174
• davlat metrologiya xizmatini rivojlantirish;
• mavjud yuqori aniqlikdagi o‘lchash vositalari va
usullarini takomillashtirish, yangilarini
yaratish, o‘lchash,
nazorat
• va sinash vositalarini standartlashtirish;
• o‘lchash vositalari turini tasdiqlash maqsadida davlat sinovlari bo‘yicha
ishlarni tashkil
qilish;
• o‘lchash vositalarini metrologik attestatlash, qiyoslash va kalibrlash ishlarini tashkil qilish.
Ko‘rsatilgan
vazifalarni
amalga
oshirish
uchun
Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish
markazining qiyoslash laboratoriyalari yuqori aniqlikdagi qiyoslash
asbob-uskunalari hamda
namunaviy o‘lchash vositalariga ega.
Bugungi kunda Metrologiya instituti tarkibida o‘lchash vositalari ustidan davlat metrologik
nazorati bo‘yicha 7 laboratoriya faoliyat yuritadi.
04 bo‘lim. Massa kattaliklarini o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi
05 bo‘lim. Radiotexnik kattaliklarni va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur
etkazmasdan tekshirish ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi
06 bo‘lim.
Geometrik va mexanik kattaliklarni o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi.
07 bo‘lim. Elektr va magnit kattaliklarni o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi.
08 bo‘lim. Bosim va sarf kattaliklarini o‘lchash ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi.
09 bo‘lim. Fizik-kimyoviy, optik-fizikaviy va harorat kattaliklari ilmiy ishlab chiqarish
bo‘limi.