|
Metodologiya
|
bet | 1/2 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 89 Kb. | | #147591 |
Bog'liq Global innovatsiyalar indeksi 09.09.23
Global innovatsiyalar indeksi (GII) innovatsiyalarga asoslangan iqtisodiy oʼsishning koʼp qirrali jihatlari toʼgʼrisida maʼlumot beradi. 2022 yilgi hisobotga koʼra 131 ta davlatlar uchun 81 ta batafsil oʼlchov mezonlari hisoblab chiqilib, GII iqtisodiyotlarning innovatsion samaradorligini baholovchi yetakchi koʼrsatkichlardan biriga aylandi. Hozirgi kunga kelib, GII siyosatchilar, investorlar va boshqa manfaatdor tomonlar uchun yillik innovatsion taraqqiyotni baholash imkonini beradigan muhim qiyosiy vositalardan biriga aylandi.
GII hisobotini nashrga chiqarish paytida dunyo pandemiya va siyosiy murakkab vaziyatning iqtisodiy va ijtimoiy taʼsirini yengish uchun kurashmoqda. Endi har doimgidan ham koʼproq innovatsiya – birinchi navbatda global ishlab chiqarish zanjirlaridagi uzilishlar natijasida mahalliy ishlab chiqarish uchun zarur xom-ashyo materiallarini mahalliylashtirish – mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy barqarorligiga salbiy ta’sirlarni engib o’tishga uchun eng yaxshi umid. GII 2022 hisobotida raqamli va fundamental innovasiyalar kelajakda mehnat unumdorligi va iqtisodiy yuksalishning asosi bo’lishi ta’kidlanib o’tildi.
Metodologiya
GII yangi nashri oldingi hisobotlardagi innovatsiyalarni baholashdagi kamchiliklarni yangi maʼlumotlarni oʼzlashtirish hamda eng soʼnggi izlanishlar amalda qoʼllash bilan ishlab chiqiladigan loyiha hisoblanadi. GII ikkita sub-indekslarga asoslanadi – Innovatsiyalar kiritish sub-indeksi va innovatsiyalar natijalari sub-indekslaridir. Mazkur sub-indekslar quyidagicha hisoblanadi:
“Innovatsiyalarga sarmoya” sub-indeksi: besh (5) turdagi kiritmalar komponentlari milliy iqtisodiyotning innovatsion faoliyatini taʼminlovchi elementlarni qamrab oladi, bular: Institutlar sifati, Inson kapitali va ilmiy-tadqiqotlar faoliyati, infratuzilma, Bozor rivojlanishi va Biznesni rivojlantirish. Mazkur komponentlar iqtisodiyotda innovatsiyalar rivojlanishiga koʼmak beradigan muhitning jihatlarini belgilaydi.
“Innovatsion mahsulotlar” sub-indeksi: innovatsion faoliyat natijalari iqtisodiyotdagi innovatsion faoliyat samarasidir. Garchan sub-indeks faqat ikkita komponentdan iborat boʼlsada, GIIning umumiy bahosini hisoblashda sub-indeksi bilan bir xil vaznga ega. Ikkita (2) faoliyat natijalari: Fan va texnologiyalar va ijodiy mahsulotlar.
GIIning umumiy bahosi kiritma va natijalar sub-indekslarining oʼrtacha qiymatiga teng.
Har bir komponent uchta ko‘rsatkichlarga boʼlinadi, shu jumladan, har bir koʼrsatkich individual elementlarga boʼlinadi – jami 81 ta. Har bir davlat 0 dan 100 oraligʼidagi tegishli normallashtirilgan ballari boʼyicha baholandi.
normallashtirilgan ballari boʼyicha baholandi.
|
| |