• Maxsus etalon
  • birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga bo‘linadi. 


    167 
    Birlamchi etalon - birlikni mamlakatda (shu birlikning boshqa etalonlarga nisbatan) eng yuqori 
    aniqliq bilan qayta tiklashini ta‘minlaydigan etalon. 
    Asosiy birliklarning birlamchi etalonlari birliklarni ularning ta‘rifiga muvofiq qayta tiklaydi. 
    Birlamchi etalonga misol qilib, uzunlik birligining etaloni metr misol bo‘ladiki, u o‘lchash 
    vositalarining kompleksidan iborat bo‘lib, yorug‘lik to‘lqinining vakuumdagi 1/299792458 s ga 
    teng bo‘lgan vaqt intervalida o‘tgan yo‘lining birligini qayta tiklanishini keltirish mumkin. 
    O‘lchanadigan kattalikning butun diapazoniga (ko‘lamiga) bitta birlamchi etalon bilan xizmat 
    ko‘rsatish texnik jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmaganda, butun ko‘lamning qamrab olinishini 
    ta‘minlaydigan shu diapazonning (ko‘lamning) qismlariga xizmat ko‘rsatadigan bir nechta 
    birlamchi etalonlar yaratilgan.Bu holda «qo‘shni» birlamchi etalonlar bilan qayta tiklanadigan 
    birliklarning o‘lchamlari o‘zaro muvofiqlashtiriladi. 
    Etalonlarning bunday «zanjiri» ga termodinamik harorat birligining o‘zaro muvofiqlashtirilgan 
    etalonlari misol bo‘ladi, ularning har biri haroratni berilgan intervaldagi qiymatlari birligini qayta 
    tiklaydi. 
    Birlamchi etalonlarning yana bir turi maxsus etalon hisoblanadi. 
    Maxsus etalon - birlikning alohida sharoitlarda qayta tiklanishini ta‘minlaydigan va bu sharoitlar 
    uchun birlamchi etalon bo‘lib xizmat qiladigan etalon. 
    Maxsus etalonga 0,1-300 MGs chastota diapazonidagi 0,04-300 A li o‘zgaruvchan elektr toki 
    kuchining etaloni misol bo‘ladi. 
    Izoh - hozirgi vaqtda MDH davlatlarining metrologik amaliyotida ―maxsus etalon‖ atamasini 
    qo‘llashdan tobora chetlashilmoqda. Masalan, Rossiya va Ukrainada yangitdan tasdiqlanadigan 
    etalonlar uchun ―maxsus‖ atamasidan foydalanilmaydi. 
    Maxsus etalonlar birlikni alohida sharoitlarda qayta tiklanishi uchun yaratiladi (o‘ta past, yuqori, va 
    o‘ta yuqori chastotalar, energiya, xaroratlar, bosim, moddaning alohida xolati, o‘lchashlar 
    diapazonining chekka uchastkalari va shunga o‘xshashlar). Bunday xollarda birlik o‘lchamini 
    mavjud birlamchi etalonlardan to‘g‘ri uzatish texnik jihatdan talab etiladigan aniqlikda amalga 
    oshirilmaydi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    birlamchi, ikkilamchi va ishchi etalonlarga

    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish