    Bog'liq
    pdf (2)

    Makroskopik sistema parametrlari. Juda ko‗p sonli atom va 
    molekulalardan tashkil topgan sistema - makroskopik sistema deb ataladi. 
    Makroskopik sistema holatini to‗la ravishda aniqlay oladigan fizik kattaliklar 


    84 
    makroskopik parametrlar deb ataladi. Shu parametrlar va ularning o‗lchov 
    birliklari bilan tanishaylik. 
    Hajm. Tashqi kuchlar ta‘siriga qaramay qattiq jism molekulalari orasida 
    o‗zaro ta‘sir kuchli bo‗lgani uchun o‗zlarining hajmlari va shaklini, suyuqliklar esa 
    o‗z hajmlarini saqlaydilar. Gazlar esa molekulalar orasida o‗zaro ta‘sir kuchsiz 
    bo‗lgani uchun o‗zi solingan idish hajmini egallaydi. Shunday qilib, sistema hajmi 
    degan fizik kattalik kiritiladi, hajm 
    3
    larda o‗lchanadi. 
    Harorat. Moddaning issiqlik holatini xarakterlash uchun termodinamik 
    kattalik harorat tushunchasi kiritiladi. 
    SI da haroratning absolyut termodinamik shkalasi, ya‘ni Kelvin shkalasi 
    asosiy birlik sifatida qabul qilingan. Suvning uchlanma nuqtasi, ya’ni qattiq, 
    suyuq va gazsimon fazalarining muvozanatli holatini aniqlovchi nuqta 
    haroratigacha bo‘lgan harorat intervalining 1/273,16 qismi bir kelvin (K) deb 
    qabul qilingan. Bu birlikdan tashqari, haroratni o‗lchashda Celsiy shkalasi keng 
    qo‗llaniladi. Normal bosimda muzning erishi va suvning qaynash haroratlari 
    intervalining 1/100 ulishi celsiy shkalasidagi 1

    C ni beradi. Suvning muzlash, erish 
    va bug‗lanish fazalarining muvozanatli holatiga to‗g‗ri kelgan haroratni 0

    C deb 
    olsak, u vaqtda uchlanma nuqtaning harorati kelvin shkalasida 273,16 K shu 
    sharoitda suvning qaynash harorati esa 373,16 K teng bo‗ladi. 
    Demak, Kelvin va Selsiy shkalalari orasidagi bog‗lanish quyidagi tenglama 
    bilan ifodalanadi: 
    T = 273, 16 + t 
    bunda sistemaning Kelvin shkalasi bo‗yicha o‗lchangan harorat T harfi 
    bilan, Selsiy shkalasi bo‗yicha o‗lchangan harorat esa t harfi bilan belgilanadi. 

    Download 3,39 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   158




    Download 3,39 Mb.
    Pdf ko'rish