99
2. Metallar issiqlik va elektrni yaxshi o‗tkazadi.
Metallarning elektr
o‗tkazuvchanligi harorat ortishi bilan pasayadi va aksincha, qarshiligi harorat
ortishi bilan ortadi.
3. Ko‗pchilik metallar odatdagi sharoitda kristall holatida bo‗ladi,
ularning
koordinatsion soni katta qiymatga ega (8 va 12 ga teng)
4. Metallar bolg‗alanuvchan, cho‗ziluvchan va yassilanuvchi bo‗ladi.
5. Metallar elektr musbat elementlardir, ya‘ni ularning oksidlari ko‗pincha
suv bilan birikib asoslar hosil qiladi.
Metallarda bu 5 xususiyatning borligiga asoslanib,
metallarning ichki
tuzilishi haqida ma‘lum tasavvur yaratish mumkin. Masalan, metall yorug‗likni
qaytarish xususiyatiga ega bo‗lgani uchun juda yupqa metall plastinka ham shaffof
(tiniq) bo‗lmaydi. Bunga asoslanib, metall juda zich tuzilgan (ya‘ni metallarning
hajm birligida juda ko‗p atomlar bor) deyish mumkin.
Metallarning issiqlik va elektrni yaxshi o‗tkazishi - zaryadlangan zarrachalar
metallning kristallari orasida oson harakatlanishi haqida ma‘lumot beradi. Nihoyat,
metallarning elektromusbat elementlar jumlasiga kirishi –
valent elektronlarning
metall atomidan osongina chiqib keta olishini ko‗rsatadi. Lekin bu (metallar)
xususiyatlarining hech qaysisi oddiy moddalarning ―metall‖ yoki ―metallmaslar‖
sinfiga ajratish uchun asos bo‗la olmaydi. Oddiy moddalarni ―metall‖ yoki
―metallmaslar‖ sinfiga ajratish uchun kimyoviy bog‗lanishlar tipini asos qilib olish,
ko‗p masalalarni izoh qilib olishda juda to‗g‗ri xulosalarga olib keladi. Demak,
zarrachalar orasida metall bog‗lanishli oddiy moddalarni metallar jumlasiga,
kovalent bog‗lanishli oddiy moddalarni esa metallmaslar jumlasiga kiritish kerak.
Odatdagi haroratda elektronlar metallar sirtidan chiqib keta olmaydi,
chunki
metallda erkin elektronlarni musbat zaryadli ionlar katta kuch bilan tortib turadi.
Metallga tashqaridan elektr maydoni berilganda, elektronlar tartibsiz harakatini
yo‗qotib ma‘lum yo‗nalishda yugura boshlaydi. Elektronlarning
bu harakatiga
musbat ionlar to‗sqinlik qiladi. Harorat ko‗tarilishi bilan ionlarning tebranish
harakati kuchayib tebranish amplitudalari kattalashadi. Shunda ionlarning
elektronlar bilan to‗qnashish ehtimolligi ortadi. Binobarin, elektronlarning ma‘lum
100
yo‗nalish sari harakati qiyinlashadi.
Boshqacha aytganda, metallning elektr
o‗tkazuvchanligi harorat ortganda kamayadi. Metallardan ―asl‖ metallar oltin,
platina, kumush, (bazan mis, kalay, simob)
tabiatda erkin, ya‘ni, tug‗ma holatda
uchraydi. Metallarning asosiy massasi Yer qobig‗ida birikmalar holida uchraydi.
Sof metallarning sanoat miqyosida hosil qilish uchun yaroqli tabiiy xomashyosi