Etalonlarning ekvivalentligi




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet150/230
Sana08.01.2024
Hajmi3,8 Mb.
#132465
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230
Bog'liq
portal.guldu.uz-O`quv-uslubiy majmua

Etalonlarning ekvivalentligi deganda etalonlarni metrologik maqsadlarda ishlatishda ularning 
muhimligi va qiymatliligi bo‘yicha tengligi tushuniladi. 
Mazkur sohada asosiy usullarni tekshirish uchun Konsultativ komitet tomonidan tanlagan 
solishtirish usullaridan biri - tayanch solishtirish deyiladi.Tayanchli solishtirishni ikkita asosiy turi 
mavjud.Birinchi 
turiga shunday etalonlarni solishtirish kiradiki, ularda davomli barqarorlik 
kuzatiladi (bu turdagi etalonlar kvant effektiga asoslangan bo‘ladi).Ikkinchi kategoriyaga shunday 
etalonlarni solishtirish kiradiki, ular uchun barqarorlik uzoq muddatli deb bo‘lmaydi. 
Solishtirish usuliyatlarini o‘tkazish va ba‘zi xollarda, natijalarni baholash, bu ikkala xolda bir - 
biridan farq qilishi mumkin. 
Tayanchli solishtirish natijalari etalonlarni ekvivalentligi to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon 
beradi.Ikkita milliy etalonlarning ekvivalentlik darajasi - etalon yordamida qayta tiklangan 
birliklarni qiymatlari bo‘yicha metrologik institutlarning ikki milliy etalonlarining darajasi bir - 
biriga mos bo‘lgan darajadir.Tayanchli solishtirish natijalari muayyan noaniqlikka ega. 


171 
1999 yilning oktyabrida Parijda O‘lchovlar va tarozilar Xalqaro kamitetining (O‘TXK) va 
O‘lchovlar va tarozilar Xalqaro byurosi (O‘TXB) ning uyushmasi ostida milliy metrologik 
institutlarining boshliqlari - etalonlarni saqlovchi (O‘MI) 38 - davlat Metrik konvensiya a‘zolari 
bilan bitimga qo‘l qo‘yishgan. «Milliy metrologik institutlari (O‘MI) tomonidan beriladigan milliy 
etalonlarning, kalibrlash sertifikatlarni va o‘lchashlarning o‘zaro tan olinishi to‘g‘risida bitim». 
Hozirda bu bitimga yana turli mamlakatlardan 11 ta milliy metrologik institutlari (O‘MI) qo‘shildi. 
Bitimning asosiy maqsadi quyidagilar: 
- milliy etalonlarning ekvivalentlik darajasini o‘rnatish (aniqlash); 
- O‘MI tomonidan beriladigan kalibrlash va o‘lchashlar sertifikatlarini o‘zaro tan olinishi; 
- davlat va boshqa mamuriy organlarni keng doirali shartnomalar uchun xalqaro savdoga, ilmiy-
texnikaviy hamkorlikka va me‘yoriy hujjatlarni ishlab chiqishga tegishli ishonchli texnik baza bilan 
ta‘minlash. 
Milliy metrologik institutlari etalonlarning metrologik holatlari har tomonlama tekshirilganligi 
to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni chop etish bilan barcha metrologik xizmatlar ro‘yxatini beradi. Bu 
xizmatlar 
tegishli 
sertifikatlarni 
berilishini 
tasdiqlovchi 
va 
bitimni 
hamma 
qatnashuvchilari 
tomonidan tan olinadigan tegishli sertifikatlarni berilishini tasdiqlaydigan ma‘lumotlardan iborat 
bo‘lishi kerak. 
Ayrim davlatlarda o‘tkaziladigan metrologik faoliyat natijalarini o‘zaro tan olinishining ob‘ektiv 
asoslarini ta‘minlash uchun, bitimlar quyidagi shartlarni bajarilishini talab etadi: 
- ayrim belgilangan usuliyat bo‘yicha o‘tkaziladigan qator tayanch solishtirish natijalarining 
mavjudligi. Bu usuliyat milliy etalonlarning ekvivalentligi darajasini ifodalaydi; 
- milliy metrologik institutlari (O‘MI) faoliyatini barqarorligini kafolatlaydigan xar bir O‘MI da 
tegishli tizim sifatini ta‘minlash ishlari; 
- har qaysi (O‘MI) milliy metrologik institutlar (O‘MI) ni spesifik ehtiyojlarini qanoatlashtirish 
maqsadida o‘tkaziladigan qo‘shimcha solishtirishlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishi. 
O‘MI 
da deklarasiyalanadigan o‘lchashlar va kalibrlash imkoniyatlari (calibration and 
measurement capabilities - CMC) bo‘yicha ma‘lumotlarni taxlil qilish va chop etilishi RMO va 
MBMV larning birlashgan komiteti amalga oshiradi. Bitimni bajarishga tegishli barcha ma‘lumot 
O‘TXB ning Web-sayti - www.bimp/org da saqlanadigan ilovalarda beriladi (bitimlarning matni 
o‘sha erda fransuz va ingliz tillarida nashr etilgan). 
Etalonlarni solishtirish davriyligi (etalonlar yordamida qayta tiklanadigan), kattalik qiymatlarini 
barqarorligiga, etalonlarning aniqligiga, birlikni qayta tiklash prinsiplariga va boshqa qator texnik 
va iqtisodiy omillarga bog‘liq holda belgilanadi. 
Masalan, massa va uzunlik birliklarini etalonlari 15 - 20 yilda bir marta solishtiriladi, elektr va 
yorug‘lik birliklarining etalonlari 3 - 5 yilda bir marta solishtiriladi. Massa birligining Xalqaro 
timsoli (6.2-rasm) birlik o‘lchamini ikkilamchi nusxa-etalonga uzatish uchun xalqaro darajadagi 
spesifik qoidalarga qattiq rioya qilingan holda 25 yilda bir marta ishlatiladi. 
Zamonaviy vaqt va chastota etalonlarining aniqligi nihoyatda yuqori bo‘lishiga qaramay, (birlikni 
qayta tiklash nisbiy xatoligi 10-13 atrofida) bunday etalonlarning xalqaro solishtirilishi doimo 
maxsus yo‘ldosh aloqa kanallaridan foydalanilgan holda o‘tkaziladi. Bu butun dunyo vaqt 
shkalasini yuqori darajadagi aniqlikda saqlash uchun zarur.Mamlakatning etalon bazasi xalq 
xo‘jaligini metrologik ta‘minlashning markaziy, eng muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Uning 
rivojlanish darajasi mamlakatdagi barcha o‘lchashlar darajasini aniqlaydi, chunki etalonlar ishonchli 
va aniq o‘lchash axborotiga va o‘lchashlar natijalarining taqqoslana olishiga erishish uchun, ya‘ni 


