173
vositalari ustidan davlat nazorati laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Shu yilniig o‘zida O‘rta
Osiyo
o‘lchov va tarozilari Palatasi tashkil qilindi va u aynan O‘rta Osiyo respublikalarida metrologik
xizmatlar asoschisi bo‘ldi.
Hozirgi kunda ―O‘zstandart‖ agentligi boshchilik qilayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat
metrologik xizmati ko‘p
tarmoqli, texnik jihatdan to‘la jihozlangan, zamonaviy me‘yoriy va
metodik xujjatlar bilan ta‘minlangan Respublika sinov va sertifikatlashnirish markazi, O‘zbekiston
milliy
metrologiya instituti, Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish ilmiy-tadqiqot
instituti, 16 ta xududiy markazlar va 148 ta yuridik shaxslar metrologik
xizmatlaridan iborat
bo‘lgan katta tizimdir. O‘zbekiston milliy metrologiya institutining asosiy vazifasi respublikamizda
o‘lchashlar birligini ta‘minlash orqali noto‘g‘ri o‘lchashlarning salbiy natijalaridan iste‘molchilar
xuquqlari, fuqarolar sog‘lig‘i va xavfsizligi, atrof muhit hamda davlat manfaatlarini
muhofaza qilish
va davlatimiz eksport salohiyatini oshirishga ko‘maklashishdan iboratdir.
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirishning bugungi dolzarb masalalaridan biri bu –
davlatimiz ekport salohiyatini oshirish. Bu masalani hal qilishda metrologiyaning o‘rni o‘ziga
xosligi bilan ajralib turadi. Xalqaro savdoga ko‘maklashish uchun mamlakatda o‘tkazilgan
o‘lchashlar natijalarini boshqa davlatlar tomonidan tan olinishini ta‘minlash bu masalaning asosiy
negizi sanaladi. Respublikamizda berilgan sertifikatlar boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi
eksport qiluvchilarga
qulayliklar yaratib, eksport mahsulotlarini tan narxi arzonlashtirilishiga olib
keladi.
O‘zstandart»
agentligining
Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2002
yil
3
oktabrdagi
342-sonli
«Standartlashtirish,
metrologiya
vasertifikatlashtirish
tizimini
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq tashkil qilingan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi PF-3358-sonli «Respublika
davlat boshqaruv organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni hamda O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2004
yil
5
avgustdagi
373-sonli
«O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining tuzilishini va faoliyatini tashkil»
Respublika Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish
markaziga
o‘zgartirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 apreldagi «O‘zbekiston
standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi faoliyatini takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» PQ-2935-sonli qaroriga muvofiq mavjud «Milliy etalonlar markazi» davlat
muassasasi, «Metrologiya xizmatlari ko‘rsatish markazi» davlat korxonasi va «Standartlashtirish,
metrologiya
va
sertifikatlashtirish
ilmiy-tadqiqot
instituti» davlat
muassasasining metrologik
bo‘linmalari negizida «O‘zbekiston milliy metrologiya instituti» davlat korxonasini («O‘zMMI»
DK) tashkil etildi.