94
suyuqlik yuzasiga qalqib chiqishiga olib keladi, bu esa harakatlanishni keltirib
chiqaradi. Erkin harakatning jadalligi suyuqlik turiga, makrozarralarining
haroratlari farqiga va jarayon bo‗layotgan hajmga bog‗liq. Suyuqlikning majburiy
harakatlanishi yoki majburiy konveksiya tashqi qo‗zg‗atuvchilar: ventilyatorlar,
nasoslar va shunga o‗xshashlarning ta‘sir etishi bilan bog‗liq. Bular yordamida
suyuqlikni harakatlanish tezligini keng ko‗lamda o‗zgartirish va shu bilan issiqlik
almashinuv tezligini boshqarish mumkin.