-modda. Asosiy tushunchalar




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

3-modda. Asosiy tushunchalar 
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qo„llaniladi: 
akkreditatsiya 
— yuridik shaxslarning muayyan faoliyat sohasida muvofiqlikni 
baholashga doir ishlarni bajarishga vakolatli ekanligini Milliy akkreditatsiya organi 
tomonidan rasman tasdiqlash; 
akkreditatsiya sohasi 
— muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya chog„ida 
Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadigan faoliyati sohasi; 
inspeksiya nazorati 
mahsulotni, ishlab chiqarish jarayonlarini, xizmatlarni, 
menejment tizimlarini, muvofiqlikni baholash organlarini ularning muvofiqlikni baholash 
davrida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladigan 
davriy qayta baholash tartib-taomili; 
inspeksiya organi 
— yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi 
inspeksiyani va inspeksiya nazoratini o„tkazish uchun belgilangan tartibda akkreditatsiya 
qilingan yuridik shaxs; 
milliy akkreditatsiya tizimi 
— muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya 
qilish qoidalari va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek 
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida 
faoliyat ko„rsatuvchi tizim; 
muvofiqlikni baholash 
— mahsulot, ishlab chiqarish jarayonlari, xizmatlar, 
menejment tizimlari, xodimlar, muvofiqlikni baholash organlarining normativ-huquqiy 
hujjatlar, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga 
muvofiqligini aniqlash bo„yicha faoliyat; 
muvofiqlikni baholash organlari 
— yuridik shaxs bo„lgan va muvofiqlikni 
baholashga doir ishlarni bajarish uchun belgilangan tartibda akkreditatsi ya qilingan 
inspeksiya organlari, sinov va kalibrlash laboratoriyalari (markazlari), mahsulotni, 
xizmatlarni, menejment tizimlarini, xodimlarni sertifikatlashtirish organlari; 

Download 3,8 Mb.
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish