• 27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish
  • 28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish
  • -modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet139/230
    Sana08.01.2024
    Hajmi3,8 Mb.
    #132465
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

    26-modda. O‘lchash vositalarini kalibrlash 
    O‘lchash vositalarini kalibrlash akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari tomonidan 
    amalga oshiriladi. 
    O‘lchash vositalarini kalibrlashda o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash 
    uchun mo‘ljallangan o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyotidan foydalaniladi. 


    163 
    Ushbu 
    Qonun 
    20-moddasi 
    birinchi 
    qismining 
    ikkinchi 
    — 
    o‘ninchi 
    xatboshlarida 
    ko‘rsatilganidan boshqa sohalarda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari ularni ishlab 
    chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish va ta‘mirlashda kalibrlashdan o‘tkazilishi 
    mumkin. 
    Akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmati tomonidan bajarilgan o‘lchash vositalarini 
    kalibrlash natijalaridan o‘lchash vositalarini qiyoslashda foydalanilishi mumkin. 
    O‘lchash vositalarini kalibrlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik asosida metrologiya 
    xizmatlari tashkil etilishiga yo‘l qo‘yiladi. 
    27-modda. Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish 
    Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish ularning normalangan texnik tavsiflari texnik 
    jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida 
    amalga oshiriladi. 
    Sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari 
    tomonidan amalga oshiriladi. 
    Sinov vositalarini attestatsiya qilishda sinov vositalarining normalangan texnik tavsiflari 
    texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini aniqlash 
    imkonini beruvchi sinov vositalarini attestatsiya qilish uslubiyotidan foydalaniladi. 
    28-modda. Metrologiya xizmatlarini metrologiya ishlarini va xizmatlarini amalga 
    oshirish huquqiga ega bo‘lish uchun akkreditatsiya qilish 
    Metrologiya xizmatlarini texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning 
    metrologik ekspertizasini, ushbu Qonunning 
    20-moddasida 
    nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi 
    va foydalanilishi mumkin bo‘lgan o‘lchash vositalarini, sinov vositalarini, o‘lchashlarni bajarish 
    uslubiyotlarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish, sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish, 
    o‘lchash vositalarini qiyoslash, kalibrlash va sinashni amalga oshirish huquqiga ega bo‘lishi uchun 
    akkreditatsiya qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 
    Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning metrologik ekspertizasini, 
    ushbu Qonunning 
    20-moddasida 
    nazarda tutilgan sohalarda qo‘llanilishi va foydalanilishi mumkin 
    bo‘lgan o‘lchash vositalarining, o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlarining metrologik attestatsiyasini, 
    sinov vositalarining attestatsiyasini, o‘lchash vositalarini qiyoslashni, kalibrlashni, sinashni amalga 
    oshiruvchi akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari faoliyatining inspektsiya nazorati qonun 
    hujjatlarida belgilangan tartibda o‘tkaziladi. 

    Download 3,8 Mb.
    1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   230




    Download 3,8 Mb.
    Pdf ko'rish