Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/21
Sana01.12.2023
Hajmi1,17 Mb.
#108996
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Gips ishlab chiqarish uchun jagʻli maydalagichni hisoblash Mirabbos

 
 


Imzo 
Sana 
TDTU OF 5320400 
11D 
– 20KT Xudoyberdiyev M. 
Varoq
24 
3.2 JAGʻLI MAYDALASH QURILMASINING ISHLASH PRINSIPI 
Jagʻli maydalagichlar ruda va qurilish mahsulotlarini yirik va oʻrta maydalash uchun 
ishlatiladi. Jagʻli maydalagichlarda mаʼdаnni maydalash qoʻzgʻаluvchi va qoʻzgʻalmas 
yuzalar (plitalar) orasidagi boʻshliqda ezilish, qisman parchalanish va sinish natijasida 
sodir boʻladi. Mаʼdаn yuqori tarafdan plitalar orasidagi boʻshliqqa beriladi va ularning 
yaqinlashishi vaqtida maydalanadi, maydalangan mahsulot esа qoʻzgʻаluvchi yuza har 
safar qoʻzgʻalmas yuzadan uzoqlashganda boʻshatish tuynugi orqali tushirib olinadi. Jagʻli 
maydalagichlar sanoatda oddiy va murakkab harakatlanuvchi yuzali qilib ishlab 
chiqariladi. Bu yuz sharnirli oʻq yoki ekssentrik valga osilgan boʻlib, qoʻzgʻalmas yuzga 
goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashib tebranishlar hosil qiladi (6-rаsm). Birinchi turdagi 
maydalagichlar sanoatda keng qoʻllanilib, ikkinchi turdagisi esа faqat laboratoriya va 
yarim sanoat tadqiqotlari uchun tayyorlanadi. Tebranuvchi harakatni yuzа uzatuvchi 
mexanizm orqali ekssentrik valdan oladi. Murakkab harakatlanuvchi qoʻzgʻaluvchi yuzali 
maydalagichlarda bu yuzа uzatuvchi ekssentrik valga sharnir orqali osilgan boʻlib, uning 
pastki qismi esа tirgakli plita orqali sharnirga ulangan. Jagʻli maydalagichlarda 
maydalangan mahsulotning yirikligi, boʻshatish tuynugining kengligi (yuzаlar orasidagi 
minimal masofa) bilan aniqlanadi. 
Boyitish fabrikalari, ochiq kon va shaxtalarda mаʼdаnni va boshqa mahsulotlarni 
yirik maydalashda yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi qoʻzgaluvchi yuzаli 
maydalagichlar keng qoʻllaniladi. Bu yuqori quvvatli maydalagichlar sodda tuzilishga va 
uncha katta boʻlmagan balandlikka egа boʻlib, ular ishlashda ishonchli hisoblanadi. 
Materiallarni jagʻli maydalagichda imkon boricha maydalash, qachonki jagʻlar 
orasida burchak muayyan kattalikdan oshib ketmaganda mumkin boʻladi. Burchak 
kattaligi shu chegaradan oʻtib ketganda, maydalanadigan materialni ishgʻol qilib 
boʻlmaydi va u yuqoriga qarab itarib yuboradi. Boshqa tomondan, shubhasiz kichik 
qiymatdagi burchakda materialning maydalanish darajasi juda kichik boʻladi. Bu esa ish 
unumdorligini kamayishiga olib keladi. Jagʻli maydalagichda maydalash jarayonida 
elektrodvigatelga doimiy ravishda katta ogʻirlik tushmaydi va u maydalashning 
koʻchaytirilishiga bogʻliqdir. Ishlash jarayonida maydalashning kuchaytirilishi maksimal 
qiymatga chiqadi, boʻsh holda esa nolga tengdir. Bu maydalagich yuqoridagi hozirgi 


Imzo 
Sana 
TDTU OF 5320400 
11D 
– 20KT Xudoyberdiyev M. 
Varoq
25 
zamonaviy jagʻli maydalagichdan farqi shuki ishlab chiqarish samaradorligi, 
elektrodvegatel quvvati,maxovik massasi bilan farqlanadi 
Bu maydalagichlar asosan tabiiy tosh materiallarini maydalashga moʻljallangan 
boʻlib, ular kareyrlarda, sheben, klinis, harsang toshlarning konida joylashtiriladi. Bu 
maydalagich Oʻzbekiston sharoitida zavod sharoitining oʻzida joylashgan, Xitoyda bu 
maydalagichni bevosita togʻ oldi, togʻ yon bagʻrlarida joylashtiriladi. Chunki aholining 
koʻpligi, maydalagichning kattaligi, ogʻirligi sababli qolaversa harsang toshlarni zavodga 
olib kelib boʻlmaydi.Respublikamizda Surxon — Sherobod, Jizzax-Samarqandda, 
Xorazm-Navoiy hududlarida togʻ oldi rayonlariga oʻrnatilgan.Bu maydalagichlar asosan 
katta va kichik boʻlib,kattalari kareyrlarning oʻzida maydalab mashinalar orqali zavodga 
yuboriladi. Keyinchalik kichik jagʻli maydalagichga maydalash uchun tashlanadi. Bu 
maydalagichlar modeli 160x250,250x400 li maydalagichlardan foydalaniladi. 
Yuqorida osilgan va sodda harakatlanuvchi jagʻli maydalagichning korpusi (qutisi) 
old 1, orqa 8 va ikkita yonbosh 16 devorlardan iborat. Oldingi devor qoʻzgʻalmas yuz rolini 
oʻynaydi. Qoʻzgʻaluvchi yuz ikkita podshipnikka tayangan oʻqga osilgan. Maydalagich 
ichki sathini hosil qiluvchi korpusning oldi va yonbosh devorlarining ichki yuzasi 
marganetsli poʻlat yoki toblangan choʻyandan yasalgan almashinuvchi plitalar 2 bilan 
qoplangan. Podshipniklarga mahkamlangan ekssentrik val (6)ga vertikal yoʻnalishda 
qaytarma-ilgarilama harakat qiluvchi shatun (7)ning boshi oʻrnatilgan. Shatun yuqoriga 
harakatlanganda plitalar orasidagi burchak kattalashadi va qoʻzgʻaluvchi yuzа qoʻzgʻalmas 
yuzаga yaqinlashadi. Bunda mahsulot ezilish, qisman esа siljish va buqilish hisobiga 
maydalanadi. Deformatsiyaning siljish va buqilish kabi turlari qoplovchi plitalar 
yuzasining qirraligi bilan tushuntiriladi. 

Download 1,17 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish