|
Statik o‘lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazishBog'liq portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmuaStatik o‘lchash tarozilari va M1 klassdagi toshlarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazish
laboratoriyasi
Laboratoriya III va IV toifali namunaviy tarozilar va tarozi toshlari bilan jihozlangan.
Mazkur laboratoriyada o‘rta (III) va oddiy (IIII) aniqlik klassidagi sahnli, tibbiyot, savdo, pochta va
boshqa turdagi tarozilar, shuningdek M1, M2 va M3 aniqlik klassidagi toshlar metrologik
tekshiruvdan o‘tkaziladi.
2015 yilda laboratoriyaga xalqaro talablarga mos keluvchi, jahonda etakchi o‘rinda turuvchi
SARTORIUS AG (Germaniya)da ishlab chiqarilgan zamonaviy CCT 2000K turidagi mass –
komparator va uni yustirovka (CAL) qilishda qo‘llaniladigan F2 aniqlik klassidagi etalon toshlar
xarid qilindi. Natijada nominal o‘lchash og‘irligi 500 kg, 1000 kg va 2000 kg bo‘lgan M1 etalon
toshlarning metrologik tekshiruvi yo‘lga qo‘yildi
Ixtisoslashtirilgan transport vositalari tarozilarini qiyoslash ko‘chma laboratoriyasi
Me‘yoriy hujjatlar talablariga asosan avtotransport vositalarining vaznini o‘lchashda qo‘llaniladigan
tarozilarni qiyoslashda etalon toshlarning og‘irligi tarozi o‘lchash chegarasining eng kamida 25 %
ni tashkil qilishi belgilab qo‘yilgan. Shunga ko‘ra ishlab chiqarish korxonalaridagi 100 t gacha
diapazonga ega bo‘lgan tarozilarini metrologik tekshiruvdan o‘tkazishda kamida 25 t etalon toshlar
zarur bo‘ladi
Markazda 2015 yil sentyabr oyidan Respublikada yagona bo‘lgan KAMAZ avtomashinasi
asosida ixtisoslashtirilgan ko‘chma laboratoriya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Mazkur ko‘chma
laboratoriya nominal og‘irligi 1000 kg bo‘lgan 24 dona etalon toshlardan hamda 20 kg nominal
og‘irlikdagi 50 dona namunaviy toshlar bilan jihozlangan. Ushbu ko‘chma laboratoriya tarozilarni
o‘rnatilgan joyida metrologik tekshiruvdan o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda bo‘limning tarozi toshlarini tekshirish imkoniyati quyidagi jadvalda
keltirilgan.
05 bo‘lim. Radiotexnik kattaliklarni va ionlovchi nurlanishlarni o‘lchash, putur etkazmasdan
tekshirish ilmiy ishlab chiqarish bo‘limi
―O‘zMIM‖ DK qoshidagi umumiy radiotexnik o‘lchashlar laboratoriyasi radioelektron
o‘lchash vositalari: chastota o‘lchagich, signal generatorlari, signal spektr va shaklining parametr
o‘lchagichlari, past chastotali va yuqori chastotali voltmetrlar, selektiv mikrovoltmetrlar, quvvat
o‘lchagichlari,
zanjir
parametrlari
o‘lchagichlari,
elektromagnit
maydon
kuchlanganligi
o‘lchagichlari, aloqa vositalari, TTK o‘lchovlari, TTK, koaksial yuklanma o‘lchagichlari, koaksial
va to‘lqin o‘tkazuvchi traktlardagi YuCh va O‘YuCh attenyuatorlari, o‘lchash antennalari hamda
maydon va xalaqit kuchlanganligi o‘lchagichlarini qiyoslash va metrologik attestatlashdan
o‘tkazishni ta‘minlaydi.
|
| |