• 14-modda. Kattalik birliklari
  • -bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet134/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    3-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish 
    13-modda. O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ 
    hujjatlar 
    Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi 
    hududida majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir 
    normativ hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi 
    tomonidan amalga oshiriladi. 
    O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir 
    normativ hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
    o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti
    o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti; 
    o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti
    sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti. 
    O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta‘minlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga 
    metrologiya tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham 
    kiradi. 
    O‘lchash 
    vositalarini 
    qiyoslash 
    va 
    kalibrlash 
    uslubiyotlari, 
    sinov 
    vositalarini 
    attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. 
    O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi. 
    14-modda. Kattalik birliklari 
    O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan 
    tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Kattalik birliklarining nomlari, belgilari, ularni yozish va qo‘llash 
    qoidalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
    Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
    O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar tizimiga 
    kiritilmagan birliklarni qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. 
    Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shartnoma shartlariga muvofiq o‘zga 
    kattalik birliklaridan ham foydalanish mumkin. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish