• 22-modda. Davlat metrologiya nazorati
  • 23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati
  • -modda. Davlat metrologiya tekshiruvi




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet137/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    21-modda. Davlat metrologiya tekshiruvi 
    Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob‘ektlarining metrologik, texnik tavsiflarini 
    aniqlash va (yoki) tasdiqlash maqsadida davlat metrologiya tekshiruvi amalga oshiriladi. 
    Davlat metrologiya tekshiruvi: 
    o‘lchash vositalarining turini tasdiqlash maqsadida sinovdan o‘tkazish; 
    o‘lchash vositalarini va o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan 
    o‘tkazish; 
    o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni qiyoslash, kalibrlash
    sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish. 
    22-modda. Davlat metrologiya nazorati 
    Davlat 
    metrologiya 
    nazorati 
    texnik 
    jihatdan 
    tartibga 
    solish 
    sohasidagi 
    normativ 
    hujjatlarning, shuningdek boshqa qonun hujjatlarining metrologiyaga oid talablarga rioya etilishi 
    ustidan amalga oshiriladi. 
    Davlat metrologiya nazorati: 
    o‘lchash vositalarining (shu jumladan etalonlar, standart namunalar, axborot-o‘lchash 
    tizimlari) ishlab chiqarilishi, ta‘mirlanishi, prokatga berilishi, realizatsiya qilinishi, ularning holati 
    va qo‘llanilishi; 
    o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; 
    belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi, shuningdek akkreditatsiya 
    qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari va laboratoriyalari faoliyati
    o‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
    miqdori ustidan amalga oshiriladi. 
    Davlat metrologiya nazoratini amalga oshiruvchi shaxslarning huquqlari, majburiyatlari va 
    javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi. 


    162 
    23-modda. O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya 
    nazorati 
    O‘ramlarga qadoqlangan tovarlarning ularni maydalab qadoqlash va sotish chog‘idagi 
    miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati davlat metrologiya xizmatining vakolatli organlari 
    tomonidan o‘tkaziladi. 
    O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati o‘ram 
    tarkibini o‘ramni ochmasdan yoki deformatsiya qilmasdan o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan 
    taqdirda, o‘ramdagi tovar miqdorini ko‘rsatuvchi massa, hajm, uzunlik, maydon yoki boshqa 
    kattaliklar esa o‘ramda belgilangan hollarda amalga oshiriladi. 
    O‘ramlarga qadoqlangan tovarlar miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati suyuq 
    holdagi qadoqlangan tovarlar uchun iste‘mol idishi sifatida foydalaniladigan o‘lchamli idishlarga 
    nisbatan ham tatbiq etiladi. 
    O‘ramlardagi qadoqlangan tovarlarning miqdori ustidan davlat metrologiya nazorati 
    tekshiruv xaridi orqali amalga oshirilishi mumkin. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish