5-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-
taomillarini qo„llash;
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
akkreditatsiya
qilingan
muvofiqlikni
baholash
organlarining
xizmatlaridan
foydalanishga to„siqlar qo„yishga va ular o„rtasidagi raqobatni cheklashga yo„l qo„ymaslik;
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo„riqlanadigan boshqa sirning
saqlanishi;
Oldingi tahrirga qarang. akkreditatsiya
bo„yicha
faoliyatni
sertifikatlashtirishga,
muvofiqlikni
deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani
amalga
oshirishga,
mahsulot
sinoviga,
sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalar
ini berishga, ekologik ekspertiza o„tkazishga
doir faoliyat bilan qo„shib olib borilishiga yo„l qo„ymaslik.
Muvofiqlikni baholash obyektlari quyidagilardan iborat:
mahsulot;
ishlab chiqarish jarayonlari;
xizmatlar;
menejment tizimlari;
akkreditatsiya
qilinishga talabgor bo„lgan yuridik shaxslar;
muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo„lgan
mutaxassislar;
muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan o„tkazilishi chog„ida ushbu
organlarning o„zi.
7-modda. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish Muvofiqlikni baholash:
akkreditatsiya qilish;
sertifikatlashtirish;
muvofiqlikni deklaratsiyalash;
inspeksiya nazorati;
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya;
mahsulot sinovi;
152
Oldingi tahrirga qarang. sanitariya-epidemiologiya,
veterinariya,
veterinariya-sanitariya,
fitosanitariya
xulosalari yoki ekologik ekspertiza yo„li bilan amalga oshiriladi.