Etalonlarni qonuniy tasniflanishi




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Etalonlarni qonuniy tasniflanishi.Mazkur hudud yoki tashkilotdagi etalonlardan eng yuqori 
metrologik xossalarga ega bo‘lgan, birlikning o‘lchamini o‘ziga tobe o‘lchash vositalariga beruvchi 
va belgilangan tartibda rasmiy tasdiqlangan etalon boshlang‘ich etalon deyiladi. 
Qiyoslash sxemasida boshlang‘ich etalondan keyin turadigan etalonlar, odatda tobe etalonlar deb 
ham ataladi. 
Davlat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy 
(davlat) etalon deb ataladi. O‘zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, 
tasdiqlash, qayd qilish, saqlash va qo‘llash davlat standartida O‘z DSt 8.014:2002 belgilangan. 
―Milliy etalon‖ tushunchasining ta‘rifi, mohiyati jihatdan ―davlat etaloni‖ tushunchasining ta‘rifiga 
mos keladi. ―Milliy etalon‖ ta‘rifi ―Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro lug‘ati‖ ga 
mos keladi va bu ―davlat etaloni‖ va ―milliy etalon‖ atamalarining bir xil tushunchasini ifodalashini 
tasdiqlaydi. 
Shu sababli mamlakatimizda ―milliy etalon‖ atamasi alohida davlatlarga qarashli etalonlarni xalqaro 
etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi solishtirish ishlarini 
o‘tkazishda qo‘llaniladi. 


169 
Etalonlarning texnik infrastrukturasi, maxsus binolar, inshootlar, uskunalar etalon komplekslarining 
ajralmas qismi bo‘lib, ularning tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi. 
Milliy etalonlar davlatning strategik muhim va mutlaqo xususiyatlik ob‘ekti bo‘lib, uni sotish va 
sotib olish mumkin emas. 
Milliy etalonlarning muhimligi (qiymatliligi) o‘lchash birliligini ta‘minlashda ularning roli bilan 
hamda ko‘p holda aniq nushalash imkoniyatini yo‘qligi bilan va birlamchi etalonlarni yo‘qolgan 
hollarda qayta tiklash imkoniyatini yo‘qligi bilan aniqlanadi. Etalonlarning qiymatliligi muntazam 
metrologik tadqiqot (izlanish) lar va xalqaro solishtirishlar natijasida ularning xususiyatlarini 
o‘rganish va takomillashtirish bilan keskin oshadi. 
Milliy 
etalonlarning 
ilmiy-texnikaviy 
darajasi 
davlatning 
ilmiy 
va 
texnikaviy 
potensialining 
ko‘rsatkichi hisoblanadi va mamlakatning texnikaviy va iqtisodiy mustaqilligini va uning strategik 
maqsadlarini amalga oshirish, shu bilan bir qatorda milliy xavfsizligini ta‘minlash uchun etarli 
darajada bo‘lishi kerak. 
Milliy etalonlar bilan bir qatorda MDH davlatlar doirasida davlatlararo etalonlar ham mavjud. Bu 
etalonlar kelishuv asosida ishtirokchi davlatlar uchun boshlang‘ich etalon sifatida belgilangan 
tartibda tan olingan etalonlardir (bu etalonlar: ―Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash-
tirish sohasida kelishilgan siyosatni o‘tkazish olib borish to‘g‘risida‖ gi bitimga asosan). 
Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha qabul qilingan milliy 
etalonlardan iborat bo‘ladi. 
O‘lchashlar birliligini global masshtabda ta‘minlash uchun O‘lchashlar va tarozilar xalqaro byurosi 
(MBMV) da saqlanadigan xalqaro etalonlar qo‘llaniladi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish