|
o‘zgarmaslik, qaytariluvchanlikBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuao‘zgarmaslik, qaytariluvchanlik va solishtiriluvchanlik belgilariga (alomatlariga) ega bo‘lishi
lozim.
Etalonning o‘zgarmasligi deganda, u orqali qayta tiklangan birlik o‘lchamini chegaralanmagan
vaqt oralig‘i mobaynida o‘zgarmasdan saqlangan xususiyati tushuniladi.
Har xil tashqi ta‘sirlardan (xarorat, bosim, gravitasion va boshqa maydonlar va h.k.) yoki etalonni
ichki tuzilmasidan sodir bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar, kattalikni kerakli aniqlik bilan o‘lchash
uchun aniq funksiyada bo‘lishligini ta‘minlash zarur.
O‘zgarmaslikka qo‘yiladigan talab etalonni konstruksiyasini tanlashga, strukturasiga (tuzilmasiga),
alohida elementlarining materialiga, tayyorlash texnologiyasiga, saqlash va ishlatilishiga muayyan
shartlarni yuklaydi.
Etalonni o‘zgarmasligini ta‘minlash zarurati o‘z vaqtida birlikni qayta tiklashni tabiiylik prinsipini
qo‘llashga olib keldi yoki o‘lchash birligi sifatida ―o‘zgarmas birliklar‖ ni tanlashga to‘g‘ri keladi.
Bundan ikki yuz yillar avval ―o‘lchovlarning metrik tizimi‖ tuzilib, ta‘sis etilgan. Metrik tizim 1875
yil 20 mayda Parijda 20 ta mamlakatlar vakillarining konferensiyasida qabul qilingan va Metrik
Konvensiyasi nomini olgan. Konvensiya metrik etalonlarni saqlash va tekshirish uchun ilmiy
muassasa sifatida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro byurosini ham ta‘sis etdi. Metrik tizimning joriy
etilishi bilan kattaliklarning birliklari orasida muayyan qonuniyat asosida o‘zaro bog‘liqlik borligi
aniqlangan.Masalan, uzunlikning ―o‘zgarmas birligi‖ sifatida er meridianining qirq milliondan bir
ulushi tanlangan.O‘lchovlar va tarozilar XVII bosh konferensiyasining - O‘TBK (1983 y)
qarorlariga muvofiq uzunlik birligi metrni yangi ta‘rifi qabul qilingan (1-jadvalga qaralsin). Bu
ta‘rifga, shuningdek qiymati 8,8418817.10-12 F/m teng deb qabul qilingan vakuumning elektrik
doimiyligi
0 ham kiradi.
Bunga yaqqol misol qilib, uzunlik birligini yangi ta‘rifini keltirish mumkin, bunda fundamental
fizikaviy doymiylik (fizikaviy konstanta) - vakuumdagi yorug‘lik tezligi ishlatiladi, va bu ta‘rif
bo‘yicha tekis elektromagnit to‘lqinlarining vakuumda tarqalish tezligini qiymati S0- 299792458
m/s (aniq) ga teng deb qabul qilingan.
|
| |