172 
metrologiyaning muhim amaliy vazifasini – o‘lchashlar birliligini ta‘minlash uchun ob‘ektiv zamin 
yaratadi. 
Etalon bazadan o‘lchashlarning turli sohalarida ishlatiladigan barcha etalonlar (birlamchi, maxsus, 
ikkilamchi) majmui tushuniladi. 
Ayni vaqtda MDH etalon bazasi 140 davlat birlamchi va 600 ga yaqin ikkilamchi (asosan - ishchi) 
etalonlarni o‘z ichiga oladi. O‘zbekiston Respublikasida yuqori razryadli namunaviy o‘lchovlar va 
asboblar bilan birga o‘lchashlarning barcha turlari va sohalarida 70 ta fizik kattaliklarning qayta 
tiklanishini va saqlanishini ta‘minlaydigan 9 ishchi etalonlar joylashgan. Bu bilan respublika xalq 
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida o‘lchashlar birliligini ta‘minlash sharoitlari yaratildi. 
Yangi O‘z DSt 8.012:2005 standartiga ko‘ra xalqaro birliklar tizimi asosiy – metr, kilogramm, 
sekund, amper, kelvin, kandela, mol va hosilaviy birliklardan iborat. Standartga binoan avvalgi 
qo‘shimcha birliklar – yassi burchak (radian) va fazoviy burchak (steradian) – endi hosilaviy 
birliklar qatoriga kirdi. Ular har qanday hosilaviy birliklar va qo‘llashga qo‘yilgan (ba‘zi) tizimdan 
tashqari birliklarning qayta tiklanish imkoniyatini ta‘minlaydi. 
Umuman MDH etalon bazasi xalq xo‘jaligining eng zarur talablarini qondiradi.Yaratilgan davlat 
etalonlari o‘zlarining metrologik tavsifnomalari bo‘yicha etakchi chet el mamlakatlari etalonlaridan 
qolishmaydi. 
Etalon bazaning rivojlanish tendensiyasi – fundamental fizik konstantalar Fundamental fizik 
konstantalar (FFK) va barqaror fizik hodisalardan foydalanish asosida ayrim etalonlardan o‘zaro 
bog‘liq ―tabiiy‖ etalonlar tizimiga o‘tish muhimdir. Bu asoslangan hollarda birliklar o‘lchamlarini 
qayta tiklash va uzatishning markazlashtirilmagan tizimiga o‘tishga imkon beradi. 
Etalonlar va shkalalar nazariyasi sohasida vaqt, chastota va uzunlik birliklarining yagona 
etalonlarini yaratish bo‘yicha ishlar tugallandi. Elektromagnit o‘lchashlar sohasida kvant 
hodisalaridan va FFK dan foydalanish asosida o‘zaro bog‘liq etalonlar majmuini yaratish bo‘yicha 
tadqiqotlar olib borilmoqda. 
Metrologik ta‘minotning kelgusidagi ravnaqi, uni xalqaro talablar bilan uyg‘unlashtirish, 
o‘lchashlar 
natijalarining 
aniqligi 
va 
ishonchliligini 
oshirish, 
mahsulotni 
sinash 
va 
sertifikatlashtirish natijalarini xalqaro darajada tan olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1996 yil fevralda ―O‘zbekiston Respublikasi Milliy Etalon bazasini 
shakllantirish va metrologik ta‘minotni takomillashtirish to‘g‘risida‖gi Qarori qabul qilindi. 

Download 3,8 Mb.
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   230




Download 3,8 Mb.
Pdf ko'rish