160
vositalarining funktsional qismlariga (shu jumladan dasturiy ta‘minotga) kirish cheklanishini
ta‘minlashi kerak.
Quyidagilar texnik vositalar,
qurilmalar, moddalar va (yoki) materiallarning o‘lchash
vositalari va (yoki) sinov vositalari jumlasiga kiritish mezonlari hisoblanadi:
qiymatlari ma‘lum vaqt davomida o‘zgarmas deb qabul qilinadigan normalangan
metrologik xususiyatlarga va texnik tavsiflarga ega bo‘lishi;
o‘lchash natijalarining belgilangan aniqlikda qonuniylashtirilgan birliklarda bo‘lishini
ta‘minlash qobiliyati, shuningdek sinov
natijalarining ishonchliligi;
mexanik, elektrik, optik, fizik-kimyoviy, elektron printsiplarda ishlashi.
Quyidagi hollarda texnik vositalar o‘lchash vositalari va (yoki)
sinov vositalari
hisoblanmaydi:
indikator funktsiyasiga ega bo‘lganda;
natijalari o‘lchash va (yoki) sinov hisoblanmaydigan, faqat dastlabki baholash uchun
foydalanilganda;
faqat o‘lchash va (yoki) sinov natijalari haqida axborot uzatish funktsiyalarini bajarganda.