Etalonlarning solishtirilishi -




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat 
solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni 
belgilovchi amallar majmuidir. 
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va 
uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak. 
Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va 
regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon – ega (davlat) si qabul qiladi. 
Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha 
ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi. 
Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak. 
Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon 
bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi.Solishtirish 
etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. 
Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki kombinasiyalangan bo‘lishi mumkin.Solishtirish 
tusini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning barqarorligiga 
qarab o‘tkaziladi. 
Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko‘p tomonlama 
solishtirishga bo‘linadi. 
Ko‘p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir. 
Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida O‘lchovlar va tarozilar 
xalqaro kamitetining (O‘TXK) va regional metrologik tashkilotlarning ruhsati va nazorati ostida 
o‘tkaziladi. Ular solishtiriluvchi etalonlarning ekvivalentligini tan olinishini va o‘lchashlarning 
hamda solishtirish ishtirokchilarining sertifikasion sinovlarining to‘g‘riligini yuridik asosini tashkil 
etadi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish