-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi 
vakolatlari 
Maxsus vakolatli davlat organi: 
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi; 
mamlakatda 
metrologiyaga 
oid 
faoliyat 
sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo 
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi; 
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini 
o‘rnatadi, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta‘minlaydi; 
o‘lchash uslublari, vositalari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni 
belgilaydi; 
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid 
faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi; 
davlat sinovlaridan o‘tgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan 
O‘lchash vositalarining davlat reestrini yuritadi; 
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan 
hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi; 
ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi; 


158 
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni 
amalga oshiradi; 
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni 
bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb 
etadi; 
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi; 
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash tizimi 
ishlashi va rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik 
birliklari tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta‘minlaydi; 
iste‘molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda 
davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir 
chora-tadbirlarni amalga oshiradi; 
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan o‘lchashlarning 
yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan 
ma‘lumotni oladi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi

Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish