103
parchalanish va almashinish jarayonlariga asoslangan. Texnikada bu jarayonlar
metallurgiyaning turli ko‗rinishlarida amalga oshiriladi. Qaytarilish (tiklanish)
jarayonlariga misol tariqasida quyidagi reaksiyalarni keltiramiz:
a) qalayning ko‗mir bilan qaytarilishi:
SnO
2
+ 2C → Sn + 2CO
b) rux oksidining uglerod (II) oksidi bilan qaytirilishi:
ZnO + CO → Zn + CO
2
d) molibden oksidning vodorod bilan qaytarilishi:
MoO
3
+ 3H
2
→ Mo + 3H
2
O
e) titan xloridning natriy ta‘sirida qaytarilishi:
TiCl
4
+ 4Na → Ti + 4NaCl
f)
metall oksidlarining Si, Al, Mg va boshqalar ta‘sirida qaytarilishi:
3Mn
3
O
4
+ 8Al → 9Mn + 4Al
2
O
3
g) metall ionlarining katodda qaytarilishi:
Ni
2+
+ 2e- → Ni
h) nodir metallarning kompleks birikmalaridan qaytarilishi:
2K[Au(CN)
2
] + Zn → K
2
[Zn(CN)
4
] + 2Au
Termik parchalanish jarayonlariga misol tariqasida quyidagi reaksiyalarni
keltiramiz:
a) sirkoniy (IV) yodidning cho‗g‗langan volframda termik
parchalanishi:
ZrJ
4
→ Zr + 2J
2
b) nikel karbonilning termik parchalanishi:
Ni(CO)
4
→ Ni + 4CO
d) germaniy (II) yodidning yuqori haroratda parchalanishi:
2GeJ
2
→ GeJ
4
+ Ge
Termik parchalanish yo‗li
bilan bulardan tashqari Cr, Fe, V, Nb va Ta kabi
metallar ham olinadi.
Simobdan (va qisman seziydan) tashqari barcha metallar odatdagi sharoitda
o‗ziga xos yaltiroqlikka ega bo‗lgan qattiq jismlardir. Metallarning fizik xossalari
104
jumlasiga
ularning optik, termik, mexanik, elektr va boshqa xossalari kiradi.
Metallarning xossalari – ularning yaltiroqligi va shaffof emasligidir. Alyuminiy va
magniy yaxlit holatda ham, kukun holatda ham yaltiroq metall, boshqa metallar esa
faqat tekis sirtli yaxlit holatdagina yaltiroq bo‗lib, kukun holatda yaltiroq emas.
Kumush, palladiy va indiy eng ko‗p metall yaltiroqlikka ega. Shuning uchun ham
kumush va palladiy ko‗zgu ishlab chiqarishda ishlatiladi. Ko‗p metallar to‗q
kulrang bilan oq kumushrang orasidagi tusga ega. Oltin va seziy sariq,
vismut
qizg‗ish, mis to‗q sariq rangga ega. Metallarning bug‗lari alangani ma‘lum tusga
bo‗yaydi. Masalan, natriy – sariq, kaliy – binafsharangga, stronsiy – qizil, kalsiy –
qovoqrangga bo‗yaydi. Bu hodisa asosida spektral analiz usuli yaratilgan. Yerdagi
va kosmosdagi moddalarning atom spektorlarini tekshirish natijasida o‗sha
moddalarning kimyoviy tarkibi aniqlaniladi.
Metallar ularning zichligiga qarab yengil va og‗ir metallarga ajratiladi. Zichligi
5 g/sm
3
dan kichiklari yengil
metallar hisoblanib, eng yengil metall – litiydir
(ρ=0,534 g/sm
3
). Zichligi 5 g/sm
3
dan kattalari esa og‗ir metallar hisoblanib, eng
og‗ir metall – osmiydir (ρ=22,61 g/sm
3
). Eng yumshoq metall – ishqoriy
metallardir, eng qattiq metall esa – xrom. Simobning suyuqlanish harorati eng past.
Volframning suyuqlanish harorati esa eng yuqori,
shuning uchun volfram
cho‗g‗lanma lampalarda spiral sifatida ishlatiladi.
Metallarning elektr o‗tkazuvchanligiga ko‗ra quyidagi qatorga terish mumkin:
Ag, Cu, Au, Cr, Al, Mg, Na, Tl, W, Be, Li, Fe.... Hg, Bi
Metall begona moddalar qo‗shimchasidan tozalanganida uning elektr
o‗tkazuvchanligi ortadi. Metallarning issiqlik o‗tkazuvchanligi ularning elektr
o‗tkazuvchanligi bilan parallel ravishda o‗zgaradi. Metallardan issiqlik o‗tishida
ham elektronlar ishtirok etadi. Ular kristall
panjara ichida harakatlanib, issiqlik
energiyasini metallning issiq qismidan sovuq qismiga o‗tkazadi.
Metallarni birikmalaridan bir-birini siqib chiqarish xossasiga asoslanib,
quyidagi
Beketov qatoriga terish mumkin:
Li, K, Ca, Na, Mg, Al, Mn, Zn, Fe, Cd, Co, Ni, Sn, Pb,
H